112
YeoKKning har yili konferensiya o‘tkazishdan asosiy maqsadi
mahsulot sifatini boshqarish boyicha tajriba almashinish, sifatning nazariy
va Amaliy masalalarini hal qilish, bu sohadagi so‘nggi yutuqlarni targ‘ibot
qilish, sifatning aktual mummolari boyicha fikr almashinish, yangi
muammolarni izlab topish va sifatga taalluqli ko‘pgina boshqa masalalarni
ko‘rib chiqishdir.
1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi (YeES) doirasida umum
Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan YeOKKning
rahbariy hujjatlari
qaytadan ko‘rib chiqildi.
U 1998 yilning 1 iyulidan boshlab o‘z nizomini o‘zgartirib, hozirda
sifat boyicha Yevropa tashkiloti (YeOK) deb ataladi.
Sifat boyicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos bo‘luvchi
hujjatlari YeOKning nizomi, ish tartibi qoidalari, qumita va seksiyalari
uchun qoidalar hamda besh yilga mo‘ljallangan
asosiy masalalar boyicha
yo‘nalish rejalari mavjuddir.
YeOK tarkibida 26 ta to‘la huquqli a’zolari, 12 ta muxbir a’zolari
hamda 37 ta alohida muxbir a’zolari va 10 ta faxriy a’zolari bor. Qardosh
tashkilotlarning 11 tasi bilan o‘z bitimlariga egadir.
YeOk maxsus bitimlari asosida sifat boyicha Argentina, Braziliya,
Isroil, Kolumbiya, XXR, Yangi Zelandiya, AQSH, Chili, Janubiy Koreya
va Yaponiyalarning mintaqaviy, milliy
va kasaba uyushmalari bilan
hamdo‘stlik aloqalari o‘rnatilgan.
YeOKning Oliy lavozimi egasi, uning prezidenti bo‘lib, u har ikki
yilda saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari – kengash, ijroiya qumitasi va
sekretariatdir.
YeOKning ish yuritish rasmiy tillari – ingliz va fransuz tillaridir. Bu
tashkilot o‘zining ilmiy – texnikaviy jurnaliga ega, jurnal yiliga 4 marta
chop etiladi.
Hozirgi vaqtda YeOkning 12 ta texnikaviy qumitalari mavjud bo‘lib,
ular
ishonchlilik, statistik usullar, atamalar, iste’mol masalalari boyicha
standartlashtirish, sifatni boshqarish,
kadrlar tayyorlash, funktsional –
baholashni
tahlil
qilish,
sifat
sohasida
siyosat
olib
borish,
sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining nazorati, EHMning matematik
ta’minlanishida sifat, sifat tugaraklari, mahsulot sifatini metrologik
ta’minoti bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari 7
ta turli seksiyalari
mavjuddir:
●
avtomobil;
● energetika;
● qurilish;
113
● oziq – ovqat;
● farmatsevtika;
● sifat masalalari bo‘yicha maslahatlar ko‘rsatish
.
Texnikaviy qumitalar va tarmoq seksiyalari YeOKning to‘la huquqli
vakillaridan tashkil topadi. Ular o‘z navbatida YeOKning a’zo
mamlakatlarining milliy tajribalariga suyanadi va xalqaro miqyosda
mahsulotning sifatini ta’minlaydigan tashkilotlarning hujjatlaridan
foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: