Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
o‘zgartiriladi. Agar tarmoq qurilmasi simli muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa
yoki simsiz muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa turli xil kadr formatiga
o‘zgartiradi. Misol uchun 10Base Ethernet, 100Base Ethernet, 1000Base Ethernet,
10 000Base Ethernet yoki Wi-Fi (a, b, c, d, e standartlari) texnologiyasining turli
modellarida bit oqimlari turli xil ko‘rinishdagi kadr formatlariga o‘zgartiriladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, optik signallar ko‘rinishida uzatilgan ma’lum
tezlikli va chastotali bit oqimlari qabul qiluvchi qurilma ham o‘sha
parametrli
signalni o‘qiy olishi lozim. Shunda uzatgich va qabul qilgich bitta standartda ishlashi
mumkin.
O‘z navbatida kanal sathida ishlatiladigan qurilma va protokollar fizik sathdan
kelayotgan bit oqimlarini kadr ko‘rinishiga keltirib, kadrlarni paket ko‘rinishiga
o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish jarayoni kanal sathining OSI modelidagi asosiy
vazifalardandir, 12.1-rasm. Shunda kanal sathining quyi qismi bit oqimlari bilan
ishlasa, yuqori qismi patkelar bilan ishlaydi. Kanal sathida
uchta asosiy jarayon
amalga oshiriladi: bitlarni qabul qilib olish va kadrga o‘zgartirish; kadrlarga ishlov
berish; kadrlarni paketlarga o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish.
12.1-rasm. Fizik sath bit oqimlarini kanal sathiga uzatib kadrga o‘zgartirilish
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
Kanal sathida kadrlarga o‘zgartirish (framing) jarayonidan tashqari fizik
adreslash (MAC addressing), oqimlarni nazorat qilish (flow control),
xatoliklarni
nazorat qilish (error control) va kirishni nazorat qilish (access control) kabi muhim
jarayonlar amalga oshiriladi. Har bir sathda ma’lumotga ishlov berish jarayoni
yakunlanganidan keyin, sathni sarlovhasi umumiy sarlovhaga qo‘shiladi. Sarlovhani
qo‘shishdan maqsad, qabul qiluvchi tomon kanal sathi uzatuvchi tomonidan
kelayotgan kadr sarlovhasi bo‘yicha ma’lumotga ishlov beradi. Yuqoridagi jumlani
hayotiy misol bilan izohlaymiz. Har bir mamlakat fuqarosi pasport kabi o‘zini
tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘ladi deb tasavvur qilaylik.
Fuqaro mamlakatning
boshqa hududiga ko‘chib o‘tsa, o‘sha hududdan ro‘yxatdan o‘tishi lozim va bu
ro‘yxatdan o‘tganligi pasport (kompyuter)da qayt etiladi. Chet elga chiqish uchun
o‘sha fuqaro pasport buyurosidan chetga chiqish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tishi va
pasportiga qayt etilishi lozim. Qaysi mamlakatga bormoqchi bo‘lsa, o‘sha
mamlakatga tegishli bo‘lgan elchixonaga murojaat qilib chiqish uchun ruxsat oladi
va pasportiga viza uriladi.
Fuqaro mamlakatning boshqa joyiga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa va zarurat
yuzasidan u fuqaroni tekshirish kerak bo‘lsa, nazoratchilar
uning pasportidan
ro‘yxatdan o‘tganligini tekshiradi. Xuddu shunday chet mamlakatga viza olgan va
o‘sha mamlakatga kiruvchi fuqaroning pasportidagi ruxsati (OVIR) va vizasi
tekshiriladi, yashash manzilida ro‘yxatdan o‘tganligi bo‘yicha tekshirilmaydi. Bitli
oqimlar va kadr holati ham aynan yuqoridagi misolimizga o‘xshab ketadi. Fizik
sathdagi qurilma faqat bitli oqimlar bilan ishlaydi va ularni kanal sathiga uzatadi.
Kanal sathi ham o‘z navbatida bitli oqimlarni qabul qilib kadr ko‘rinishiga
o‘zgartiradi va kadrlar bilan ishlaydi. Keyingi sath tarmoq sathi bo‘lib, unda kanallar
paketlarga o‘zgartiriladi va tarmoq sathida paketlarga ishlov beriladi. Shunday qilib
tarmoqdagi ikki qurilma o‘ratasidagi ma’lumot almashishdagi
barcha barayonlar
OSI modelida sathlar bo’yicha bo‘linib amalga oshiriladi. Kanal sathida esa