Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
12.5-rasm. MAC adresi bo’yicha ma’lumotni uzatish
Shuningdek, kanal sathi bo’ylab ma’lumotlarni bir qurilmadan ikkinchisiga
uzatishda, oqimlarni boshqarish xizmati ham ushbu sathda mavjud. Oqimni
boshqarish - bu har xil tezlikda ishlaydigan ikkita stantsiyaning bir-biri bilan aloqa
qilishiga imkon beruvchi texnikadir. Bu tezkor jo’natuvchi sekin qabul qiluvchini
bosib ketmasligi uchun jo’natuvchi yuboradigan ma’lumotlar miqdorini tartibga
solish uchun ko’rilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
12.6-rasm. Kanal sathida oqimlarni boshqarish
Shu bilan bir kanal pog’onasida xatoliklarni boshqarish (error control) xizmati
mavjud bo’lib, bunda uzatish paytida buzilgan yoki xato ma’lumotlarni kadrlarini
aniqlash va tuzatish jarayoni amalga oshiriladi. Yo’qolishlarga uchragan yoki
buzilgan kadrlar aniqlansa, qabul qiluvchi bunday noto’g’ri ma’lumotlar kadrini
qabul qilmaydi, 12.7-rasm.
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
12.7-rasm. Kanal pog’onasida xatoliklarni boshqarish jarayoni
Kanal sathi ikkita ichki sathlarni o’z ichiga oladi: mantiqiy kanal boshqaruvi
(LLC) va media kirishni boshqaruvi (MAC).
12.8-rasm. Mantiqiy kanal boshqaruvi (LLC)
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
LLC - protokollar, oqimlarni boshqarish va xatolarni boshqarish bilan
shug’ullanadi. Kanal uchun mantiqiy bog’lanishni ta’minlaydi. Shuningdek,
protokollar, oqimlarni boshqarish va xatolarni boshqarishdan tashqari kanal sathida
sinxronizatsiya jarayoni ham amalga oshiriladi, 12.8-rasm.
Media kirishni boshqarish - bu tarmoq kabeli orqali ikkita kompyuter
terminali o’rtasida ma’lumotlar qanday uzatilishini aniqlaydigan tarmoq siyosati
hisoblanadi. Shuningdek. MAC protokollari bir nechta qurilmalarning umumiy
media tarmog’iga kirishiga ruxsat berish uchun metodologiyani ta’minlaydi. LAN
tarmoqlarini ishlab chiqilguniga qadar qurilmalari o’rtasidagi aloqa nuqta-nuqta
(point-to-point) ko’rinishida bo'lgan. Ya’ni, ikki mustaqil qurilma maxsus ajratilgan
kanal orqali ulangan. Hozirgi kunda LAN tarmoqlarida bir nech o’nlab yoki yuzlab
kompyuterlarni borligini hisobga olsa, MAC adres orqali qabul qiluvchi tarmoq
qurilmasiga yetkazib berish juda ham qulay echim hisoblanadi, 12.5-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |