resurlardan ratsional foydalanish, tabiiy muhitni odam faoliyatining halokatli ta’siridan saqlab
qolish, insonning salomatligi, uning hayoti xavfsizligi, umuman kishilik jamiyati taqdiri bilan
bevosita bog‘liq bo‘lgan muammo hisoblanadi.
Qayta tiklanadigan energiyamanbalarini joriy etish energetika tarmog‘ini
rivojlantirish bo‘yicha umumiy strategiyaning tarkibiy qismiga aylanmog‘i lozim.
Bunda
qayta tiklanadigan energetikaning mavjud texnik imkoniyatlari hisobga olingan holda
mamlakatning joriy va istiqboldagi energetika balansida qayta tiklanadigan energiya
manbalarining roli hamda o‘rnini ham belgilab olish kerak.
Mamlakat tabiiy gaz qazib olish hajmi bo‘yicha jahonda o‘nta yirik ishlab chiqaruvchi
safidan joy egallagan [6,7]. O‘rta - Osiyo va Janubiy Qozog‘iston birlashgan energetika
tizimining elektr energiyasini ishlab - chiqaradigan quvvatlarining 50
foizi shu yerda
joylashgan [8], birlamchi yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish hajmi 55 million
tonna neft ekvivalentidan oshadi (1.1-jadval, [9] ma’lumotlar bo‘yicha hisoblangan). 1.1-
jadvaldan ko‘rinib turibdiki ( [9] ma’lumotlarga asoslangan 1.1-rasmga ham qarang), tabiiy
gaz O‘zbekiston Respublikasida birlamchi energiyaning asosiy manbai hisoblanadi. Energiya
ishlab chiqarish umumiy hajmining qariyb 85 foizi ham gaz ulushiga to‘g‘ri keladi.
Neft va gaz kondensati ulushi birlamchi energiya ishlab
chiqarishning
qariyb
13
foizini tashkil etadi. Qolgan qismi gidroelektrostansiyalar tomonidan
ishlab chiqariladigan
elektr energiyasi va asosan Angren va Yangi Angren issiqlikelektr stansiyalari, qator
qozonxonalar hamda mamlakat aholisi tomonidan foydalaniladigan ko‘mir ulushiga to‘g‘ri
keladi.
O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida amalga oshirilgan yoqilg‘i
mustaqilligini ta’minlashga oid tadbirlar tabiiy gaz, neft va gaz
kondensatini qazib olishni
ancha oshirish imkonini berdi. 1992 yilda gaz qazib olish 42,8 milliard kub metr, neft qazib
olish (jumla-dan gaz kondensati) 3,3 million tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2003 yilda 58,1
milliard kub metr gaz va 7,2 million tonna neft qazib olindi.
1996 yilda O‘zbekiston chetdan yoqilg‘i resurslarini olib kelishga barham berdi.
Ko‘mir qazib olish ancha kamayganiga qaramay, suyuq va
gazsi-mon uglevodorodlarni
yetkazib berishni ko‘pay tirish milliy iqtisodiyot va aholini energiya bilan barqaror ta’minlash
imkonini berdi. «Uzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra,
respublikada qazib olinayotgan 85 foiz tabiiy gaz mamlakat iste’molchilariga yetkazib
berilmoqda, qolgan qismi esa eksport qilinmoqda [10]. 2003 yilda tabiiy gazni eksport qilish
7,4 milliard kub metrdan oshdi [11]. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda aytish
mumkinki, O‘zbekistonning ichki ehtiyojlar uchun foydalanadigan jami energiya hajmi 49- 50
million tonna neft ekvivalentini tashkil etadi (1.1-qo‘shimcha).
Ayni paytda O‘zbekiston energetika balansida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
kichik gidroenergetika, ya’ni sun’iy suv oqimlari gidroenergiyasi sezilarli ulushni tashkil
etadi. Qayta tiklanadigan energiyaning boshqa turlari - quyosh, shamol va biomassadan kam
foydalanilayotgani bois ular rasmiy statistikada o‘z aksini topmagan.