Zaruriy tarkibiy qismi sifatida



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.11.2022
Hajmi0,64 Mb.
#871396
  1   2   3
Bog'liq
A.Yu.Ahmedov




KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING 
ZARURIY TARKIBIY QISMI SIFATIDA 
 
A.Yu.Ahmedov 
FarDU Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi 
O.A.Egamberdiyev 
FarDU pedagogika-psixologiya fakulteti 3-bosqich talabasi 
 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada bo‘lajak psixologlarda kommunikativ kompetentlikni
shakllantirish masalalari aloxida yoritilgan. Pedagoglar tayyorlash ta’lim
jarayonining asosiy vazifasi bo‘lib, bo‘lajak psixologlarni kasbiy-pedagogik
tayyorgarligining ajralmas qismi bo‘lgan kommunikativ kompetentlilikni shakllantirish
va rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalar yoritilgan. 
 
Kalit so‘zlar:
Kommunikativ kompetentlik, kommunikatsiya, kompetentlilik,
muloqot, kommunikativ kompetensiya, kommunikativ qobiliyatlar. 
Abstract: 
This article discusses the issues of formation of communicative competence 
in future psychologists. The training of teachers is the main task of the educational process, 
covering current issues aimed at the formation and development of communicative 
competence, which is an integral part of the professional and pedagogical training of future 
psychologists.
 
Keywords:
Communicative 
competence, 
communication, 
competence, 
communication, communicative competence, communicative skills. 
Kommunikativ kompetensiyaning zamonaviy jamiyatda, kundalik hayotda
kasbiy faoliyatda o„rni juda muhim. Uning sharofati bilan olingan ma‟lumotlarni 
muntazam to„plash, tahlil qilish va tartibga solish amalga oshirilmoqda. Bu 
ma‟lumotlarni sifatli uzatish uchun muloqotning verbal va noverbal usullaridan 
foydalaniladi.Biroq samarali kommunikatsiya, har holda kishilarning shaxslararo 
muloqotda bir-birlarini tushunishga qodirligini nazarda tutishi kerak. SHu bilan 
birga insonning nafaqat shaxs, shuningdek, faoliyatning sub‟ekti sifatida to„laqonli 
shakllanishi uchun kommunikatsiyaning ahamiyati haqida, tadqiqotchi L.P.Grimak 
shunday yozadi: “insonning inson bo„lishining yana bir sababi shundaki, u o„ziga 
o„xshaganlar bilan faol muloqotda bo„lgan..., tug„ilishining ilk kunlaridan boshlab 
insonlar bilan doimiy muloqotda bo„lish – shaxsning to„laqonli rivojlanishida 
amalga oshirilishi kerak bo„lgan shart..., muloqot somatik va ruhiy muvozanatni 



saqlashga yordam beradi, uchraydigan to„qnashuv va nizolarni yumshatadi, stress 
holatidan chiqaradi, ijtimoiy hayotdagi o„rnini, nufuzini oshiradi”.
1
“Kommunikatsiya” va “muloqot” tushunchalarini ajratish shu darajada 
qiyinki, tadqiqotchi V.M.Kurbatov bu haqda mulohaza yuritib, o„zining quyidagi 
ikki ta‟rifini taklif qiladi: “Kommunikatsiya – muloqot akti, ikki va undan ortiq 
individlar aloqasi, bitta inson tomonidan boshqasiga ma‟lumotni etkazish. Torroq 
ma‟noda–yuboruvchidan oluvchiga (kommunikatordan retsipientga) ma‟lumot 
uzatish jarayoni”, sanaladi..
2
“Muloqot” esa – insonlar orasidagi o„zaro aloqa va hamkorlik jarayoni bo„lib, 
unda faoliyat, ma‟lumot, his-tuyg„u, ko„nikma, malaka, mehnatning natijasi bilan 
o„zaro almashish sodir bo„ladi”.
3
Bugungi kunda tadqiqotchilar har bir shaxs butun umri davomida deyarli har 
kuni bajaradigan qator ijtimoiy rollarga ham e‟tibor qaratmoqdalar. Ijtimoiy rollar 
mutloqo bir-birlari bilan bog„lanmagan bo„lib, ma‟lum ketma-ketlikda amalga 
oshirilishi ham shart emas. SHunga qaramay ular bir vaqtning o„zida hatto bir 
kommunikativ-maishiy vaziyatda ham kuzatilishi mumkin. Asosiy rollar orasida 
“barcha uchun rol” yoki namoyish qilinadigan xulq-atvor ajralib turadi; “guruh 
uchun rol” jumladan, kasbiy va avvalgi har ikkisidan keskin farqlanuvchi “o„zi 
uchun rol” 
4
kabilar. 
Bo„lajak o„qituvchining kommunikativ kompetentliligining shakllanish 
jarayoni ta‟lim mazmuni orqali amalga oshirilishi mumkin va u quyidagilarni 
qamrab oladi:
- o„quv fanlarining alohida ro„yxati; 
- talabalarning o„quv fanlarini o„zlashtirish jarayonida shakllanuvchi kasbiy 
(professional) kompetensiyalari; 
- talabaning ijtimoiy-madaniy hayotidagi faol hayotiy o„rni. 
Bularning barchasi o„ziga xos majmuani ifodalab, ularning vositasida bo„lajak 
o„qituvchi shaxsi yuqori darajada shakllanadi va rivojlanadiki, bunda o„zining 
keyingi rivojlanishi va kamolotga etkazish usullarini egallashga imkoni bo„ladi va 
bu bo„lajak o„qituvchini “inson – jamiyat - olam” tizimida professional sub‟ekt 
sifatida yanada samarali ishlashini ta‟minlaydi. 
Ma‟lumki, o„qituvchining kasbiy mahorati uning muvaffaqiyatli kasbiy 
faoliyati vositasida ta‟minlanishi kerak. Ushbu faoliyat esa o„z o„rnida, ma‟lum 
qobiliyatlarsiz, shaxsning kommunikativ sifatlarisiz bo„lmaydi, chunki ular ham 
1
Гримак Л.П. Общение с собой: Начала психологии активности. — М.: Политиздат, 1991. – С. 3. 
2
Қурбонов Ш.Э., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш.–Т.: Турон-Иқбол, 2006. -47 б. 
3
Қурбонов Ш.Э., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш.–Т.: Турон-Иқбол, 2006. -145 б. 
4
Асмолов А.Г. Психология личности. - М.: МГУ, 1990. 186 б



faoliyatning o„ziga, ham qaror qabul qilishdagi ijtimoiy yondashuv va muhitga 
bog„liq.YUqorida ko„rsatib o„tilgankommunikativ qobiliyatlar esa aynan kasbiy 
qobiliyatlar 
tizimida 
mavjud 
va 
bo„lajak 
o„qituvchiningkommunikativ 
kompetentliligini shakllantirishda etarli darajada muhim ahamiyatga ega bo„ladi, 
bunda ular hatto pedagogning kasbiy faoliyati asosi ham bo„lishi mumkin. 
“Kommunikativ qobiliyatlar individ faoliyatining muvaffaqiyatli bo„lishini 
ta‟minlovchi xususiyatlar yoki fazilatlar sifatida yaqqol ko„rinishi mumkin, ya‟ni 
bir insonni boshqasidan ajratib turuvchi va muvaffaqiyatli faoliyatda ko„rinadigan 
individual sifatlar” 
5
shular jumlasidan.
SHaxsning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishni “kasbiy faoliyatni 
rivojlantirishga asos bo„luvchi kommunikativ mahorat orqali takomillashtirish 
kerak. Kommunikativ mahoratni tartibsiz ravishda rivojlanishi ko„pincha fe‟l-
atvorni avtoritar uslubiga, tez-tez konfliktli vaziyatlarning paydo bo„lishiga, 
pedagog va ta‟lim olayotganlar munosabatlarida keskinliklar kelib chiqishiga, 
o„zlashtirish va o„qish istagining pasayishiga, ruhiy shikastlanishga va axloqiy-
ma‟naviy tarbiyada o„rnini qoplab bo„lmaydigan yo„qotishlarga, aksar hollarda esa 
o„quvchilarning asotsial(ijtimoiy loqaydlik)xatti-harakatlarigaolib keladi”. 

Kommunikativ kompetentlilikni shaxsga oid murakkab tavsifnoma sifatida 
ham tushunish mumkin, u kommunikativ kompetensiyalarni, ruhiy-pedagogik 
kompetensiyalarni, shaxsning boshqa insonlar bilan muloqotida ko„rinadigan ruhiy 
holatlarini qamrab oladi – bularning barchasi insonning kommunikativ xulq-
atvorida namoyon bo„ladi. 
Aynan kommunikativ xulq-atvor muloqot uchun zarur bo„lgan alohida ruhiy-
pedagogik kompetensiyalarni qamrab oladi. Lekin shunga qaramay, bu erda 
etakchi o„rin umuman olganda pedagogda yo„nalishni aniqlash va asoslash uchun 
javob beruvchiuning muloqot qilishga ehtiyojini anglatuvchi kommunikativ 
qadriyatlarga tegishli bo„ladi. SHuningdek, kommunikativ kompetentlilikka 
ma‟lum vaziyatlarda kommunikativ harakatlarni sifatli va foydali tashkil qilish 
uchun zarur bo„lgan, ilmiy-pedagogik adabiyotlarda shaxsning ichki 
imkoniyatlarining alohida tizimi sifatida ham qaraladi.
Kommunikativ kompetentlilikni mukammal egallash deganda “real vujudga 
kelgan kommunikativ vaziyatga muvofiq muloqot jarayoniga kirishishga 
tayyorlikni” tushunish kerak.
7
Ta‟kidlash joizki, kompetentlilik shakllanganligining 
5
Шадриков В.Д. Готовимся к письму. - М.: Академия, 2006. – С. 42. 
6
Социальная психология и этика делового общения / под ред. В.Н. Лавриненко. - М.: ЮНИТИ, 1995. – 69 с. 
7
Садчикова Я.В, Беккер И.Л. Формирование межкультурной компетентности студентов нелингвистических 
факультетов вуза в процессе обучения иностранному языку // Педагогическое образование и наука, 2008, №4. 
127 б 



asosiy ko„rsatkichi fikr-mulohazalarni ravon, yaxlit va mantiqan izchil bayon qilish 
mahorati bo„lib, bunda muloqot tilining ifodali hamda aniq muloqot bo„yicha 
sheriklarning kommunikativ faolligining har qanday turini tushunish va mos 
ravishda javob qaytarish layoqatidan foydalaniladi.
Kommunikativ kompetentlilikni o„qituvchining kasbiy faoliyatida alohida 
tutgan o„rnini o„rganish, kommunikativ kompetentlilik kishilar o„rtasidagi 
muloqotda ko„pvazifaviy shart-sharoit sifatida ham ko„rinishi va bu orqali 
tarbiyaviy, ta‟limiy hamda dunyoqarashga oid vazifalarni bajarishi mumkin, degan 
xulosa chiqarish imkonini beradi. 
O„sib kelayotgan avlod uchun kerakli kommunikativ tajribani o„zlashtirish 
nafaqat boshqa insonlar bilan kommunikativ bog„lanish jarayonlarida sodir bo„ladi, 
balki har bir inson o„zi uchun kerakli bo„lgan kommunikativ vaziyatlar xarakteri, 
shaxslararo o„zaro ta‟sir muammolari va ularni xal qilishning samarali usullari 
haqidagi ma‟lumotolish uchun zarur bo„lgan vositalar: adabiyot, publitsistika, 
ommaviy axborot vositalari, kino va teatrga hamalohida e‟tibor berish lozim. SHu 
sababli har bir insonga xos bo„lgan integratsion kommunikativ kompetentlilikka 
ham e‟tibor qaratish zarur. 
Kommunikativ kompetentlilikka murojaat qilar ekanmiz, ta‟kidlash joizki, u 
o„z rivojlanishida qandaydir dinamik ta‟lim sifatida ikki bosqichdan o„tadi: 
yuqorida aytib o„tilgan, shaxs rivojlanishining ma‟lum bosqichidan birga mavjud 
bo„luvchi, shuningdek, darajadan darajaga rivojlana oladigan kasbiy va umumiy 
bosqichlar. Bu kommunikatsiya “tilini” tartibsiz, stixiyali o„zlashtirish ta‟lim olish 
vositasida sodir bo„ladi. Gap kasb haqida borganda, bu jarayon maxsus tashkil 
etilsa va ma‟lum shartlar bajarilsagina, samaralinatijaga erishilishini ta‟kidlash 
joiz.
8
Kommunikatsiyaning mazmuni va teranligi, sheriklarning bilim darajasi
muloqot mavzusidan xabardorligiga bog„liq bo„lib, hissiy-psixologik o„z-o„zini 
tartibga solish layoqatinio„z ichiga oladi.U “sharoitning o„zgarishiga keskin, faol 
muloqot bildirishni bilish, sheriklarning hissiyotlar bilan bog„liq kayfiyatlaridagi 
o„zgarishlarni e‟tiborga olib muloqotni qayta o„rnatish” bilan ifodalanadi. 
9
Ma‟lumki, oliy o„quv yurtining birinchi navbatdagi vazifasi bo„lajak 
o„qituvchini shaxsga oid-insoniy xislatlarini rivojlantirish hisoblanadi, bu ayniqsa, 
ta‟lim va tarbiya faoliyatining kommunikativ aspektlarida keng namoyon bo„lishi 
mumkin. SHunday qilib, kommunikativ kompetentlilik muhim ahamiyatli 
tavsiflardan biri bo„lib, ushbu kompetentlilikningshakllanishi esa bo„lajak 
8
Петровская Л.А. Компетентность в общении. – М.: Изд-во МГУ,1989. –12 с. 
9
Емельянов Ю.Н. Обучение паритетному диалогу. — Л.: Изд-во ЛГУ, 1991. –53 с.



o„qituvchi shaxsini talablarga mos ravishda shakllanishi va rivojlanishining alohida 
vazifasi sanaladi. 
Kommunikativ kompetentlilik pedagogda quyidagi kompetensiyalarning 
mavjud bo„lishini taqozo qiladi. (1.2-chizma). 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish