Bilim sohasi: 200 000-Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi: 230000-Iqtisod


Davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari daromadlarini hisobvaraqlar



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/102
Sana24.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#871256
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   102
Bog'liq
Byudjet gazna ijrosi hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

Davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari daromadlarini hisobvaraqlar 
va hisob registrlarida aks ettirish 
 
5.1. Davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari daromadlarini ijro etish tartibi 
Budjet kodeksining 36-moddasiga asosan Davlat maqsadli jamg’armalari 
quyidagilardir: 
-
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasi; 
-
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l 
jamg’armasi; 
-
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi; 
-
O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi; 
-
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari 
Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot 
muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash 
jamg’armasi;
-
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning 
meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi;
-
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining 
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi. 
Davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari quyidagilar: 
1)
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan 
tashqari Pensiya jamg’armasining daromadlari: 
-
yagona ijtimoiy to’lovning belgilangan miqdordagi tushumlari; 
-
fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari; 
-
budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 
-
boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga mehnatda 
mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik tufayli tayinlangan nogironlik 
pensiyalarini to’lash xarajatlarining o’rnini qoplash uchun taqdim etiladigan regress 
talablar (da’volar) bo’yicha ish beruvchilar va fuqarolar tomonidan o’rni 
qoplanadigan mablag’lar tushumining bir qismi, O’zbekiston Respublikasi Bandlikka 


56 
 
ko’maklashish davlat jamg’armasining muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir 
pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag’lari, yuridik 
shaxslarning imtiyozli pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash hisobidan 
kiritiladigan mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy tartibda to’lanadigan sug’urta 
badallari, majburiy to’lovlar, badallar o’z vaqtida to’lanmaganligi uchun hisoblangan 
jarimalar va penyalar summasining bir qismi, mehnat vazifalarini bajarish bilan 
bog’liq holda mayib bo’lgan, kasb kasalligiga chalingan yoxud sog’lig’iga boshqacha 
shikast etkazilgan xodimga yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo’jaligi kooperativi 
(shirkat xo’jaligi), fermer va dehqon xo’jaligi qayta tashkil etilganda yoki 
tugatilganda zararning o’rnini qoplash uchun to’lanadigan nazarda tutilgan 
mablag’lar, vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan 
daromadlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar kiradi. 
2)
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l 
jamg’armasining daromadlari: 
-
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 
-
Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar; 
-
vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar; 
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 
3)
Davlat 
mulkini 
xususiylashtirishdan 
tushgan 
mablag’lar 
jamg’armasining daromadlari: 
-
davlat 
mulki 
bo’lgan 
korxonalarni, 
xo’jalik 
jamiyatlarining 
ustav 
jamg’armalaridagi aktsiyalarni (ulushlarni), er uchastkalari va boshqa mol-mulkni 
realizatsiya qilish;
-
ustav jamg’armalarida davlat ulushi bo’lgan xo’jalik jamiyatlarini tugatishdan 
tushgan tushumlar; 
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 
4)
O’zbekiston 
Respublikasi 
Bandlikka 
ko’maklashish 
davlat 
jamg’armasining daromadlari: 
-
belgilangan miqdordagi yagona ijtimoiy to’lov tushumlari; 
-
vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar;
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 
5)
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari 
Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot 
muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash 
jamg’armasining daromadlari: 
-
Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot 
muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash 
jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 
-
vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar; 
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 
6)
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan 
erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi daromadlari: 
-
har yili tasdiqlanadigan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining asosiy 


57 
 
parametrlari doirasida qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan 
to’lanadigan yagona er solig’i bo’yicha tushumlarga muvofiq budjetdan ajratiladigan 
mablag’lar; 
-
budjetdan ajratiladigan maqsadli mablag’lar; 
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 
7)
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv 
yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari: 
-
O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag’lari; 
-
vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar; 
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari daromadlari 
yoyilmasi (bundan buyon matnda daromadlar yoyilmasi deb yuritiladi): 
budjet tasnifiga muvofiq tuzilgan daromadlar prognozi ularning tasdiqlangan 
parametrlariga muvofiqligini; 
daromadlar parametrlari ijrosining monitoringini ta’minlash maqsadida tuziladi. 
Daromadlar yoyilmasining daromad qismi tegishli budjet daromadlarining 
budjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo’lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi. 
Daromadlar yoyilmasining xarajat qismi tegishli budjet xarajatlarining moliya 
yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida tuziladigan, budjet tasnifiga 
muvofiq oyma-oy bo’lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi. 
Daromadlar yoyilmasining yakuniy ma’lumotlari, budjetlararo transfertlar 
bundan mustasno, tasdiqlangan yillik budjetda qabul qilingan summalarga mos 
kelishi lozim. 
Daromadlar yoyilmasi davlat maqsadli jamg’armalari bo’yicha — davlat 
maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tuziladi. 
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari bo’yicha 
shaxsiy g’azna hisobvaraqlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
ochiladi. 
Davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar, 
budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag’lari, bojxona 
organlarining g’azna depozit hisobvarag’iga tushadigan mablag’lar bo’yicha 
daromadlar manbaalari qonunchilikda belgilangan. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish