Ozbekistonning


 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/64
Sana23.11.2022
Hajmi4,83 Mb.
#871016
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
Bog'liq
Milliy g`oya va O`zbekistonning taraqqiyot

1 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. — Toshkent: «O'zbekiston»,
2011. - 48-49-bet.
69


da bayram qilingan va dabdabali harbiy paradlar o‘tkaziladi- 
gan 9-may sanasiga asl munosabat qayta tiklangani ham jamiyat 
ma’naviy hayotidagi o‘zgarishlar borasidagi yorqin misollardan 
biridir. Bu borada nafaqat Toshkent, balki boshqa yirik shahar- 
larda ham Xotira maydoni tashkil etilib, Motamsaro ona haykali 
o'rnatilgani, 9-mayning «Xotira va qadrlash kuni» sifatida belgi­
lab qo‘yilgani jamiyat m a’naviy hayotida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan voqealardan biri sifatida qadrlanadi. Shu kuni ikkinchi 
jahon urushida halok bo'lgan yurtdoshlarimizning nomlari max­
sus lavhalarga zarhal harflar bilan yozib qo‘yilgan xotira maydon- 
larining odamlar bilan gavjum bo'lishi, ular orasida yoshlarning 
ko‘pligi ham buni yaqqol isbotlaydi.
Ma’lumki, Vatanimiz poytaxti, ko‘hna va navqiron Toshkent 
shahri yurtimizning eng mo‘tabar maskanlaridan biri bo‘lib hi­
soblanadi. Ana shu mo'tabar maskan mustaqillik yillarida yangi 
qiyofa kashf etdi, u mustaqillikning, ajdodlarimiz asrlar davomi- 
da intilib yashagan xalqimiz ozodligining ramziga aylandi, desak 
xato qilmaymiz. Ushbu shaharning barcha go‘shalari qatori, uning 
qoq markazidagi mustaqillik maydoni va unga tutash hudud- 
da 2000—2015-yillarda ham keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari 
amalga oshirildi. Senat binosi, Ezgulik arkasi, Vazirlar Mahkama- 
si, Tasviriy san’at galereyasi, Biznes markazi, Yoshlar ijodiyot mar­
kazi kabi binolar qurildi va ular shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi.
Ushbu maydondan unchalik uzoq bo‘lmagan va ilgari «Skver» 
deb nomlangan maydon qiyofasi ham butunlay o‘zgardi. Unga 
«Amir Temur xiyoboni» nomi berildi, buyuk sarkarda Sohibqiron 
A m ir Temurga muazzam haykal o‘rnatildi. Shu tariqa, bu maydon 
nafaqat yurtdoshlarimiz, balki mamlakatimizga keladigan ko‘plab 
mehmonlar va sayyohlar uchun yurtimiz istiqlolining timsollari- 
dan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ushbu xi- 
yobonga tutashgan maydonda Amir Temur va temuriylar zamoni- 
ga bag‘ishlangan maxsus muzey tashkil etilgani ham bu boradagi 
ishlarning tarkibiy qismi sifatida jamiyat ma’naviy hayotidan joy 
olganini alohida ta’kidlash joiz. Ushbu muzey xalqimizning ta-
70


rixiy xotirasini tiklash, yoshlarni o‘tgan avlodlar ruhiga sadoqatli 
etib tarbiyalash, unga tashrif buyurgan yurtdoshlarimizda buyuk 
o'lmishimizdan g‘ururlanish va alloma bobolarimiz merosidan 
liixrlanish, kelajak oldida ma’naviy qarzdorlik tuyg'ularini shakl- 
lantirishga xizmat qiladi.
Xalqimiz hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan bunday bunyodkor­
lik ishlari bilan bir qatorda, Toshkentda yangi, zamonaviy Dav­
lat konservatoriyasi barpo etilgani, 0 ‘zbekiston milliy akademik 
drama teatri, Rus akademik drama teatri, Toshkent davlat san’at 
va madaniyat instituti, Tasviriy san’at galereyasi uchun muhta- 
sham binolar qurib berilgani ham ushbu yo‘nalishdagi faoliyat- 
ning bardavomligidan dalolat beradi. Holbuki, nafaqat Toshkent, 
balki mamlakatimizning barcha shaharlari va qishloqlarida amal­
ga oshirilgan obodonchilik va qurilish ishlari haqida ham shun­
day deyish mumkin.
Bularning barchasi, istiqlolga erishish va mustaqillikning bi­
rinchi o‘n yilliklaridagi o‘zgarish va yangilanishlarning tadrijiy 
tarzda amalga oshganini isbotlash uchun xizmat qiladi. Shu bi­
lan birga, o‘sha serqirra va sermashaqqat davrning mustaqillikka 
erishgan xalqimiz m a’naviyati taraqqiyotida muhim bosqich sifa- 
tidagi o‘rni va ahamiyatini yaqqol ko‘rsatadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, 0 ‘zbekiston mustaqil taraqqiyo­
tining ikkinchi bosqichi — tarixiy nuqtayi nazardan 2000-yildan 
so‘nggi 10 yillikni qamrab oladi va ayni ana shu yillar izchil 
va barqaror o‘zgarishlar davri hisoblanadi. «Mamlakatimizda 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik ja- 
miyatini rivojlantirish konsepsiyasi» qabul qilingunigacha bo‘lgan 
mazkur davrda hayotning barcha sohalarida tub o‘zgarishlar va 
bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan faol demokratik yangilan- 
gan jamiyat ma’naviy hayotini izchil isloh qilishni ta’minlashda 
muhim ahamiyat kasb etgan1.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish