Ozbekistonning


I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/64
Sana23.11.2022
Hajmi4,83 Mb.
#871016
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
Milliy g`oya va O`zbekistonning taraqqiyot

1 I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. — Toshkent: « 0 ‘zbekiston»,
2010
.
65


ish yuriluvchilar erkinligini, respublikadagi milliy an’ana, urf- 
odat va qadriyatlarni e’tiborga olishi, insonlarning faoliyatlarini 
to‘liq shart-sharoitlar bilan ta’minlashi lozim.
Davlat bozor iqtisodiyotiga o‘tishda iqtisodiy faoliyatning 
huquqiy asoslarini ishlab chiqib, iqtisodiy erkinlikni qabul qilin- 
gan Konstitutsiya va qonunlar asosida mustahkamlab bormoqda.
Respublikada bozor iqtisodiyotini shakllantirish ma’lum bir 
davrni hamda juda katta mas’uliyatni talab etdi. Chunki mavjud 
sobiq markazlashtirilgan, rejalashtirilgan iqtisodiyot bilan bozor 
iqtisodiyoti bir-biriga yot xo‘jalik tizimidir. Ana shu ikki xo‘ja- 
lik tizimlari o‘rtasidagi kurash mamlakat hayotida juda ko‘p is- 
lohotlarni amalga oshirishni, qiyinchiliklarni boshdan kechirish- 
ni talab etdi. Albatta, eski tizimni birdaniga, ya’ni revolyutsion 
yo‘l bilan yo‘qotish maqsadga muvofiq emas; uni evolyutsion yo‘l 
orqali sekin-asta, bosqichma-bosqich yangi tizimga almashtirish 
kerak. To‘g‘ri, revolyutsion yo‘l bilan bozor iqtisodiyoti tizimini 
tadbiq etgan mamlakatlar ham yo‘q emas. Bu yo‘l «falaj qilib 
davolash» usuli hisoblanib, siyosiy, iqtisodiy oqibatlari ancha 
og‘ir kechadigan jarayondir. Masalan, Yugoslaviyada ushbu «fa­
laj qilib davolash» usulining qollanilishi 1991-yilda sanoat ishlab 
chiqarilishini 20 foizga, sarmoya sarflashni 17 foizga kamayishi- 
ga, pirovardida federatsiyaning parchalanishiga sabab bo‘ldi. Shu- 
ning uchun ham respublikada vujudga kelgan iqtisodiy vaziyat 
aksariyat ko‘pchilik oilalarning turmush darajasi pastligini e’ti­
borga olib, 0 ‘zbekiston uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tishda «falaj 
qilib davolash» usulining ma’qul emasligini ko‘rsatdi. 0 ‘zbekis- 
tonda bozor iqtisodiyoti tomon sakrashlarsiz, inqilobiy o‘zgarti- 
rishlar yo‘li bilan emas, balki izchillik bilan bosqichma-bosqich 
borish kerak. 0 ‘zbekistonning bozorga o‘tish yo‘lining o‘ziga xos 
xususiyati ham shundadir.
Davlat iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish muammolarini hal etish 
uchun bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqib, qonunlar chiqa- 
radi va qarorlar qabul qiladi. Bu yo‘l bilan eski iqtisodiy mu- 
nosabatlarni, eski qonun va qarorlarni almashtirish evaziga bo-
66


/or iqtisodiyoti uchun ijtimoiy-siyosiy sharoitlar vujudga keltiradi 
va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Mustaqillikning dastlab- 
ki yillaridan buyon davom etib kelayotgan bu jarayon 2010-yil- 
da yaratilgan «mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsi- 
yasi»da yana bir bor o‘z isbotini topdi.
Ushbu konsepsiyada ta’kidlanganidek, 0 ‘zbekiston Respub- 
likasi Davlat mustaqilligiga erishishi tufayligina mustabid va maf- 
kuralashgan tuzum kishanlaridan, xo‘jalik yuritishning ma’mu- 
riy buyruqbozlik tizimidan ozod bo‘lib, o‘z taraqqiyot yo‘lida 
mustaqil tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Istiqlol xalqimizga o‘z 
vatanining haqiqiy egasi tuyg£usini qaytarib, toptalgan madaniy 
meroslar, ulkan tabiiy mineral, xomashyo, insoniy, ishlab chiqa- 
rish va intellektual salohiyatidan o£z xalqimiz manfaatlari yo£lida 
Ibydalanish imkoniyatini berdi. Davlat mustaqillikka erishgani- 
dan keyin jahon hamjamiyatida o£z o‘rniga ega bo‘ldi, iqtisodi- 
yotni, ijtimoiy sohalarni jamiyat hayotining barcha jabhalarini 
chuqur isloh qilishga imkon yaratdi.
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashti- 
rish ishlarining amalga oshirilishi oqibatida nodavlat xususiy iq­
tisodiy sektor va xususiy mulk hamda mulkdorlar mavqei oshib 
bordi. Iqtisodiyot barqarorligining o£ziga xos ko£rsatkichi, bel- 
gilangan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy 
mezoni bo£lgan o£z valyutamizni mustahkamlash mamlakatimiz­
da amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarninggina emas, balki 
ijtimoiy islohotlarning ham eng ustuvor yo£nalishidir.
So‘nggi yillarda qishloq xo£jaligi sohasida ham tub o£zga- 
rishlar ro£y berdi. Xo£jalik yuritishning sovet davridan qolgan, 
o£zini oqlamagan shakllaridan voz kechilib, ularning o£rniga bu- 
tun dunyoda keng joriy etilgan xususiy fermer xo£jaliklari tashkil 
etildi. Qishloq xo£jaligi sohasining bosh bo£g£ini bo£lgan xususiy 
fermer xo£jaliklarini tashkil etish va yanada rivojlantirish lozim.
Kuchli va adresli ijtimoiy siyosat yuritilishi, aholini ijtimoiy 
himoya qilishning butunlay yangi tartiblari joriy etilishi so£nggi
67


yillarda faqatgina odamlar turmush darajasining o‘sishiga emas, 
balki ularning daromadlari o‘sishiga ham olib keldi.
Iqtisodiyot barqarorligining o‘ziga xos ko‘rsatkichi, belgilan- 
gan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy me- 
zoni bo‘lgan o‘z valyutamizni mustahkamlash mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarninggina emas, balki ij­
timoiy islohotlarning ham eng ustuvor yo‘nalishidir. Respublika 
iste’mol bozorini tovarlar bilan to‘ldirish uning sanoatini rivojlan­
tirish milliy valyutaning tovarlar bilan ta’minlanishiga, bu esa, 
natijada milliy valyutaning qadrini saqlab turishga olib keladi.
M amlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibat- 
larini bartaraf etish bo‘yicha 2009—2012-yillarga mo‘ljallab qa­
bul qilingan inqirozga qarshi choralar dasturi 0 ‘zbekistonni ij­
timoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib 
qoldi.
0 ‘zbekistonda mamlakat mustaqillikka erishgandan so'ng ij­
timoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich 
o‘tish jarayonida mamlakatning mustaqil moliya bank tizimini 
shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Musta- 
qillikning ilk yillarida mamlakat bank-moliya tizimida olib bo- 
rilgan qat’iy pul-kredit siyosati barqaror bank-moliya tizimini 
yaratish uchun zamin bo‘lib xizmat qildi. 2010-yil 26-noyabrda 
«2011—2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada is- 
loh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting 
ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to£g‘risida» 
1438-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarordan kelib chiqqan 
holda Respublikamizning moliya-bank tizimini isloh qilish va 
barqarorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olingan.
Keyingi yillarda mamlakatimizda byudjet-soliq sohasida ta- 
laygina ishlar amalga oshirildi. 2008-yilning 1-yanvaridan yan­
gi Soliq Kodeksi amaliyotga joriy etildi. Bu bilan soliq va soliqqa 
tortish sohasida katta o‘zgarishlar va imtiyozlar yuzaga keldi. 
Yangi Soliq Kodeksi oldingi Soliq Kodeksidan juda farqli ravish- 
da soliq to'lovchilar uchun ancha qulay va tushunarli tilda ba­
68


you etildi. Bu o‘z navbatida soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy 
•.liaxslarga ancha qulayliklar tug‘dirdi. Oxirgi yillarda soliqqa tor- 
lidh tizimini takomillashtirish, soliq stavkalarini pasaytirish va 
soliqdan imtiyozlar berish hamda ishlab chiqarishning o‘sishi 
untijasida soliq yuki darajasi mamlakatimizda ancha pasaydi. Bu 
esa YalM hajmining o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi.
O'zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kun- 
laridan boshlab, jamiyatda tadbirkorlik ruhini qaror toptirib, shu 
asosda odamlarda mulkdorlik tuyg‘usini uyg‘otishga jiddiy e’tibor 
qaratildi. Bu borada «birinchi navbatda, xususiy mulkning huquq 
va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor 
qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan yoki yaratgan o‘z mulkining 
daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonch- 
li kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur. Har bir tadbirkor avva­
lo shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy mulk 
huquqi ularning himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar 
o‘z biznesiga bexavotir investitsiya kiritishi, ishlab chiqarish faoli- 
yatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini 
ko‘paytirishi, o‘z mulkiga o‘zi egalik qilishi, foydalanishi, tasar- 
ruf etishi lozim»1.
Istiqlol yillarida tadbirkor va ishbilarmonlarning bunyodkor­
lik harakatlari mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish yolida 
olib borilayotgan islohotlarning ajralmas qismi sifatida o‘zining 
ijobiy samarasini bera boshladi. Pirovardida, kichik biznesning 
shakllari kengayib, aholining mulkka egalik tuyg‘usi uyg‘ona 
boshladi. Bu hoi o‘rta mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng 
yo‘l ochib bermoqda.
Mustaqillik davrining ikkinchi bosqichida bundan boshqa 
sohalarda ham ezgu g‘oyalar asosidagi savob ishlar davom et- 
di. Masalan, sobiq ittifoq davrida har yili G ‘alaba kuni sifati-

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish