Moliya
transfert xarajatlar deyiladi. Bu xarajatlar jamiyat daromadlari a’zolar
o ‘rtasida taqsimlanishini o ‘zgartiradi.
Davlat xarajatlari yana joriy (davlat iste’m oli va transfertlar)
hamda kapital xarajatlarga (davlat investitsiyalari) bo‘linadi. Bunday
bo ‘linish takror ishlab chiqarish ko‘lamlari o ‘sishiga moliyaning
ta’sirini baholash uchun muhimdir. Shuningdek, davlat xarajatlarini
insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga (joriy quyilmalar va
investitsiyalar) xizmat qilish mezoni bo‘yicha
ham klassifikatsiya
qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish va
uni iste’m ol qilishda mazkur ulushlarni alohida hisobga olishga
imkon beradi.
Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda fimksional prinsip
mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo
hamjamiyati bilan o'zaro munosabatlariga doir faoliyatini (ijtimoiy,
iqtisod iy, ta d q iq o tch ilik , bosh qaru vchilik,
tash q i siyosiy va
boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Ana shu narsalarning o ‘zi
m a’ium tizimga xos ustuvor yo‘nalishlarni aks ettiradi va davlat
siyosati ta ’sirch an lig in i baholashga im kon berad i. M asalan,
davlatning ijtim oiy funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq b o ‘lgan
xarajatlari aholi kam ta’minlangan qatlamlarining tabaqalashtirish,
tibbiy xizm at, uy-joy, kafolatlangan minimal pensiya va nafaqalar
olishga tegishli sharoitlami yaratadi, ijtimoiy munosabatlar barqaror
bo‘lishini ta’minlaydi. Bulaming barchasi talabning hajmi va tarkibiy
tuzilmasiga keskin ta ’sir k o ‘rsatadi va bu narsa quyidagilarda
namoyon b o ‘ladi:
• ijtim oiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy n e’matlar
iste’m oli qismiga nisbatan barqaror to‘lovga qobiliyatli talabning
barqarorligini ta ’minlaydi;
• ijtim oiy-madaniy soha tashkilotlarini
joriy saqlash uchun
tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning
juda ko‘p b o ‘g‘inlarida talab va taklif o'rtasidagi muvozanatga o ‘z
ta ’sirini ko‘rsatadi;
• maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtim oiy ta ’m inot
ob’ektlarining kengaytirilishi,uy-joy qurilishiga davlat dotatsiyalari
bilan birgalikda, faqat qurilish materiallariga emas, balki qurilish
industriyasi bilan bog‘liq sanoatning boshqa alohida tarmoqlari
109
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchun ham
chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanishga
m o‘ljallangan narsalar uchun talabni oshiradi.
Bundan tashqari, davlatning ijtim oiy-m adaniy tadbirlarga
bog‘liq xarajatlari ayni zamonda malakali ishchi kuchini tayyorlashga
yo‘naltirilgan investitsiyalardan iboratdir. Bunday tadbir zaminida
ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini
q o ‘llab-qu w atlashga doir strategik
chora borligi ham yaqqol
k o‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi
jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xo ‘jaligi korxonalarini
subsidiyalashtirish va kreditlashtirishda, infratuzilma o b ’ektlarini
yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish uchun qurol-
aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini qaytarish va ular bo‘yicha
foizlarni kam aytirishda ham bozor k o n ’yunkturasini keskin
o ‘zgartiradi. Y u q orid a sanab o ‘tilgan x a ra ja tla r h ajm in in g
o ‘zgartirilishi investitsiyalar o ‘lchamiga, jam i talabning hajmiga va
taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita o ‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, davlat xarajatlari
barcha talab-ehtiyojlarning
qondirilishida ijobiy tarkibiy qism hisoblanishi mumkin. Teskari
holatlarda esa, ya’ni harbiy, boshqaruv, mafkuraviy xarajatlar
salm og‘i ko‘tarilib, shuningdek, davlat qarzlariga xizmat qilish
xarajatlari hajmi kattalashganda davlat xarajatlari faqat sun’iy
ijtimoiy
talablarning o ‘sishiga olib keladiki, ular oxir-oqibatda, qutilib
bo‘lmaydigan vayronagarchilik kuchlar(i)ni vujudga keltiradi. (Jahon
amaliyotida bunday m isollar juda ko‘p, masalan, o ‘tgan asrning
70-80—yillarida butun kapitalistik dunyoni qamrab olgan inflyasiya,
1998 yilning avgustida Rossiyada sodir bo‘lgan moliyaviy tanazzul
va boshqalar).
Umumdavlat pul fondi mablag'larining sarf etilishi,
shubhasiz,
davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini moddiy
jihatdan ta’minlaydigan resurslarning mobilizatsiya qilinishini taqoza
etadi. Q o‘shilgan qiymatni moliyaviy qayta taqsimlashning dastlabki
bosqichida davlat daromadlari — Y a lM va M Dning bir qismini
qaytarilmaslik sharti bilan davlatning ixtiyoriga o ‘tkazishga doir
iqtisodiy munosabatlar xizmat qiladi.
Davlat daromadlarining hajmi va tarkibi bilan manipulyasiya
qilish vositasida umumishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini tartibga
Do'stlaringiz bilan baham: