O‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasikafedrasi



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/31
Sana21.11.2022
Hajmi1,28 Mb.
#869545
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
xolyorov diplom ishi

1.Lingivistik sharh

(Tushunilishi qiyin so‘zlar, ma’nosi notanish va noaniq so‘zlar izohi). Sharhning 
bu turini quyidagi so‘zlar qamrab oladi: arxaik so‘zlar, tarixiy so‘zlar, dialektizm, 
arab-fors so‘zlar izohi. So‘zlarni shu tarzda izohlash uning qaysi tilga mansubligi 
haqida ham ma’lumot beradi.
2.Tarixiy-milliy sharh.
Bu xil sharhda qadimiy 
milliy urf – odatlar, an’analar, udumlar bilan bog‘liq bo‘lgan an’analar izohlanadi.
3.Tarixiy-adabiy sharh. 
Bunda adabiy asarlardagi tarixiy davr bilan bog‘liq 
an’analar izohlanadi. Bundan tashqari asarlarni sharhlashda yana quyidagi turkum 
so‘zlar izohi bo‘lishi mumkin: Geografik joy nomlari, Badiiy asardagi tarixiy 
shaxslar, ular haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar, xalq maqollari, iboralar va 


22 
tasviriy vositalar, qahramonlarning ismi, tashqi qiyofasi, kiyim boshi, buyumlari.
Son bilan ifodalangan so‘z va iboralar va hakozolar.
8
Bugungi kunda Akademik litsey talabalari uchun o‘rgatilayotgan mumtoz asarlar 
haqida mening shaxsiy mulohazalarim quyidagilardan iborat.Birinchi navbatda 
darslikni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq,chunki berilayotgan ijod 
namunalari bir qarashda o‘quvchilarni band qilib turishdek tuyuladi undan bir 
ma’naviy ozuqa olish hollari juda kam holatlarda uchraydi.Misol tariqasida 
darslikda berilgan Alisher Navoiyning 
“Ashraqat min aksi shamsil-ka’si 
anvorul-xudo”
g‘azalini akademk litsey tugul hatto ba’zi o‘qituvchilarni o‘zi ham 
asl mohiyatiga yetib bormaydi.Chunki ushbu g‘azal bo‘yicha hali bir to‘xtamga 
kelinmagan.Eng mukammal sharh sifatida A’zamxon Qozixo‘jayev sharhi 
hisoblanadi.Talalabalar hatto ushbu g‘azalni sharhidan ham bir ma’anaviy ozuqa 
olishi amrimaholdur. Jadid adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Munavvar 
qori Abdurashidxonov shunday degan edi. “Har millatning maktab va madrasasi 
o‘ldig‘i kabi, bizni ham maktab-madrasalarimiz garchi benizom va beusul o‘lsa 
ham, yo‘q demak darajada oz emas. Har millat avlodini tarbiyalash va ta'limi 
ulumda ko‘rsatgan himmat va g‘ayrati kabi bizlarda ham o‘z ma'sum avlodlarini 
jaholat va g‘aflat zulmatida qolmoqig‘a hech bir rizolari o‘lmay, qo‘llaridan 
kelgancha ta'lim va tarbiyati avlodda qusurlik ko‘rsatmakchi zotlar mavjuddirlar. 
Va lekin dunyog‘a nima uchun kelgonini bilmay, ilm va maorifg‘a aslo rag‘bat 
qilmay, jonidin shirin bolalarini ko‘cha-bako‘cha kezdirib, bechora ma'sumning 
aziz umrini jaholat otashina yondirg‘uvchi behamiyat va bediyonat otalar ham 
oramizda oz emasdur. Ko‘p dindoshlarimizni ko‘rarmizki, o‘z farzandlarini aslo 
maktabg‘a bermay orqalaridin ergashtirib, ruslar eshigida o‘zlari kabi 
xizmatchilikka o‘rgatib, dunyo va oxiratning saodati o‘lg‘on ilm va maorifdin 
mahrum qo‘ymoqdin hech bir ibo qilmaslar. Ba'zi azizlarimiz bordurki, o‘g‘lini 
qo‘lidin tutib maktabga olib borur. Muallimdan tolib qilurg‘a: “Taqsir, shu 
o‘g‘limni go‘shti sizniki, ustixoni bizniki, bir iloj qilib, tezlik ila naqd va nasiya 
yozmoqni o‘rgatib berursiz”, der. “Eshagiga yarasha tushovi” degan o‘zbek 
maqolicha, muallimlar ham aksarlari qonuni ta'lim-tarbiyadin butun-butun bexabar 
kishilar o‘lub, balki o‘quv va yozuvni ham lozimincha bilmasliklari vajhidan 
8
M.Tursunova Adabiyot darslarida sharhlash usuli. “Til va adabiyot ta’limi” oynomasi. 1992,№3,4. 23-
bet.


23 
bechora ma'sumalarni iste'dodi zotiyasig‘a nazzora ikki yil zarifida jami' 
lavozumoti diniyani bildirmoq mumkin o‘lg‘on holda, to‘rt-besh yilg‘acha hijja 
usuli birla dunyo va oxiratga foydasi bo‘lmag‘on Fuzuliy, Navoiy, Xo‘ja Hofiz va 
Bedil kabi mushkul manzuma kitoblarg‘a umri azizini barbod etarlar. 
Ey vatandoshlar! Diqqat nazari ila boqing! Bir bolani maktabg‘a bermakdan 
maqsudi vojibot diniyamiz o‘lg‘on ilmi qiroat, masoili e'tiqodiya, farz, vojib, 
sunnat mustahab, harom, makruh, namoz va ro‘za, haj va zakotlarni ham zaruroti 
dunyaviyamiz o‘lg‘on ilmi hisob, jug‘rofiya, tavorix, xususan, «Tarixi Islom» kabi 
foydalik ilmlarni bildurmoq o‘lg‘on holda johil domlalarning «ta'limi faloniy, 
qoshi qaro, qaro ko‘zi, qaro yuzi, oh, so‘zi shirin», deb bolalarni fasod axloqig‘a 
birinchi sabab o‘ladurg‘on manzuma kitoblar o‘lmish.Bu xususda otada ayb yo‘q, 
chunki bu bechorani e'tiqodida bolani o‘qutmoq yolg‘iz naqd va nasiya 
yozdurmoqdin iboratdur. Muallimda ham ayb yo‘q, chunki bu zikr qiling‘on ulumi 
zaruriyalarni bechora muallimning o‘zi bilmas, balki ba’zilarini ismini ham 
eshitgan emas. Bechora na qilsun? Nochor, befoyda bo‘lsa ham maktablarda 
bolalarga o‘qitgudek bulardan boshqa bir kitob topilmag‘on zamonlarda o‘zi o‘qib, 
bilgan kitoblari shu kitoblar o‘ldig‘i chun eski o‘runlarda eski tushlarin 
ko‘rmakdadurlar. Mani so‘zimdan Fuzuliy, Navoiy, Xo‘ja Hofiz, Bedillar kabi 
ulug‘ zotlarni tahqir qildi, deb gumon qilinmasun. Chunki mani g‘arazim bu 
kitoblarni zotan befoyda demak emas, balki yosh bolalarg‘a bu kitoblarning ta'limi 
befoyda, demakdir. Misola bir bolaga Fuzuliy o‘rniga ilmi qiroat, Navoiy o‘rniga 
masoili e'tiqodiya, Xo‘ja Hofiz joyiga masoili amaliyot, Bedil badalig‘a ilmi hisob 
o‘qitilsa, din va dunyosi uchun qancha foydalar hosil qilib, musulmon o‘lur
.

9
Ushbu jumlalani o‘zi ham bugungi kundagi birgina Akademik litseylarning 
adabiyot darsliklaridagi haddan oshiq ko‘p,o‘quvchi deyarli tushunmaydigan 
tushunsa ham uning yosh xususiyatlarini inobatga olmagan holda berilgan she’r va 
dostonlar bugungi kunda o‘zini oqlamoqdamikin,kim ayta oladi bugun hamma 
sohada “ARUZ” kerak deb, Kim ayta oladi litseydagi hamma talabalar mumtoz 
she’rni birday o‘zlashtira oladi deb.Mening fikrimcha ko‘proq tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo‘lgan,kundalik turmush tarzida uchraydigan holatlar bilan 
bog‘liq asarlarni berib borib uni sodda sharhi bilan yondosh ya’ni o‘quvchi avval 
9
Munavvarqori Abdurashidxonov “BIZNI JAHOLAT - JAHLI MURAKKAB” , “Taraqqiy” gazetasi, 1906 
yil, 14 iyun 


24 
tanish bo‘lgan,mag‘zini chaqqan asar bilan solishtirib o‘rgatsa natija 
ko‘rinadi.Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan ma’lum parchalar berilgan 
“Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod va Xursav bahsi. Bu Navoiy ijodining 
cho‘qqisi.Ko‘p qavatli binoga chiqmoqchi bo‘lsak birinchi qavat so‘ngra ikkinchi 
qavat va hokazo. Alisher Navoiyning “Hayrat ul abror” dostonida Hazrati Ayyub 
hikoyati mavjud ushbu hikoyat bilan 5-sinf darsligida mavjud bo‘lgan G‘afur 
G‘ulomning “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi bir biriga juda o‘xshash buni 
talaba tez anglaydi va bundan ozuqa oladi. Xuddi shunday Navoiy ijodini 
o‘rgatishda ham pog‘onama-pog‘ona o‘rgatish joiz. Nafaqat Alisher Navoiy balki 
butun mumtoz shoirlarni nazarda tutmoqdamiz. Ammo berilgan ba’zi she’rlarni 
sharhlashda men tadqiqotchi, bo‘lajak o‘qituvchi sifatida ayrim metodlarni 
qo‘llayman. Albatta shaxsiy qarash sifatida. Chunki bugungi kunda darslikda 
mana shu she’riy parchalar berilgan ekan biz bunga quyidagicha yondoshgan 
bo‘lardik va uni amaliyotga tadbiq etamiz . Joriy dasturda 1-bosqich adabiyot 
darsligida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat 
ul- haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Nosiriddin Rabg‘uziyning 
“Qissasi Rabg‘uziy” asarlari, Pahlavon Mahmud ruboiylari, Sayfi Saroyi g‘azallari 
va “Gulistoni bit-turkiy” asari hamda “Suhayl va Guldursun” dostoni, 
Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Xo‘jandiyning “Latofatnoma” asari, Sakkokiy, 
Atoiy, Gadoiy, Lutfiy ijodidan namunalar kiritilgan. Jahon adabiyoti durdonalari 
hisoblangan Rudakiy ijodi namunalari va Firdavsiyning “Shohnoma”sidan parcha 
o‘rin olgan. 2-bosqich adabiyot darsligida esa XV asrning 2- yarmidan XX 
asrgacha bo‘lgan davrdagi adabiy yodgorliklarni qamrab olgan. Unda Alisher 
Navoiy g‘azallari, qit’alari, ruboiylari, tuyuqlari, mustazod, muxammas, 
tarjibandlaridan namunalar hamda “Xamsa” dostonidan parchalar, Husayniy 
ijodidan namunalar, Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari, ruboiylari va 
tuyuqlaridan namunalar, “Boburnoma”dan parcha, Majlisiy ijodi, Xojaning 
“Miftoh ul-adl” asaridan namuna, Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” 
asaridan parchalar, Turdi Farog‘iy, So‘fi Olloyor ijodlaridan namunalar
Mashrabning devoni, Huvaydoning “Rohati dil” dostonidan lavhalar, Uvaysiy, 
Amiriy, Nodiralarning lirik merosi, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Maxmur, 
Shermuhammad Munis, Muhammadrizo Ogahiy, Muqimiyning “Sayohatnoma”si, 
Furqat, Zavqiy, Komil Xorazmiy, Dilshodi Barno va Anbar Otin ijodiy merosi kabi 
mumtoz asarlar joy olgan.


25 
Berilayotgan asarning 

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish