170
global masshtabda o‘tkazish zarurligini anglatadi. Chunki ishonarli o‘lchash
informasiyasi sinov
natijalarining o‘zaro tan olinishini tasdiqlaydigan va mahsulot va xizmatlarning muvofiqligini
tasdiqlash va jami baholash infrastrukturasini asosi bo‘ladi. Bu o‘z navbatida,
kattalik birliklarini
turli mamlakatlar etalonlari bilan qayta tiklanadigan o‘lchamlarini doimiyligi va majburiy
kelishishligiga qattiq talablar qo‘yadi.
Bu talablarni ta‘minlash uchun milliy etalonlar xalqaro va (yoki) davlatlararo etalonlar bilan
solishtirilishi kerak bo‘ladi va agar bu boshqa mamlakat milliy etalonlari bilan zarur bo‘lsa.
Etalonlarning solishtirilishi -
kattalikni yoki uning hosilaviy o‘lchamlarini
ishtirokchi-davlat
solishtirish etalonlar yordamida qayta tiklash natijasida aniqlangan o‘lchamlari o‘rtasidagi nisbatni
belgilovchi amallar majmuidir.
Fizik kattalikning, uning karrali yoki ulushli qiymatlarining o‘lchamini
qayta tiklash, saqlash va
uzatish uchun mo‘ljallangan milliy (davlat) etalonlari solishtirilishi kerak.
Solishtirish amalini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi qarorni metrologiya bo‘yicha xalqaro va
regional tashkilotlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda etalon – ega (davlat) si qabul qiladi.
Milliy etalonni tekshirish (tadqiq qilish) va qayta tiklanadigan birlik o‘lchamini aniqlash bo‘yicha
ishlarning majburiy tarkibiy qismi bo‘lib solishtirish hisoblanadi.
Qoidaga binoan, aniqlik darajasi bir xil bosqichda bo‘lgan etalonlar solishtirilishi kerak.
Etalonlarning solishtirilishi tashiladigan etalonlar
yordamida amalga oshiriladi, bunday etalon
bo‘lmagan holda ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo‘yicha solishtirish vositasi tanlanadi.Solishtirish
etaloni (solishtirish vositasi) barqarorlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Etalonlarni solishtirilishi aylanma, radial yoki kombinasiyalangan bo‘lishi mumkin.Solishtirish
tusini tanlash (aylanma yoki radial) taqqoslash etaloni (solishtirish vositasi)
ning barqarorligiga
qarab o‘tkaziladi.
Solishtirish ishtirokchi - davlatlar soniga qarab solishtirish ikki tomonlama va ko‘p tomonlama
solishtirishga bo‘linadi.
Ko‘p tomonlama solishtirishning eng tarqalgan turi xalqaro va regional solishtirishlardir.
Etalonlarni xalqaro solishtirilishi konsultativ komitet (KK) rahbarligi ostida O‘lchovlar va tarozilar
xalqaro kamitetining (O‘TXK) va regional metrologik tashkilotlarning
ruhsati va nazorati ostida
o‘tkaziladi. Ular solishtiriluvchi etalonlarning ekvivalentligini tan olinishini va o‘lchashlarning
hamda solishtirish ishtirokchilarining sertifikasion sinovlarining to‘g‘riligini yuridik asosini tashkil
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: