Xamsa alisher Navoiy xamsa



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

yu,

  shahzoda bir taxtaga mahkam yopishib  olib 

omon  qoldi.  Tolqinlar  bu  taxtani  u yon-bu yon 

otar ekan, Farhod jonidan umid uzib qolgan edi.

Dengiz taxtani Yam an mamlakati tomonga su- 

rib ketdi. Shahzoda taxta ustida behush yotarkan, 

Yamanga  qarab  borayotgan  tez  suzar  bir  kema



ustidagi  savdogarlar  ko‘rib  qolishdi-da,  den- 

gizchilarni  shahzoda  tomonga  yuborishdi.  Yigit 

taxta ustida olikdek yotardi. Qutqaruvchilar na­

fas olayotganini ко‘rib, tirik ekaniga ishonch hosil 

qilishdi-da, kemaga olib chiqishdi. Kema ahli turli 

hidli  moddalarni burniga tutishgan  edi,  Farhod 

ko'zini ochdi.  Sharbat va ovqatlar berib, uni o‘zi- 

ga keltirishdi. Nihoyat, shahzoda turib o‘tirdi-da, 

o‘zi  bilan  nima  ahvol  yuz  berganini  so‘radi.  Sa­

vdogarlar bolgan voqealami so‘zlab berdilar, keyin 

yigitning kimligini soYadilar. Farhod: «Biz, bir guruh 

savdogarlar Xo'tandan Yaman tomon kelayotgan 

edik, to Ton kemamizni dengizga cholctirib yubor­

di.  Men  mana  shu  taxta  ustida  omon  qoldim. 

Goh  hushyor,  goh  behush  yotardim.  Hushimni 

yo‘qotgan  vaqtda  sizlarga  duch  kelibman.  Men 

hayotdan umidimni uzib qoVgandim.  Sizlarning 

yaxshiligingiz tufayli olimdan qutulib qoldim. To 

tirik  ekanman,  sizlarning  xizmatingizdaman»,  -  

deb javob  qaytardi.  Bu  so‘zlami  eshitgan  kema 

ahli  uni  yoqtirib  qolib,  to  quwatga  kirgunicha 

unga mehribonlik ko'rsatishdi.

Bir  kuni  kemadagilar  o‘zlari  tomon  suzib  ke­

layotgan  bir  necha  qayiqni  ко‘rib  qolishdi-yu, 

hammalari oh-voh qila boshlashdi. Farhod buning 

sababini so‘ragan edi, ular yiglab: «Sen dengiz us­

tida ko‘rayotgan bu qayiqlardagi odamlar orollar- 

da yashaydigan qaroqchilardir. Bittami, ikkitami 

yoki uchtami kemani ко‘rib qolishsa, har tomon- 

dan o‘rab olishib neftli shisha idishlami yondirib 

turib, kema tomon otishadi-da, odamlarni oldirib, 

mollarini  egallab  olishadi.  Biz  dengizdagi  to‘g‘ri 

yoldan  adashib,  to‘fon  mahali  shu  yerga  kelib



qolibmiz.  Ularga duch kelgan odamlarda qutu- 

lish umidi qolmaydi», -  dedilar.  Savdogarlaming 

bu so'zlarini eshitgan Farhod ularning ko‘ngilla- 

rini  shod  qilib:  «Sizlar  hecham  qayghirmanglar, 

Xudo  sizlami har qanday ofatdan omon saqlaydi. 

Sizlarda ko'proq o‘q bilan kuchli yoy topiladimi?»

-   deb  so'radi.  Uning  gaplariga  hamma  hayron 

bo‘ldi-yu,  lekin  so‘ragan  narsalarini  tezda  topib 

kelishdi.  Yoy Farhod istaganicha bolmasa ham, 

o'qlar yoyga mos edi. U yoy-u o'qlarni hozirlagun- 

cha, har tomondan qaroqchilar yetib kelishdi-da, 

kemaga  o t  yog'dirish  uchun  neftli  shishalarini 

hozirlay boshlashdi.  Kemani ularning shishalari 

yetmaydigan joyda to'xtatishni buyurgan Farhod 

shishadagi  neftni  yoqib,  savdogarlar  kemasiga 

otmoqchi bolib turgan qaroqchini nishonga olib

shunday  o‘q  uzdiki,  neftli  shisha  parchalanib, 

qayiqqa o‘t ketdi-yu,  undagi barcha qaroqchilar 

yonib ketishdi. Yana bir qayiqqa qarab o‘q otgan 

edi, u ham yonib ketdi. Ikkita qayiqdagilar kuyib 

ketgach,  qaroqchilar qochishga kirishishdi.  Ular 

o‘z kemalari boshini orqaga burgunicha,  Farhod 

yana  o‘n-o‘n  besh  qayiqni  shu  tarzda  kuydirib 

yo‘q  qildi.  Qaroqchilarning  ba’zilari  olib,  ba’zi- 

lari  kuydi,  qolganlari  qochib  qoldi.  Bu  ishlami 

ко‘rib turgan kema ahli xursand bolishib,  unga 

mol-u jonlarini berishga tayyor edilar. Farhod esa 

hamon  o‘z  dard-u  alamlari  bilan  band  edi.  Bir 

necha kun o‘tgach, ular ko‘zlagan manzil ko‘rindi. 

Kema Yaman bandargohi tomon y ol oldi, hamma 

sohilga  chiqdi.  Dengizdagi  minglab  balolardan 

omon qolgan barcha savdogarlar g'oyatda xush- 

nud  edilar.  Shahardagi  bir  manzilda joylashib,



safar  kiyimlarini  yechdilar.  So'ngra  may  topib 

kelib, ichishga kirishdilar.

Maydan  boshi  qizigan  Farhod  taxti,  qasrlari 

va sipohlari yodiga tushib,  dengizda qolgan ota- 

si-yu ozor chekayotgan onasini eslab, o'zining bu 

tarzda ovora bolib yurgani, ko'nglidagi yoriga ye- 

tisha olmayotganidan xafa bolib, ko‘z yoshi to lea 

boshladi. Savdogarlar uning bu holatini ко‘rib biri 

yiglasa, boshqasi lol-u hayron bolardi.

Bu  yerga  to'plangan  odamlar  ichida  bir  hu- 

narmand naqqosh bolib, uning chizgan suratlari 

jahon xalqlari  e’tiborini qozongandi.  U  olamdagi 

barcha mamlakatlami kezib chiqqan, Xitoyda ham 

bolgan,  Moniy bilan suhbat qurgan inson bolib, 

nomi Shopur edi.  Sayohat qilib yurar ekan,  sav­

dogarlar kelayotgan kemaga tushib qolgan Shopur 

Farhod  qilayotgan  ishlardan  hayratga  tushar, 

lekin  bu  holatlar  sababini  о*у1аЬ  topolmasdi. 

Dengizda ko‘rsatgan jasorati, quruqlikdagi ushbu 

ahvoli:  ko‘z  yoshlari  bilan  chekayotgan  nola-yu 

zorlarini kuzatarkan, oyiab-oyiab uning ko'nglini 

ishq tigl yaralaganini anglab yetdi. Bu haqda so‘z 

ochilganda esa Farhod beparvodek ko'rinardi. Yigit 

dilidagi  dardni  so'rab  bilolmagan  naqqosh  ishq 

dardi haqida so‘z ochdi. Uning hikoyalari Farhodga 

ta’sir qilayotganini koVgandan keyin Shopur ishqiy 

afsonalarni ko'proq so'zlab beradigan boldi.  Shu 

tarzda ikkovlari do'stlashib qolishdi.

Farhod Shopumi bir dam ko'rmasa, darrov uni 

izlab topar va muhabbat haqidagi afsonalaridan 

aj^tib berishini iltimos qilardi, ularni eshitar ekan, 

yigldan tinmasdi. Nihoyat, Farhod Shopuming o‘z 

ahvoli haqidagi savollariga javob beradigan boldi.



Bir kuni Shopuming: «Ota-onang, mamlakating 

hamda o‘z hayoting haqida so'zlab bergin», -  degan 

iltimosiga:  «Bu  gaplardan  foyda  yo‘q,  yaxshisi, 

senga bir voqeani aytib beray. Bir kuni bir ajoyib 

mamlakat tushimga kirdi. Unga o'xshash olkani 

ko'rgan emas man», -  dedi-da, ko‘z oldida namoyon 

bolgan manzaralarni birma-bir so'zlab berdi. Gap 

o‘zi sevib qolgan qizga taqalganida esa oh tortib

hushidan ketib qoldi. Shopur uni zo‘rg‘a hushiga 

keltirdi. Atrofdagi odamlar esa to'xtovsiz may ichish 

bilan band bolib, ikkala do'stning gaplariga parvo 

qilishmasdi. Shunda Shopur: «Do'stim, men senga 

hamsuhbat bolib,  yashirin  sirlaringdan  ogohlik 

topdim.  Sen endi g‘am yemagin,  chunki sen bel- 

gilarini aytib bergan yer jahondagi eng go'zal joy 

bolib, men uni koVganman.  Havosi rohatbaxsh, 

gullari  hisobsiz,  go‘zallikda  Bog‘i  Eramdek  bu 

joyning nomi Armandir.  Sen u yerga bormoqchi 

bolsang, men hamrohlik qilay», -  dedi.

Bu gaplami eshitgan Farhod o‘z baxtiga ishon- 

mas  edi.  Buni  ko'rgan  Shopur:  «So'zlarimga  is- 

honmayotgan bolsang,  dalil keltiray», -  dedi-da, 

qog‘oz-u  qalamini  qoliga olib,  o‘zi  aytgan  diyoming 

suratini chiza boshladi. Shunday bir tasvir yarat- 

diki,  Farhod  ko‘zguda  ko‘rgan  manzaradan  bi- 

ronta ham farqi yo‘q edi.  Suratni tomosha qilgan 

shahzoda do'stining so'zlari rost ekaniga ishonch 

hosil qildi-yu,  mastlardek yiqildi.

Farhod uyqudan ko'zini ochishi bilanoq Shopur 

aytgan so'zlar, u chizgan ajoyib surat yodiga tushib 

o'midan  turdi-yu,  Shopur  oldiga yugurdi.  Uning 

tovushidan uyg'onib ketgan Shopur bu kelishdan 

uning  maqsadi  nima  ekanligini  so‘radi.  Farhod 

uning  oyoglga  boshini  qoyib:  «Bergan  va’dangga




vafo qilgil!» -  deb iltimos qildi. Shopur rozilik bildir- 

gach, ikkala do‘st yolga tushdilar. Manzilma-manzil 

dam olmay borishar ekan, Shopur bilan Farhod shi- 

rin suhbatlashar, do‘stlik, hamdardlig-u hamkorlik 

haqida  fikrlashishar,  Arman  diyori  tasvirlangan 

surat to‘g‘risida so‘z yuritishardi.

Shu tarzda ancha yurib,  Arman mamlakatiga 

qadam  qoydilar.  «Sen  tushingda  ko‘rgan  mam- 

lakat  mana  shu.  Atrofni  aylanib  tomosha  qil- 

gin-da, о‘zing tilagan joyni topgin», -  dedi Shopur. 

Farhod  shu  diyorni  ikki-uch  kun  kezgach,  o‘zi 

tushida ko‘rgan dasht uning ko‘z oldida namoyon 

boldi. 0 ‘sha maysalar, o‘sha savsan, o‘sha gullar, 

atrofida  o‘sha  bulbullar...  Qayoqqa  qaramasin, 

o‘ziga tanish gullar, tikanlar, giyohlami ko‘rardi. 

Bulardan ko'ngli hayajonga to lib, bezovtalanardi. 

Shunda  Shopurga qarab:  «Ey  hamdam  do‘stim, 

tushimda ko‘rgan hamma narsa bu yerda ko‘rinib 

turibdi.  Endi  menga  yaqinroq  yurib,  holimdan 

xabardor bolib turgin. Bu yerda tosh qaziyotgan 

odamlarning  shovqinlari  eshitilyapti,  jonim  esa 

o‘sha tomon borishga intilyapti», -  dedi.

Ikkala  do‘st  o'sha  tarafga  y o l  oldilar.  Ko‘p 

o‘tmay,  tog‘  ichida  ariq  qazish  bilan  mashg'ul 

bolgan  ikki  jruzga  yaqin  odamlarni  ko‘rdilar, 

hammalarining qollarida tesha bolib, uni toshga 

urishar, lekin qattiq toshlami kesish shunchalik 

qijdn ediki, yuz marta tesha urilganda ham no'xat- 

cha,  hatto  kolcnor  uruglcha  toshni  ham  kesib 

olisha olmasdi. Ikki yuzta usta uch yil davomida 

to‘xtovsiz metin ursalar ham, faqat ikki-uch yuz 

qari9  yerdagi  toshnigina  qazib  olishgan  bolib,




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish