Xamsa alisher Navoiy xamsa


Kim bu chaman ichra xiromon erur



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Kim bu chaman ichra xiromon erur, 

Barchasi bir-biriga mehmon erur.

H ar kishikim,  bor esa yore anga,

Har kishikim, yor esa bore anga.

Kom bila vaslini aylab havas,

Topsa bu komig‘a dame dastras.

B o ‘ynig‘a qonim meni yod etmasa, 

Ruhum o ‘shul yod ila shod etmasa.

Vasl  aro  uning  maqsadi  amalga  oshib,  shu 

baxtini yana davom qildirishni istasa, Yaratganga 

shukrini yanada ko'proq aytsin. 

»

Komini qilsun haq aning bardavom, 

Jonig‘a bersun bu davom ichra kom.

Chin go‘zali haqida hikoya

Chin  mamlakatida  bir  nozanin  go'zal  bolib, 

uning  rasmini  har  qanday  naqqosh  chizishda 

ojiz edi. Yuzlari Xo‘tan gulzoriga o'xshar, ko‘zi bu 

gulzordagi  mushkin  kiyikni  eslatardi.  Chehrasi 

xuddi  Chinning  nurli  quyoshi  bolib,  qop-qora 

Xo‘tan mushki uning zulfi muanbaricha bor edi. 

Uning  qo'rquv  bilmas  g ‘amzalari  jonlarni  asir




qilar,  hatto  Xitoy  mulkidagi  xonlar  ham  uning 

asiriga aylanishganini  sezmay qolishardi.  Uning 

g'aiiizasi talonchilari dastidan Chin xatar ostida 

qolgan,  turmaklangan  sochidan  dinga  xalal  ye- 

tardi. Jahonning butun aholisi uning husni hay- 

ronasi,  zamon  shohi  esa zulfining oshuftasi edi. 

Uni  ко ‘rmay  qolgan  inson  bir  nafas  ham  nafas 

ololmasdi, nafas olmagandan so'ngjon qolarmidi?

Shunday  g o ‘zal  gulruh  m aydonda  g o ‘y  va 

chavgon о 



 nab yurar,  hech kim unga yaqin kel- 

masligi  uchun  xon  maxsus  odamlar  belgilagan 

edi. Agar biron kishi uning tomon nazar tashlasa 

yo uning haqida biron so‘z aytsa, unday odamning 

aybi  aytilgach,  hukm  boyicha jazoga  tortilardi. 

Har kuni qancha-qancha yigitlar shu xil ayb bilan 

halok bolardi.

Shu qizga ko‘p yillardan beri oshiq bolib yurgan 

bir ishq-muhabbat shaydosi bir panada yashirin- 

ib, o‘z dildorini tomosha qilib o'tirarkan, qiz mast 

holida uning ustidan chiqib qoldi. Boda ichib zai- 

flashgan  oshiq o'ziga hujum qilgan  dushmaniga 

bas kelolmadi. Shunda bir necha boshqa aybdor- 

lar oldiga uni ham solib olib keldilar. Bu asirlami 

ko'rgan darg'azab xon barchasini shahar devoriga 

qo^ib loy bilan chaplab tashlashga buyruq berdi, 

toki  yuzlari  loydan  chiqib  tursin,  xalq  ulardan 

ibrat  olib,  jazolanganlar  ham  ko‘p  azob  chekib 

olsinlar. Hukm tezlik bilan ijro etildi. Qiz tog‘ ichi- 

ga yashirindi, xon dashtda sayr qilib yurgan bolsa 

ham,  otlanib  shahar tomon y o l oldi.  Ichib olgan 

xon ishq o'tida o‘rtanib, shahar devori tomon yur- 

di-da, jazolanganlar ahvolini ko'rish uchun o‘sha 

devor  ostiga  keldi.  Hali  devorga  suvalmaganlar



oh-nola qilib yiglasharkan, jazolanganlar tomon 

yurdi. Ular olim  bilan jon talashishardi. Malikaga 

oshiq bolgan yigit esa devor orasidagi somondek 

azoblanayotgan, sarig‘ yuz bilan iztirob chekayot- 

gan bolsa ham Tangriga har lahzada sano aytib, 

shukr  izhor  qilib  turardi.  Kim:  “Bu  nafas jonim 

chiqyapti-yu, yor g‘ami bu ishni osonlashtiryapti”. 

Umriga ikki-uch nafas qolgandayor so'zlarini zikr 

etarkan, tilida yor edi-yu,  so'zida yor, og'zida yor 

erdi-yu,  ko'zida yor.

Zolim hokim bu holatni ko‘rgach, ko'ngliga ishq 

o‘ti  ta’sir  qildi-yu,  olim dan  uni  xalos  qilib,  yori 

turgan  tomonga  yolladi.  Ishq  balosi  aro  shukr 

qilgan yigit shunday martabaga yetdi.




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish