Xamsa alisher Navoiy xamsa


Yorug‘ aylasang mulk-u vayronamiz



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Yorug‘ aylasang mulk-u vayronamiz, 

Fidodur senga mol ila jonimiz.

Barchamiz  yuzingni  bir  ko'rish  armoni  bilan 

yashayapmiz»,  -   deb  yozilgandi  u  maktublarda. 

Iskandar xat yozdirdi va viloyatlarga j о“natdi. «Sizlar 

bu yerga kelishga ovora bolmang. 0 ‘z yurtingizda 

farog‘at qila bering. Mening o‘zim yurtingizga bora- 

man. Meni duo qilib, Haqqa toat qilib yuravering»,

-  deyilgandi maktublarda.




Iskandar o‘zining ushbu maktublari tayinlan- 

gan  manzillarga qadar yetib  borguncha qo‘rg‘on 

ichida  Mallu  tomonidan  qurilgan  tarabxona  -  

shodlik,  bazmlar  o‘tkaziladigan  shohona  qasmi 

uning  atrofiga  qurilgan  ajoyib  bog'ni  ко‘rib,  bu 

gulshanga  «Jannatoso»  deb  nom  qo^di.  Barcha 

lashkarlar  ham,  a’yonlar-u  donishmandlar ham 

«Jannatoso»dan bahramand bolishdi. Iskandarga 

«Jannatoso»da shoh manzili tayyorlatdi. Xalq bu 

yerga  oqib  kela boshladi.  Shaharda yangi  hayot 

boshlandi. Shoh barcha odamlarni shod etib, buz- 

ilgan ko‘ngillarni obod ayladi. Shoh hukm qildiki: 

«Hech kimning biron narsasiga tajovuz qilinmasin, 

Iskandaming biron navkari yo a’yoni ulardan bi­

ron nima tama qilsa, bo‘g‘zidan osilsin!».

Shahar  xalqi  moli  omon  berishgach,  boshqa 

muhtojlaming ishi ham hal boldi.  Hech kimdan 

hech kimga g‘am yetishmas, bir kishi boshqasidan 

asossiz bir dirham ham ololmasdi,  Iskandar esa 

aysh uchun toza maylardan ichib, Kashmir mulki­

ni sayr etib yurardi.  Ko‘pdan ko‘p g'aroyibotlami 

koYib  hayratlanardi.  Jumladan,  bir  may  kosasi 

ko‘rdiki, nihoyatda kamyob. U jom xuddi daryodan 

suv olgandek tola turardi.  Mallu qochib ketayot- 

gan  vaqtda uning  bir xazinachisi  mulki  ichidan 

olishgan  ekan.  Boshqa  tuhfalarni  qal’aga  olib 

kirishganda bu jom qolib ketibdi. Uning ajoyibligi 

shunda  ediki,  jomdan  har  qancha  ichgan  bilan 

mayning kam bolmasligi  aytilgan  edi.  Jamshid- 

shoh  olamni  egallaganda  hikmat  ahli  olimlarni 

to'plab ikkita tilsim jom ishlatgan ekan: biri getinamo, 

biri ishratfizo. Getinamo jom ko‘pchilikka malum, 

shuning  uchun  bunisini  ta’riflay  qolay.  Undagi 

may tamom bolmaydi, mazali may kamaymaydi,




egri turganda ham uning ichidagi may toltilmaydi. 

Uni tortib  ham  olib bolmaydi.  Barcha bu  ajoyib 

jomni tomosha qilishardi.

Mallu o‘zining tosh qo‘rg‘oniga qamalib olgani- 

dan so‘ng Iskandar uning taxtini oldi va el-ulusga 

yengilliklar va’da qildi, Kashmir xalqi lining lutf-u 

ehsoniga umid  qila boshladilar,  shoh  Mallu  ah- 

volidan  xabar  so'ragan  edi,  uning  Iskandardan 

qo'rqib,  falon  qal’a ichida berkinib,  qo‘rqib  o‘tir- 

gani,  har xil  sehrlar haqida  o'ylayotganini  aytib 

berishdi.  Iskandar  yana  saroy  ahlini  to‘plab: 

«Kashmir  toza  gulzordir.  Havosi  lekin  garmselli 

ekan.  Doimo jonparvar nasim esib turadi-yu, bu 

gulshanda to'xtalmas ekan, bu ahvolda uning guli 

o‘tga va sunbuli qop-qora dudga aylanadi. Qiziqki, 

dahr  otashfishon-u,  lekin  kimsa  o‘tdan  nishon 

topolmaydi.  Bu  uqubat  bolib,  xalqqa  azobdur. 

Suhbatgina emas, balki umuman yashab bolmay­

di.  Bunga biron chora mumkindir,  bolmasa,  bu 

yerdan tezroq jo'nash lozim boladi», -  dedi.

Donishmandlar  bu  so‘zlarni  eshitgach,  duo 

qilishib:  «Agar shohga bu ish muddao bolsa,  biz 

uning makrini  daf etamiz,  uning barcha sehrla- 

rini  biz yo‘q  qilamiz,  shoh  ko‘ngli bundan  g‘am- 

ga  tolmasin,  chorasi  oson.  Shoh  o‘n  kungacha 

muhlat  bersalar  boladi».  Shoh:  «0 ‘n  kungacha 

xalq  o‘t  va  shamoldan  qiynalib  qolishadi-ku!»  -  

degan edi,  Aflotun podshoning qayg4irayotganin 

ko‘rib:  «Men  uch  kun  davomida  bir  tadbir  qilib, 

ahvolni yengillashtirib turaman», -  dedi. Iskandar 

bu so'zdan xursand boldi. Bu holatdayel to'xtab, 

do'zaxdek issiq boshlandi. Oshxonada ishlovchilar 

nolon  bolishib,  «Olam  aro  o‘tdan  boshqa  vujud 

yo‘q, ne cho‘g‘, ne shu la, ne uchqun, ne dud. Tosh-




dan оЧ chiqarisharkan», -  deb unga temir ursalar, 

shu la  ham chiqmayapti, o*t o'miga suv chiqyapti. 

Ovqatni tayyorlashimizda bir sir bormikan desak, 

biz aybdor emasmiz».

Keyin o“t-u yel masalasida shunday qiyinchilik 

boshlandiki,  o t issiq dam erdi-yu, yel sovuq oh. 

Tandir kunduz qizarmaydi,  kechasi esa shamda 

shula ko‘rinmaydi. Ozginayel esgandi, o'chmagan 

biron chiroq qolmadi.  Uch kun  davomida qollar 

engaklarga sutun bolib qolaverdi.

To'rtinchi kuni Aflotun uyiga shoh, a’yonlar va 

sarkardalar kirib bordilar.  «Mana, uch kun o‘tdi, 

xalq o t va shamol yo'qligidan nihoyatda qiynalib 

ketdi. Yana shu xilda davom etsa, el bu azoblarga 

chidolmay  qoladi»,  -   dedi  Iskandar.  Olim javob 

berib:  «Bugun  ham  bergan  va’damizga  kiradi. 

Lekin  ertadan  hamma  narsa  o‘z  o'rniga  tushib, 

xalq qiyinchiliklardan qutuladi», -  dedi.  Shoh va 

a’yonlar  bu  so'zlardan  ko'ngillari  taskin  topib, 

oromgohlariga y o l oldilar.

Otni to'xtatish masalasi mana bunday bolgan 

edi:  Jomosb  degan  donishmandning  kitobida: 

«Iskandar davrida u jahon fathiga otlangan vaqtda 

olam mamlakatlarini egallab borarkan, Kashmir- 

ni bosib  olishda bu  shahaming begi  Mallu berk 

qo‘rg‘onga berkinib  olib,  odamlardan  shamol  bi­

lan  o'tni yashiradi.  O'sha yerdagi  bir  tog' ichida 

toshdan bir uy yasab, tilsim qilib qo^gandi. Yelni 

shu uyga qamasa, xaloyiqning dushman askarla- 

rini daf qilish oson boladi.  Shamol awal betartib 

esib, undan xalqqa ziyon yetardi. Shamolni haligi 

uyda bekitgandan so‘ng bu mamlakatga kelganlar 

haligi uy derazasiga qarshi turib Kashmir shahriga 

to‘g‘ri  boqishsa,  yoqimli  shamoldan  bahramand




bolishar, derazani berkitib qo'yilsa, shamol chiqa 

olmay qolardi.

Qal’adagi bir choh -  chuqur bor bo Tib, uning og‘zi 

tor-u, tagi keng edi. Chuqur tagida bir otashkada 

bolib, u Kayumars davridan qolgan edi.  U yerda 

shunday bir tilsim  mavjud edi:  odam  shaklidagi 

bir  haykal  doim  o‘tni  yelpib,  haroratni  kuchay- 

tirib  turardi.  Uning  oldida  dam  bila  ko‘ra yasa­

lgan  bolib,  ko‘ra jismida  olov  puflaydigan  nay 

o'rnatilgan bolib, haligi haykal asbob orqali otni 

doim tezlashtirib turardi.  Choh og'zidan uchqun 

va tutunlar chiqib, xalq undan issiqlik olib turar

bu  mamlakatdagi  o t  manbayi,  ne  otkim,  quy­

osh  manbayi  ham  shu  edi.  Lekin  bu  otlar kishi 

ko'ziga  ko‘rinmay,  quyoshga  o'xshab  yer  ostiga 

kirib  ketardi.  Bu  tilsimni  yo‘q  qilish  uchun,  bu 

ish  Aflotunga  havola,  awal  naqb  boshini  topib, 

u  yerda  chodir  tikib  otirish  kerak.  Keyin  naqb 

boshini ochib,  ichkariga qarab  17 qadam yurish 

darkor.  0 ‘n  yetti  qadamni  bosish  chog'ida  ikki 

yoniga  yaxshi  nazar  tashlab  borish  kerak.  Har 

tomonda  yel  yo  o t   rasmi  chizilgan  taxtachalar 

turadi.  Har bir lavhni zarb  bilan qattiq tepsa va 

lavh devor ichiga kirib ketsa, biri yel yolidir, biri ot 

yoli. Devor buzilgan zamon tezlik bilan tashqariga 

qochish  zarur.  Chunki  o t  bilan yel  qo‘shilishib, 

chirpirak bolib aylanib, aniqlangan yollam i ham 

vayron qiladi.  Ikki kavakdan chiqib kelgan o t va 

yel qal’a ahliga shunday ziyon ko'rsatadiki, kimga 

tegsa, nobud qiladi, imoratlami pastlashtirib, tik 

yog£ochlarga shikast yetkazadi. Elining olmay tirik 

qolishi bolmagan xayoldir.

O t chohdan chiqqandan keyin, lovullab, qal’ani 

kuydirishga tushadi. Faqat qal’a ichiga, ro'parasi-




gagina emas,  burj-u  devorlariga ham  tutashadi. 

Toshi shuladan shunday qizib ketadiki, ichkarida 

qolgan  xalq  tosh  kaboblarga  aylanadi.  Yoldagi 

lavhlarni ushatgan hakim bir qancha vaqt tash- 

qarida turishi kerak.

Agar yel qal’aga qarab yelib, shaharga tez yetish- 

sa,  lavhalar bilan  tomlami  to‘sish,  mustahkam- 

lash kerak. 04 bilan yel tinchisa, ikkisidan kuch-u 

mador ham ketadi-da, yana oldingi yel oromi, o‘t 

sharori qaytadi», deb yozilgan ekan.

Aflotun bu so'zlaming barchasini Iskandaming 

bir o'ziga mukammal so‘zlab berdi. Shoh hayratda 

qolib, donishmandga tahsin aytdi, ehsonlar berdi. 

«Bu  ishlami  bajarish  yollari  topildi.  Endi  nima 

qilamiz?» -  deb  so'radi Aflotundan.  Donishmand 

shohni  duo  qilib:  «Sen  lavhlarni  birinchi  bo “lib 

sindirasan.  Bu  sening  shohlik, jahon  pahlavoni 

sifatidagi huquqing. Bu ish bandini yechish sen- 

dan boshlansin», -  dedi.

Shoh  donishmandga  tasanno  aytdi,  kechasi 

bolishiga qaramay Aflotun bilan bir necha sipohni 

birga olib yolga tushishdi.  Naqb boshiga yetish- 

gach, ichkari, yerosti yoliga tushib, ancha yurish- 

di.  Yolning ikki yonida ikki lavh osigliq turardi. 

Aflotun lavhlarni shohga ko‘rsatib: «Vaqt ketyapti, 

bolaqol tezroq!» -  dedi.  Iskandar lavhlarni ко‘rib 

shodlandi-da, Haqni yodiga olib turib, ikki lavhni 

zarb bilan tepdi-yu, ular yemrilgach, darhol tash- 

qari  chiqdi.  Ikkovlari  ko‘zlarini  qo‘rg‘onga  tikib 

turardilar,  biroz  o'tgach,  o‘t  qal’adan  osmonga 

otildi.  Yana  bir  nafas  otmay  shamol  ham  yetib 

borgach, shunday kuchli yel qo‘zg‘aldiki, yel go'yo 

olamni  buzay  derdi,  ikkovlari  yana  naqb  ichiga 

tushishib,  ganj-u  g'isht  bilan  yel  yolini  to‘sib




tashladilar. Shoh bilan olim tashqari chiqishgach, 

qo‘rg‘on tomondan dod-faryod eshitdilar. O t bilan 

yel qo‘rg‘on xalqini har tomon parishon qilib halok 

etibdi.  Malluning farzandlari ham,  xotinlar ham 

yarim  kuygan  holda  chiqib  kelishdi.  Iskandar 

sipohlari ularni otdan ozod qildilar. O t vayel hu- 

jumidan juda ko‘p odamlar halok bolibdi.  Faqat 

Mallu  ibn  Mabok degan  kishigina omon  qolibdi. 

Yana  Feruz  degan  o‘g‘li  va  nihoyatda  sohibja- 

mol bir qizi bor edi.  Uning haqida yana keyinroq 

so'zlashamiz.

Mallu  Iskandar  qoshiga kelib,  yer  o‘pib,  bosh 

qo“ydi, boshini kotargach, yosh toldb iltijo qildi:


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish