Xamsa alisher Navoiy xamsa



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

SAB’AYI  SAYYOR


Shoh Bahrom Rum bilan Chinni o‘ziga boysundir- 

gach,  Chin  xoqoni  bilan  Rum  qaysari  unga  tobe 

bolib  qoldilar.  Keyinchalik yetti  iqlim  shohi unga 

boj tolaydigan boldi. Farmonga ko‘ra xiroj tolashi 

kerak bolgan har bir hukmdor zarur mablag'ni har 

yili to'plab, poytaxtga o‘z vaqtida yuborib turishlari 

shart  edi.  Tobe  mamlakatlarda  olingan  hosildan 

ham to'xtovsiz sovg‘a-salomlar kelib turardi.  Shoh 

Bahrom esa ertadan kechgacha aysh-u ishrat bilan 

band bolib, musiqa va ashula tinglash bilan orom 

olardi.  Uning  saroyida  eng  mashhur  sozanda-yu 

hofizlar tofclangan bolib, ular hamma joyda hukm- 

dorga hamrohlik qilishardi.

Shoh  Bahrom  kunlari  ovsiz  otm as,  kechalari 

esa xilma-xil soz, jonbaxsh ashulalarni tinglash- 

ni yoqtirardi.  Ov vaqtida qaysi tomonga o‘q otsa, 

albatta,  biror hayvonni qulatar,  ularning qoniga 

hamrang  may  ichishdan  rohat  olardi.  Ov  qilib 

borarkan, qayerda biron go'zal manzil duch kelsa, 

o‘sha yerda dam olib qadah ichar, chang-u rubob 

kuylaridan  huzur  qilib,  o‘zi  oldirgan  hayvonlar 

go'shtidan kabob tanovul qilardi.

Bir  kuni  shoh  ov  mahali  bir  maydonda  bazm 

tuzib, ishrat bilan band ekan, xonandaning solim 

ashulasi  bilan  o‘z  ko'nglini  xush  etarkan,  opi­

ning butun olamga qiblagoh ekanidan shodlanib: 

«Xudoyim meni  ahli  olam  hukmdori qilgan  ekan, 

buning  shukronasi  uchun  elni  shod  aylab,  ado­

lat bilan ish yuritishim,  muhtojlarga mehribonlik 

ko'rsatib,  beva-bechoralar  dillarini  xushnud  et- 

mog'im zarur», -  deb xayol surar ekan, chor atrofni



tomosha qilib bahra olardi. Shu payt dasht bo“ylab 

tez-tez yurib borayotgan bir odamga ko‘zi tushdi. 

Yayov yol bosayotgan bu insonga achingan shoh 

unga yaxshilik qilmoqni istab bir mulozimga: «Tezda 

otingga mingin-da, yana bir otni yetaklab, hu anavi 

musofimi to'xtatib, otga mindirgin va uni huzurim- 

ga olib kelgin», -  deb buyurdi. Xizmatkor yigit shoh 

hukmini  bajo  qilib,  yolovchini  hukmdor  oldiga 

boshlab keldi. Shoh Bahrom uni ochiq chehra bilan 

kutib olib, hol-ahvol so'radi. Biyobonda kezib yur- 

gan kishi yer o'pib, ta’zim bajo keltirdi-da, o'midan 

turib nihoyatdayoqimli so'zlar bilan shahanshohga 

shunday maqtov yog‘dirdi-ki, eshitganlar: «Ofarin!»

-  deb yubordilar. Hukmdor uni o'tirishga taklif qildi. 

Mulozimlar  darhol xilma-xil  taomlar-u,  may  tola 

idishlami  keltirishib,  mehmonni  ziyofat  qilishga 

kirishishdi. Musofirning boshi maydan qizib borar 

ekan,  shoh unga ketma-ket savollar berar,  u  esa 

o‘zining dono javoblari Ы1ап mezbon koYigliga shod- 

lik baglshlardi. Dasht kezuvchi bu odamning aql-u 

donishiga qoyil qolgan Bahrom unga murojaat qilib: 

«Seni  ko‘p  ilmlardan  xabardor  ekanliging  sezilib 

turibdi. Bu makonda kezib yurishing sababini, o‘zing- 

ning kasb-u koring-u,  qilgan  ishlaringdan  so‘zlab 

bergil, 

biz

 Kam ulardan bahravor bolaylik», -  dedi. 

Mehmon yer  o'pib,  shunday javob  qildi:  «Men  bu 

dashtda musofirlardek kezib yurgan bolsam ham, 

o‘z  ishimda  zamonaning  yagonasiman.  Do‘st-u 

hamrohlarim yo‘q, hech kimsaga yuragimdagi sir- 

ni oshkor qilmaganman.  0 ‘zimni ham, hozir aytib 

beradigan  sirimni  ham  odamlardan  pinhon  tutib 

yurdim. Bu dashtda kezib yurishimdan maqsadim 

jahon podshosi bolgan shoh Bahrom huzuriga ye­

tib borib, unga yashirgan sirlarimni so‘zlab berish



edi.  O'sha manzilga yetmasimdan bu so'zni so'rab 

qolding.  Aytmay desam,  maqsadim  hosil  bolmay 

qoladi.  Sen  ham  shohga  o'xshaysan,  Bahrom 

bolmasang ham, maqoming unikidek baland. Sen 

unga juda ham o'xshab turibsan.

Ko'nglimni  g'amga  solib  qolding:  aytmasam 

ham  yomon,  aytsam  ham».  Shoh  bu  so'zlardan 

bog'  kabi  ochilib  ketdi-da,  chirog'  shulasi  kabi 

so‘z  boshlab,  shunday  dedi:  «Ey  dashtda  shitob 

bilan  kezib yurgan  banda,  sen  o‘z  maqsadingga 

yetganingdan bexabarsan. Agar Bahromni qidirib 

yurgan bolsang, gapiraver: men sen izlab yurgan 

shoh Bahrommam.

Musofir  bu  so'zni  eshitib,  sevinib  ketdi-da, 

shukronasiga  sajda  qilib,  m ol-k ol  duo  ayladi, 

yer o'pib, odob bilan o'tirib so'zga kirishdi: «Shoh 

mendan ahvolim haqida so'zlab berishni so'ragan 

edi.  Meni jahon  eli  Moniy  deb  ataydi.  Ko'pgina 

bilimlami bilaman, lekin surat chizishda shuhrat 

qozonganman».

Shoh  xuddi  shunday  odamga  talabgor  edi, 

Moniy so'zlaridan quvonchga toldi,  olgan odam 

yana tirilgandek, xursand bolib ketdi. Mehmonni 

quchoqlab, hurmat ko'rsatdi, ko‘p lutf-u ehsonlar 

qilib,  u  aytmoqchi  bolgan  sir  mazmuni  haqida 

savol berdi: «Men yetti iqlimni kezib chiqqanman. 

Jahondagi  bor  ajoyibotlarni  ko'rganman.  Bir 

mahal Xitoy tomonga yolim   tushdi.  U yerda bir 

savdogar bilan tanishib qoldim. Uning mol-u dun- 

yosi son-sanoqsiz, puli yuz ming tumandan ham 

ko'proq bolib, dur-u lallari dengiz-u kondek edi.

Ammo  uning  shunday  bir  bebaho  duri  bor 

ediki,  har bir bazmni oy kabi yoritardi.  U qiz asli 

xitoylik bolib,  nihoyatda go'zal va xushovoz edi.




Q oliga  changni  olib,  navo  cheksa,  uni  ко‘rib, 

eshitgan  har  bir  odamning joni  mingta  bolsa, 

bittasi ham qolmasdi. Mendek kimsa yuz ming til 

bilan yuz ming yil maqtasam ham, uning ta’rifini 

tugatolmayman.  Qizning xojasi uning go'zalligini 

xalqdan asrash uchun sandal va ud daraxtlaridan 

kajava yasattirgan,  unga  xilma-xil  qimmatbaho 

matolardan  yopib,  lal-u   durlar  bilan  bezagan. 

Men aytgan go'zalni o‘sha kajava ichida olib yura- 

di. Unga atab sandal va uddan chang yasattirgan 

bolib, uni go‘zal qiz chalib turadi.

Xoja u Zuhravash paripaykami sotmoqchi ham 

bolgan edi, yuz minglab xaridorlar chiqdi-yu,  bi- 

rontasi  ham  so'ralgan  narxni  berolmadi,  chunki 

uning  bahosi  Xitoy  mamlakatining  xirojiga  teng 

edi. Awaliga uni Xitoy xoqoni sotib olmoqchi boldi, 

lekin a’yonlar bunga qarshi chiqdilar.  «Bor davla- 

tingni berib, u qizni sotib olsang, shoh Bahromga 

yuboriladigan  xiroj


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish