Xamsa alisher Navoiy xamsa


Bodakim olsa ixtiyor eldin



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Bodakim olsa ixtiyor eldin,

Ne ajab chiqsa har ne bor eldin.

Ishq ham mayg‘a aylasa imdod,

Tong emas borsa bor-u y o ‘q barbod.

*  


*  

*

Shoh Bahrom oshiqlig-u mastlik bilan mashgtil 



ekan, g‘aroyib ikki ish yuz bergan edi: birinchidan, 

u  aysh-u ishrat bilan band  bolib  davlat ishlari- 

ni  unutgach,  mamlakatda beboshlik  boshlanib, 

xalq xohlaganini  qilishga  tushdi.  Zolimlar  bosh 

ko'tarib,  xalq  qora  kunlarga  qoldi.  Qaroqchilar 

tobora ko‘payib,  barcha yollarda talonchilik qila 

boshlashdi;  ichkilikbozlik  kuchayib,  din  susaya 

bordi.  Dashtlar  bo‘rilar  bilan  tolib  ketdi,  ular- 

ga  qoyiargina  emas,  cho‘ponlar  ham  yem  bo la 

boshladi.  Bu hollardan ogoh bolgan a’yonlardan 

bir nechtasi mamlakat-u xalqning ahvoli haqida 

shohni  yashirincha  xabardor  qilishdi.  Bahrom 

ularning so'zlarini tinglagach,  mulohaza yuritib, 

qanday  chora  topish  haqida  о “у1ашЬ  qoldi.  Ni- 

hoyat:  «Men  shoh  ekanman,  bunday  oy  yuzli 

soqiylar topilaveradi, shoh bolmaganimda uning 

visoliga yetisha olarmidim?» -  degan xulosaga kel- 

di. Uning ko‘ngli mulk-u xazinani tanlagan bolib, 

ishqni tark etishga bahona izlardi.

Shoh  shu  xil  xayol  bilan  yashasa  ham,  ha- 

nuz kunlari  ov qilish va yor qolidan  may ichish 

bilan  о‘tar  ekan,  toj-u  taxt  ishi  uni  tashvishga 

solib  qo“ygan edi.  Bir kuni shoh  shirakayf holda 

ov qilar ekan,  oy yuzli yori  Dilorom  ham yonida 

edi.  Shu  chog‘  dashtda  tez  yugurib  borayotgan 

chiroyli  bir  g‘azol-ohuni  ко‘rib  qoldi.  Shoh  o ‘q




otishga shunday mohirediki, yonidagi hamrohlari 

qanday xohlashsa, hayvonni ular istagandek qilib 

otib  oldirardi.  Saydning  qaysi  tukini  nishonga 

olsa, o‘qi o‘sha joyga borib tegardi.  Shoh Bahrom 

yonidagi  gul  yuzli  go'zalga  qarab:  «Ey  parivash, 

tez yugurib borayotgan bu g‘azolning qaysi yeriga 

o‘q otay,  sen nimani buyursang shunday oldira- 

yin», -  dedi.  Dilorom: «Oldin ikki qolini tushovla, 

toki u o'midan qo‘zg‘alolmay qolsin, so'ngra uning 

bo'g'ziga o ‘q ur»,  -  deb javob  qildi.  Shoh  o ‘z yori 

istagini bajo qilish uchun sadoqdan ingichka bir 

o'qni  oldi-da,  ohu  tomon  otib,  ikki  qolini  birik- 

tirib  qoydi.  So'ng  yo‘g‘onroq  boshqa  bir  o ‘qni 

shunday otdiki,  ohuning bo‘g‘zi kesilib,  qoni oqa 

boshladi.  Dilorom  nimani  orzu  qilgan  bolsa, 

shoh barchasini bajardi: hech kim qilolmaydigan 

mohirlikning uddasidan chiqdi.  U o ‘z ishi uchun 

parivashning tahsin aytishini kutgan edi, lekin o‘z 

husn-u jamolidan  mag'rur  go‘zal  shohga  tahsin 

uchun  og‘zini  ham  ochmadi,  uning  qolini  ham 

o‘pmadi-da:  «Har  kim  bir  ishda ko‘p  mashq qil- 

sa, shunday natijaga erishadi», -  deb qo“ya qoldi. 

Shohga  «boplading,  barakalla!»  deyish  o'rniga, 

uning mahoratini mashq natijasi deb atash bilan 

cheklandi. Dilorom o‘z so'zini yana bir takrorlagan 

edi, shohning qoshi chimirildi, mahbubasi uning 

jahli  chiqqanini  sezib,  o‘z  xatosini  tuzatmoqchi 

boldi-yu lekin:




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish