Xamsa alisher Navoiy xamsa



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

mulozimlari

 olampa- 

noh sogligini so‘rashga yigllgandilar. Tabiblarning



maslahatlaridan so‘ng ularning har biri bittadan 

qasr qurib, bezatishga kirishishdi. Ular tun-u kun 

ishlashib, imoratlami mumkin qadar tezroq qurib 

tugatishga harakat qilishardi.

Shoh  taxtidan  o'ziga  tobe’  bolgan  yetti  iqlim 

tomon olib boradigan keng ko'chalar -  shohrohlar 

yaratilgan  bolib,  ulardan  odamlar  yurardi.  Yetti 

iqlim xon-u xoqonlari o‘z diyorlari tomon olib boradi­

gan yollarda yetti ulkan qasr bunyod etdilar. Ular­

ning har biri bir jannatga o‘xshardi. Ushbu xilma-xil 

shakldagi binolami qiziqib tomosha qilarkan, shoh 

Bahromning sogligl kun sari yaxshilanib borardi.

Muhandislar ishlarini tugallab, binolami bitka- 

zishdi. Qurilish choglda ustalaming mahorati-yu, 

binolaming salobatini tomosha qilib,  o‘z dardiga 

shifo  topayotgan  Bahrom  bunyodkorlik  ishlari 

tugallangach,  tom osha  qilish  imkoniyatidan 

mahrum bolib qoldi. Tabiblar bu holatdan ogohlik 

topgach:  «Endi tezda mohir naqshband-u san’at- 

pardozlami  topib,  qasrlami  xilma-xil  ranglarda 

bezatishga kirishish lozim.  Har bir qasrning ichi 

bilan tashqarisi bir xil rangda bolishiga alohida 

diqqat qilish zarur.  Shunda ularni tomosha qilar 

ekan, shahanshoh tuzala boradi», -  deb maslahat 

berdilar.  A’yonlar  Moniyni  chaqirtirdilar-da:  «Ey 

mohir  ustoz,  sen  oldingi  ishlaring  bilan  shohni 

xursand  qilgan  eding,  endi  bu  qasrlarni  ziynat- 

lashga kirishib, yetti qasmi yetti rangga boyagin- 

da, shohni shodmon aylab sihatiga madad qilgin. 

Naqshlarni  o ‘zing  tanla,  ko'ngling  tilaganicha 

bezat. Senga «Unday qil, bunday qil», deb aytmay- 

miz», -  dedilar.

Naqqosh  bu  so'zlarni  eshitgach,  barmoqla- 

rini  ko'ziga  qo^ib  «Unday  bolsa,  sizlar  kerakli




narsalami keltirib bersangiz bas», -  dedi-yu, ishni 

boshlab yubordi.  Mamlakatdagi bor naqqoshlar- 

ni  chaqirtirib,  har  qaysisiga  bir  ishni  topshirdi. 

Ustalarni  naqshbandlik,  zarkorlik  kabi  sohalar 

boyicha yetti guruhga ajratib, ularga ishboshilar 

tayinladi. O'zi esa ishlar rejasini tuzib, naqqoshlar 

ishini kuzatib turardi.

Shoh  Bahrom  ertadan  kechgacha  imoratlami 

sayr etar ekan, har qaysi timsolni koYganda, unga 

maftun  bolarkan,  xayol  ogtishiga  cho'mar  ekan, 

ko'nglidagi tashvishlar ham unutilib borardi.  Ko“p 

fursat  otmay,  qasrlami  bezash  ishlari  nihoyasi- 

ga yetdi.  Yetti  qasr yetti  rangda ziynatlangan  edi. 

Ulami tomosha qilgan shohning ko“nglida ishq opi­

ning ba’zi uchqunlarigina qolgan edi. Tabiblar ko“p 

maslahat qilishib:  «Endi bu yetti qasming har biri 

ichiga bittadan hurdek go'zal qizni keltirib qo^sak, 

shoh  butunlay  tuzalib  ketishi,  quw at  topishi 

mumkin.  Qaysi shohning hurvash qizi bolsa,  uni 

shahanshohga nikohlab  bersin»,  -  degan  qarorga 

kelishdi. Shohlar fikr yuritishib, bu muammoni ham 

hal qilishdi. Yetti shohning yettita parimisol qizlari 

bor edi. Har biri ham go'zal, ham oqila bolib, pok- 

lik pardasida olam quyoshi, husn burjida ravshan 

yulduz, lutf duijida pok gavhar bolib, shahanshoh 

nikohiga munosib edi.  Shohona bazm uyushtirib, 

yetti go'zal shoh Bahromga nikohlandi-da, to^dan 

so tig kelinlaming har biri o‘z otasi tomonidan qurdi- 

rilgan qasmi manzil qildi.

Tabiblar  shoh  Bahromning  qasrlarga  borib 

orom olish vaqtini belgilashib, haramlarga tashrif 

buyurishni yulduzlar amriga ko'ra shanba kuni- 

dan,  mushkin  (qora)  rangli  qasrdan  boshlashga 

maslahat berishdi.




Shanba  kuni  erta  tongda  Bahrom  mushkbo' 

go‘zal  bilan  may  ichish  uchun  qora  qasrga y o l 

oldi.  Bu  yerdagi  hamma  narsa  mushk  rangida 

bolib,  qop-qora,  mushkin  taxtda  Chin  g‘azoli 

o'tirar, qora rangdan zulmat tusini olgan uyda oy 

yuzli go'zal zulmat ichidagi hayot suvi kabi ko‘ri- 

nardi.  Qora kiyimlar kiyib olgan Bahrom qasrga 

kirgach,  mahvash  tomon yurdi.  U  taxtga  chiqib 

o'tirgach,  yonidan  quyosh  rashkini  keltiradigan 

sohibjamol  mahbuba joy  oldi.  Soqiylar  ikkovlariga 

mushk rangi  qadahlarga mushk hidi anqib  tur­

gan  may  tutishdi.  Shorn  mushk  sochib,  olam 

yuzini mushk rangiga bo‘yaganiga qadar qasrdagi 

a’yonlar ishrat qilishar ekan, bu shanba Bahrom 

uchun azali kun boldi. Hakimlar shohga bo'sadan 

boshqa  ishlardan  uzoq  bolishni  buyurishgan 

edi.  Buni  mahbuba  ham  bilar,  shuning  Uchun 

o‘zini shohdan yiroqroq tutardi. Shoh kunduzlari 

ishrat  bilan  band  bolishi,  kechalari  esa ko'proq 

uxlashi zarur edi.  Lekin ko'nglidagi alam-qayg4i 

ko‘zidan  uyquni  o'chirgandi.  Mahvash  o‘z  par- 

dasi  ichiga kirib yotdi,  lekin  hijron  shoh  ko'ziga 

jahonni  qorongti  qildi.  U  o‘z  Diloromining uzun 

sochlari xayoli bilan tolg'anardi.  G‘am tuni azob 

berayotgani,  uyqusizlik  o‘zini xarob  qilayotgani- 

ni  sezgan  shoh:  «Bir-ikki  xodimni  qasr  oldidagi 

yoldan borib,  biron odam yoliqsa, uni huzurim- 

ga  olib  kelishga  buyuringlar,  toki  u  odam  o ‘zi 

ko'rgan-bilgan  voqealam i  yoki  afsonalardan 

menga so'zlab bersa, shoyad ko'zimga uyqu kelib 

osojdsh topsam», -  deb amr qildi. Yolga tushgan 

xodimlar ko‘p o‘tmay shoh oldiga bir sayyohni olib 

keldilar. Parda oldiga kelib, yer o'pib ko‘rpachaga 

otirgan musofir shohning biron qissa aytib berishi




haqidagi hukmini eshitdi va uni duo qilgach o'zi 

bilgan afsonani so'zlashga kirishdi.

Birinchi iqlim yo‘lidan kelgan 

musofirning afsonasi

Bir  bor  ekan,  bir  yo‘q  ekan,  Hindis ton  mam- 

lakatida bir  shoh  bolgan  ekan.  Uning  askarlari 

cheksiz,  xazinasi  behisob  b o lib ,  Xitoy  ham, 

Kashmir ham unga tobe’ ekan.  Sarandib  shahri 

uning poytaxti bolib, ismi Jasrat, laqabi esa Xon 

ekan.  Hashamatni  sevuvchi  bu  shohni  jahon 

eli  Jasratxon  deb  atasharkan.  Uning  donishda 

yagona,  husnda  nodiri  zamona  bir  o‘gli  bolib, 

otasi ko'nglining sururi,  hind xalqining ko‘z nuri 

ekan.  Uning lutf-u xulqi g'oyatsiz,  fahm-u idroki 

nihoyatsiz bolib, ilm-u kamolda ham mohir ekan. 

Hech kimga ozor bermaydigan bu shahzodaning 

ismi Farrux bolib, olam eli unga banda ekan. Qirq 

yil  sultonlik  qilib,  yoshi  saksonga yaqinlashgan 

shoh  o'gliga  mulk-u  tojini,  Hindistonning  bor 

mol-u dunyosini ham, Xitoy mamlakatining xiro- 

jini  ham  berishni  o'ziga  faxr  deb  hisoblar,  lekin 

Farrux  saltanatni  emas,  faqirlikni  xush  ko‘rar, 

shu tufayli otasining taklifini rad etib kelar ekan.

Bir kecha ibodat paytida sajdadan so‘ng ko‘zi- 

ga  uyqu  kelib,  bir  tush  ko‘rdi:  shahzoda  bir  bi- 

yobonda  behisob  odamlar  orasida  yurganmish. 

Kishilaming barchasi bir tarafga qarab ketishardi. 

O'sha orada ustiga qora mato yopilgan bir mah- 

mil -  kajava ham bolib,  bir mahal tong shamoli 

esdi-yu,  kajava pardasini ko'tarib yuborgan edi, 

uning ichida bir pari,  parigina emas,  balki  sharq 

quyoshi  otirgani  ko'rindi.  U  quyoshning  alangasi




shahzoda jismini kuydirdi.  Bundan behol bolgan 

Farrux kajava tomonga boqqan edi, dilini o'rtagan 

parivash boshqa ko'rinmadi: parda uning chehrasi- 

ni to‘sib turardi. Quloglga odamlarning: «Bu Quds 

yeri», -  degan ovozlarigina eshitildi, xolos.

Farrux  cho'chib  uyg‘ondi-yu,  ko‘zidan  uyqusi 

o'chdi.  Borgan sari harorati kuchayib, ko‘nglida- 

gi iztirobi ortar ekan,  biron chora topmasa,  ishq 

zulmidan  o'zining  halok  bolishi  muqarrarligini 

anglab  yetdi.  So‘ng  Quddus  dashti  tomon  safar 

qilishga  bel  boglab,  tong  otgach  otasi  huzuriga 

y o l oldi-da, yer o‘pib, o‘z muddaosini bayon qildi:




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish