Layli ishqin tanimda jo n qil,
Layli shavqin ragimda qon qil.
Dardini najotim et, ilohiy!
Yodini hayotim et, ilohiy!
...Dardimga xayolini tabib et,
Jonimg‘a visolini nasib et.
Jannat sari cheksa samavishtim,
Vasli haramini qil behishtim.
Onsiz meni bir dam etma mavjud,
Budumni qil onsiz o4sa nobud!»
Qays atrofida turgan hojilar bu munojatni eshi-
tib, lol bo*lib qoldilar. Yuzlab kishilar g‘amgin hol-
da «omin» deb yubordilar. Bechora otasi hushini
yo'qotgan, barcha yaqinlari hayron bolib turardi-
lar. Bu nola-yu ko‘z yoshlarining guvohi bolganlar
uning ishidan qollarini yuvdilar - bu ishqdan hech
qanday kuch Qaysni judo qila olmasligini anglab
yetdilar. U esa bu dardli nolasini tugatgach, yana
hushidan ketib yiqildi. Qarindoshlari-yu do'stlari
uni ko'tarib, manzillariga ravona boldilar.
Haj tavofiga borib qaytgan odamlar o‘z vatanlari-
gayol olgach, Majnunning otasi o'glidan butunlay
umidini uzib, har qanday davoning foydasizligi-
ga ishonch hosil qilib, ko‘z yoshi jahonni tutdi,
barcha qarindosh-uruglari ham qayg‘u-alam
girdobida qoldilar. Devona Qays ham tezlik bilan
tog'-u biyobonlardan o‘tib, har kuni va har tunda
yana o‘zi ardoqlaydigan tarafga qarab y o l oldi.
Uning yurishida ham, turishida ham qaror-u ix-
tiyori yo‘q edi. «Layli»dan boshqa so'zni aytishni
ham istamas, tilidan ham, fikridan ham shu so‘z
joy olgandi. Qaysi tomonga nazar tashlasa, Layli
chehrasi jilvalanar, yuzi, qaddi, qiyofasi uning
xayolidan aslo ketmas, ularni sarv ustidagi gul
deb tasawur qilib, ham sarv oldida bosh qotyar,
ham gul qoshida ko‘z yoshlarini tolcardi.
Layli g‘ami haqida tafakkur qilar ekan, har biri
dur misoli yuzlab bayt-u g'azallar ijod qilar, ular
ning barcha qofiyalari dildorining sifati, barcha
radifi uning otiga bagishlanardi. Ularni eshitgan
odamlarning zavqlari oshib, tezdayodlab olishardi.
Bu baytlarda alangali ma’no, har so'zida shavq
harfi yashirilgan, har harfida ishq siri pinhon
edi. Hushi borligida duri gavhardek baytlar bitish
bilan band bolsa, hushsizlik choglarida og‘zidan
turli behuda so'zlar chiqar, odamlaming so‘zlarini
anglamas, o‘z so'zini ham tushunmasdi. Tog‘ ichi
da vahshiy hayvonlardek kezib yurar, bolalardek
yiglab faiyod qilar, ota-onasi-yu do‘stlarini ham
eslamas, hatto yeyish-ichishni ham unutgan edi.
Atrofini kiyiklar о‘rab olar, bu esa xuddi cho‘pon-
dek ko‘rinar, goh birining peshonasidan о‘par,
goh boshqasining orqasini silardi. Atrofida bo‘ri-
lar posbon itidek, yo‘q-yo‘q, cho'pon itidek kezib
yurishardi.
Bir kuni bu dashtga arablar diyorining obroli
sardorlaridan biri, jang qilish, o‘q otishda tanilgan
bahodir Nafvalning yoli tushib qoldi. U har xil qa-
bilalardan tanlangan do‘st-yorlari bilan sahroda
ov qilib yurardi. Bu payt Majnun ovchilar davrasi
ichida qolgan bolib, atrofi kiyiklar bilan tola edi.
Nafval odamlarini ko‘rgan barcha hayvonlar har
tarafdan Majnun atrofiga yugurib kela boshlash-
di. Barchasi unga yolvorishar, najot istab unga
sig'ingandek boqishardi.
Bu hayratomuz holatni ko'rgan Nafval odam-
laridan: «Bu ajoyib ishlar ko'nglimga qo'rqinch
solyapti. Sizlar ham ko'ryapsizlarmi yoki yo'qmi,
yo faqat mening ko'zimga ko'rinyaptimi?» - deb
so'radi. Ovchilardan ba’zisi Majnun haqidagi
voqealardan xabardor edi. Ular Nafvalga o'zlari
bilgan-eshitganlarini so'zlab berdilar. Nafval ham
ishq ko'rgan, g‘am dashtida yugurgan odamlar-
dan edi. Majnun haqidagi hikoyalarini eshitib zor
yigladi-yu, ov qilishni ham to'xtatdi. «Ishq qanday
kimyo, qandayin porloq nurki, har bir kishini
g'amnok qiladi-yu, qalbini g‘amdan poklaydi. Qa-
rangki, elga rom bolmaydigan vahshiy hayvon-
lar sahroda usiz orom topisholmayaptilar, ishq
uning vujudini shunday poklabdiki, odamiylikni
ham unutibdi. Shuning uchun vahshiy hayvonlar
undan qo'rqishmayapti, chunki bunday insonda
vahshat ham qolmaydi», - dedi u. Keyin hay-
vonlarga jafo qilishni to‘xtatdi-da, odamlariga:
«
0
‘q-u yoylarni tashlab, itlaringizni mahkam qilib
boglanglar», - deb buyurdi-da, hayvonlar to'pla-
nayotgan tomonga y o l oldi.
Majnun uning chehrasini ko'rib, kelishidan
xursand boldi. Yowoyi va xonaki hayvonlar Nafval-
dan cho‘chib qochishgan bolsa ham, Majnun
uni kutib turdi. Yetib kelgan Nafval unga salom
qildi, Majnun ham unga ehtirom ko'rsatdi. So‘ng:
«Ey qutlug' chehrali zot, yuzingda poklik quyoshi
namoyon, ruxsoringda safo nuri porlayapti. Yuzlab
maqsadingga erishganing ayon. Ammo sening bir
ishing menga g'alati ko'rindi. Bilimsiz odamlardek
o‘q otib, hayvonlar go'shti bilan o'zingni toydirmoq-
chisan. Bu xil ovqatga muhtojliging yo‘g‘-u, nega
talnng ularga ozor yetkazishni istayapti? Nafsingni
xursand qilish uchun odamlarni to^lab, ko‘ngling
qon toldshni tilayapti. Shunday zulm qilib top-
ganing ovqat boladimi, senga bu ish munosibmi?
Agar tikan oyoglngga nish ursa, ko'ngling oyoglng
uchun alam chekadi.
0
‘q otib, jonivorlami oldirish
senga martaba beradimi? Bularga jonni, hayotni
Xudo bergan-ku! Bu bechoralaming jonidan kech,
gunohsiz guruhning qonidan kechgin!»
Nafval bu oqilona so'zlarni eshitgach, yer o'pib,
uning oldiga bosh qo У di-da: «Ey farishtasifat yigit,
sening fazilatlaring oddiy odamlamikiga o'xshama-
yapti. So'zingdan ko'zlagan maqsadingni tushun-
dim, barcha aytganlaringni qabul qildim. Qilich-u
o'qni o‘z jonimga ravo ко Yearn ko'raman-u, lekin bu
hayvonlarga zulm qilmayman. Sen o‘z so'zlaringni
aytding, endi mening ham savollarim bor». Majnun:
«Ey muborak chehrali zot, gapiraver!» - deya javob
qildi. Nafval dedi: «Bu bechoralarga azob berma», -
deb to‘g‘ri у о Ini ko'rsatding. Xohishingni inobatga
olib, ularga dushmanlik qilishdan voz kechdim.
Sen eldan ayrilib, ular bilan do'stlik qilyapsan.
Odamlar bilan ulfatchiliging yo‘q, axir bu xil ya-
shash ham odatimizga zid emasmi? Inson - bilim
chirog'i, undan cho'chib, hayvonlar orasidan orom
topish menga sababsiz bolib ko'rinyapti, bu ishing
boisini tushuna olmayapman. Eshitishimcha, bir
gul yuzli go'zal sening yuragingga tashvish solib-
di. Bu gaplar to‘g‘ri bolsa, ulardan voz kechib, bir
necha kun men bila birga kezgil. Bu yerda zor-u
mubtalo bolib, g‘am tuzoglda iztirob chekyapsan.
Men imkoni boricha sevganing bilan nikohingni
uyushtirishga harakat qilay. Agar ishimiz pul-u,
mollar bilan hal bolmasa, urush qilib ham muro-
dmgga yetkaza olmasam, boshqa choralami ham
ko‘raman. Bu bilan ham yoring visoliga yetkaza
olmasam, boshqa tadbirga qol uramiz: seni o'zimga
farzand qilaman. Lekin vahshiy va uy hayvonlari
bilan yashashdan voz kechgil, chunki odam bilan
hayvon yaqin bololmaydi, odamning hamjinsi ham
odam bolishi kerak. Agar muroding yor visoliga
yetishish bolsa, bu ishda g'ayratli bolishing kerak».
Majnun vasl so'zini eshitishi bilan xursandligi
awalgidan ham oshib, shodlik uni behol qilib
qotydi, bu esa nutqini lol ayladi. Ancha harakat
qilib so‘z ochdi-da, ko'zida suv, og'zida tabassum
bilan dedi: «Menga aytgan gaplaringning har
biriga javobim bor edi. Lekin visol haqida so‘z
ochganingdan so‘ng ularning barchasidan voz
kechdim. Agar bergan va’dalaringni bajo qilsang
yoki ularni bajarishning iloji bolmay qolsa ham,
yuzim oting tuyogl, boshim esa uning oyog‘i ostida
bolsin», - dedi.
Ikkala tomon o‘rtasida mehribonlik paydo
bolgach, bir-birlari bilan qizgln ko'rishdilar. Maj-
nunni vasl va’dasi bilan suyuntirgan Nafval uni
uyiga olib ketdi.
Ikkala do'st Nafval uyiga yetib kelishgach, uy so-
hibi bir nechta so'zga chechan, har qanday mush-
kilni hal eta oladigan donishmand olim kishilami
chaqirtirib, ularga Qays va Layli o‘rtasidagi muno-
sabatlar haqida batafsil so'zlab berdi-da, Layli ota
si nomiga xat yozdirib, qizning qabilasiga j о‘natdi.
Unda shunday so‘zlar bitilgan edi:
«Ey baxt-u tole’yi porloq hukmdor! Arablar
orasida tengi yo‘q Qays haqidagi hikoyatlardan
xabardordirsan. Qizing Laylini sevib qolgan bu
yigitning ishqi pok bolib, unga nihoyatda orzu-
manddir. Odobi-yu hayosi ahvolini izhor qilishga
y o l bermaydi. Muhabbat dardida qabilasi-yu
yaqinlarini unutib, ishq o'tida kuyib dashtda
yurgan emish. Hushi parishon bolgan bu oshiqni
«Majnun» deb atashibdi, u sening qabilangdagi
maktabda o‘qib, olamda bor bolgan barcha ilmlar-
ni o‘rganibdi. Sen ham bu ishlardan xabardor
ekansan, uni maqtab gapirib yurar ekansan. Qays
bu ishqqa mubtalo bolganida, uning otasi qanday
fikrlarga borgan ekan? U senga farzand bolmasa
Ham, farzanding darajasida edi. Sen bu ishlami
hal qilishdan o‘zingni chetga olib, holatni yaxshi
tushunib yetmay, uni g'amga qo“yibsan, shu tufay
li u goh dashtda, goh tog‘da kezib yuribdi. Muruv-
vat, odamgarchilik, oliyjanoblik shunday boladi
mi? Mayli, o'tgan ishlardan shikoyat qilib, ulami
orqaga qaytarishning iloji yo‘q. Men uni dashtda
ко‘rib, uyimga olib keldim. Uni o'zimga farzand
qilib oldim. U o‘z hushida, oqil va dono bir inson.
Endi shunday ish qilsak: ikkalamiz ularning
nikohini uyushtirsak. Barcha rasm-rusumlarni
o'rniga qoyib ularning toyiarini o'tkazsak. Toj
ustidagi dur yoniga la l qo'yilsa, yanada go‘zalroq
ko‘rinadi. Agar bu ishlardan bo "yin tovlasang,
ko'nglim qolishidan vahm qilgin!»
Bu xatga ko'pgina sovg‘a-salomlar qo'shib, Layli
qabilasi tomon yolladi. Laylining otasi xat olib kel-
gan kishilami hurmat bilan kutib oldi. Mehmonlar
o'zlari olib kelgan maktubni uning qoliga topshirish-
gach, uni o‘qib chiqqan mezbonga Nafvalning so'zlari
qattiq botib, bir tolg‘anib oldi-da:
«Gap bunday: Layli boshqa bir kishining habibi
boladi, taqdir uni o‘zga birovga nasib etdi. Bunday
bolmaganda ham Nafval so‘ziga itoat etishga zaru-
riyatim yo‘q. U o‘z maktubida ham umid bildiribdi,
ham qo‘rqitibdi. Umidi meni xursand qilgan bolsa,
qoYqitishidan koYiglim ranjidi. Talabgorlari son-sa-
noqsiz bolgan Layli hozir birovga atalgandir. Bu
javobim Nafvalga ma’qul tushmasa, yaxshiligiga
ham, yomonligiga ham tayyormiz. Uning o‘ch oli-
shidan qo'rqadigan joyimiz yo‘q. Urush ochsa, biz
qasd olamiz, qasd qilsa, biz urush qilamiz», - dedi.
So‘zini tugatdi-da, barcha mehmonlarga javob ber
di. Mehmonlar xijolat bolib, o'rnilaridan turdilar
va Nafvalga Layli otasining javobini yetkazdilar.
Nafval bu xabardan g'amga cho‘mib, o‘zi va’da
qilgan ishni bajarishga kirishdi. Har bir qabiladan
sipohlar to'plab, urushni boshladi. Majnunni
yoniga olib, kiyimiga xushbo'y moddalar sepib,
boshiga salla o'ratib, ot ustiga o‘tqazdi. U bolsa
nima qilishni bilmay, goh nola qilib, goh oh chek
ib, oti qayerga y o l olsa ham indamay, bir yerda
turib qolgan chog‘da esa yurglzishga e’tibor ham
bermasdi. Sipohlar jangga hozir bolgach, Layli
qabilasi tomon y ol olishdi.
U qabila a’zolari ham yov kelayotganidan ogoh
bolishgach, o‘z jasoratlarini isbotlash uchun har
tomondan sipoh yiglb, bellarini mahkam boglash-
di-da, jangga tayyorlanishdi.
Nafval lashkari ham saf chekib, mast tuyalardek
oglzlaridan tupik sochishib turishardi. Shu tarz
da g'azabli ikki qo'shin qon toldshga bel boglab,
bir-birlari bilan to'qnashdilar. Bahorda kuchli
yomglr yog'ganidek, maydonga yoy o'qlari yogllar-
di. Otkir qilichlar ustara kabi el halokini is tab,
ustaradek tezlik bilan soch o‘rniga boshlarni ke-
sardi. Yoy o'qlari qushlardek havoga uchib, qanot-
lari ochilar ekan, dushman askarlarining hayoti
о‘char, nayzalar uchar jrulduzlardek otilib borib,
yov kolcragiga o'rnatilgan sovutlarni igna ipak
matoga sanchilgani kabi oson teshib о‘tar, xan-
jarlar qon tolcaverganidan qip-qizil tilga o'xshab,
odamlar bag'rini til bilan yaralagandek tilka-pora
qilardi. Gurzilar el boshini yanchuvchilik vazifasini
bajarardi. Qattiq jang oqshomgacha davom etdi.
Nafval lashkarining soni raqiblaridan ko‘proq
bolib, mardlik bilan jang qildilar. Dushmanlar bu
holatni ко'rib, qo‘rquvga tushdilar-da, himoyaga
kuch berdilar. Kun kech bolgan esa-da, biron
tomon maglub bolmadi. Nafval jang natijasidan
xursand bolib, sipohni dam olishga buyurdi.
Tunda Nafval ertaga davom etadigan jangda
g‘alaba qozonish rejasini tuzar ekan, bu chog‘
raqib tomon maglub bolishdan qo'rquvda edi.
Laylining otasi o‘z lashkarining yaxshi urusha
olmayotganini ко‘rib, nima qilish haqida о
Do'stlaringiz bilan baham: |