Xamsa alisher Navoiy xamsa


«Ul qilsa  0 ‘g ‘ullug‘um havosi



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

«Ul qilsa 

0

‘g ‘ullug‘um havosi,

B o ‘lg‘aymen-u men dog 4 otosi.

Durrum anga zebi torak o ‘lg‘ay,

Inshoalloh muborak o ‘lg‘ay.

Lekin anga sabr ham kerakdur,

Kim shoxi gulum shikastarakdur.

Ham navras erur bu naxli ummid,

Ya’niki,  hilol erur bu xurshid.

Ham tab’ida qolmasun maloli,

Ham sarvg'a yetsun e ’tidoli.

Andin s o ‘ng bu xujasta farzand 

Ne komki b o ‘lmish orzumand,

Kelsun dog4 jomi vasl etib no‘sh,

Sarv o clsun-u gul bila hamog‘usYv>, -


deb javob qildi.  Barcha mehmonlar shodlanishib 

uylariga ravona boldilar.

Bu  dam  Layli  uyda  betob  yotar  ekan,  ahvoli 

kundan  kun  zaiflashib  borar,  lekin  yuragidagi 

ishq o'tini hech kimga oshkor etmay, bog'ga sayr 

qilgani  borganida  charchab  qolganidan  behol 

bolgani, isitmaga chalinganini o‘z dardiga sabab 

qilib  ko‘rsatardi.  Ko'pchilik qarindosh-u  do'stlar 

bu  so'zlarga  ishonardi.  Lekin  ba’zilar  uning  be- 

morligi boshqa bir yashirin balo ekanini bilishib, 

g‘am chekishardi. Qizning zaifligi boisidan yaxshi 

xabardor  bolgan  doya va  ba’zi  dugonalari  Layli 

Ibni Salom haqidagi gaplami eshitib qolsa, ahvoli 

yanadayomonlashishi mumkinligidan xavotirlani- 

shardi.  Shuning  uchun  to y  haqidagi  gaplarni 

undan yashirishar, unga bildirmaslikka harakat 

qilishardi.

Bir kuni bir necha qarindosh ayollar uni koVish 

uchun kelib, dardini yanada oglrlashtirib ketdilar: 

mehmonlardan  biri,  qari,  hushi  kirdi-chiqdi  bir 

kampir qizni xursand qilish maqsadida bolib otgan 

so'zlami aytib yubordi: «Ey gul yuzli qizim, aslo g‘am 

yema, erta-indin sihhat topganingda baxting ochilib, 

barcha  murodlaring  hosil  boladi,  sening  yoring 

boluvchi yigit senga juda munosib.  Dugonalaring 

hamma yoqda  sening baxtingni  orzu  qilib  gapirib 

yurishibdi», -  deb Laylini quvontirishga intildi.  Bu 

so'zlami eshitgan bechora qiz ko'ngli buzilib, ahvoli 

yomonlashdi-da, hushidan ketib yiqildi.

Bir qancha vaqt behush bolib yotgan Layli o‘zi- 

ga keldi-yu, kampirdan eshitgan gaplami xotirla- 

di;  ahvoli yanada  ogirlashib,  o'zini  olar  holatga 

yetishgandek sezdi.  Shundan keyin doyasiga yu-



zlanib unga yolbordi: «Sendan yashiradigan gapim 

yo‘q. Bir so‘zni eshitib, yuragim yonyapti. Bu so‘z 

ma’nosi  senga  ham  malum,  faqat  sen  ham  bu 

gaplami  mendan yashiryapsan.  Sen  bu  ishlami 

to'xtatishga qodir emasligingni bilaman, shuning 

uchun  sendan  xafa  emasman.  Faqat  bir  iltimo- 

sim  bor:  bir dam  eshik oldida bolib,  huzurimga 

hech  kimni  kiritmay  tursang.  Ko‘nglim  bezovta, 

gap-so‘zlarga toqatim yo‘q. Odamlar bir zamon o‘z 

holimga qo‘yishsa». Doya qolini ko‘ziga qoydi-da, 

tashqariga  chiqib  eshikni bekitdi  va  odamlarga: 

«Bu  uydan  nariroq  turinglar,  Layli  uxlayapti»,  -  

deb elon qildi.

Layli uyni xoli ko'rgach, yoqasini yirtib, kolcsiga 

urib, timogi bilan badanini yulib, ko'zlaridan qonli 

yosh to lab, oh-faryod cheka boshladi.

«Ey  zolim  falak,  nega  menga  bunchalar  ozor 

beryapsan?  Mening  niholim  shoxlarini  sindirib, 

tuproq bilan  teng qilding,  buning ustiga jafo  te- 

shasi bilan uni pora-pora qilishing nimasi? Endi 

bu nihol parchalarini balo o'txonasiga solishdan 

maqsading nima? Men bir yosh nihol bolib, shox- 

larimda tikan-u, atrofimda xas-xashaklar yo‘q edi. 

Shodiyona shoxlarim gul ochib, har tong boshim 

ustida  gul  sochilardi;  barglarimga  ofat  kuzi  ya- 

qinlashmasdi.  Kimning  ko'ksiga  tikan  qadab, 

takabburlik  qildimki,  niholimni  ishq  shamoliga 

yoliqtirding va sovuq yel bilan uni sindirding. Ishq 

uni hammaning oldida parchalagach, hijron qoli- 

' ga topshirding-da,  boshdan oyoglgacha yaralab, 

bolaklarini ham pora-pora qilding. Bu bilan ham 

cheklanmay,  ularni  g‘am  do'zaxiga  tashlading. 

Jonimga  bu  o‘tdan  yetayotgan  uchqunlar  ofat 

chaqmogldir.  Ofat  o‘tidan  menga  bir  uchqun




tushsa, kul bolishdan boshqa choram qolmaydi. 

Bu uchqun jahonga ham tushib yondirib yubora- 

di-yu, tutuni osmoni falakkacha borib yetadi. U ot 

ichida bu zaif g‘amzada xashak, chumoli kabi ojiz 

jismimga do'zax kelib tushsa, ey voh, holi qanday 

bolar ekan? Kimdan qasd olish uchun bu xil yurish 

qilib, ming chaqmoq bilan qasos olmoqdasan?

Men bu tarzda yuz azob-u mashaqqat asiriman, 

bechora zor-u zaifim, ya’ni mening asirim bolgan 

yorimning ahvoli nechuk ekan?

Menga bolgan muhabbati shavqi tufayli oh tort- 

ganida, bu oh uning somondek ojiz jismini uchirib 

ketarmikan?  Sochim  g'amida  azob  cheksa,  har 

lahzada  qanchalar jununi,  devonaligi  kuchayib 

ketarkin?  Qaddim  uchun  nola  qilganida,  fig'oni 

qanchalar  yuksaklikka  ko'tarilar  ekan?  Faryod 

urib yuzimni  ko'rishga intilganida,  ko‘z yoshlari 

qanchagullami sochib tashlar ekan?... Lablarimni 

soglnib ko'zidan  suv oqizganida,  suvdek o'zidan 

ketib  qolarmikan?  Qoshim  egikligidan  voy  tort- 

ganida  qaddi yoy  kabi  egilarmikan?  Kipriklarim 

haqida 


o“y

 surar ekan, yuzlab tikanlar ichida qol- 

gan ko'ngli ne holga tusharkin? Ko'zlarim haqida 

oyiaganida,  oq  bilan  qorani  ajrata  olmay  qolar­

mikan?  Qirg'ovul kabi yurishlarimni eslaganida, 

mening tuzoqlarimga asir bolarmikan?




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish