Xamsa alisher Navoiy xamsa


Shame-yu ne sham,  chashmayi nur



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Shame-yu ne sham,  chashmayi nur,

Nureki yamon ko‘z  olidin dur.

Naxle-yu ne naxl,  sarvi ozod,

Sarve-yu,  ne sarv rashki shamshod.

Oye-yu ne oy,  badri tole’,

Badre-yu ne badr,  rnehri lome’.

Shahd ikki labi,  vale ratabno‘sh,

Badr ikki yuzi,  vale qasabpo‘sh.

Zulfi tunida uzori xurshed.

Xurshed uza zulfi shomi ummed...

...Yo‘q ikki sochi tunig'a g'oyat,

Ya’ni iki layli benihoyat.

Andin bo‘lub oti jilva oroy,

Andoqki barot-u qadr aro oy.

Kimniki b o ‘lub demakka mayli,

Malfuz оЧтау bag'ayri Layli.

Otasi bu go‘zal va dono qizi uchun bir uyni ya- 

satib, unga maktab qilib bergan, hali aytib otgani- 

miz donishmand ustoz unga talim berar, go*yoki 

farishtadan hur ilm kasb etardi. Ushbu maktabda 

qabilaning ko'pgina bolalari ham talim olishardi. 

Osmonni  yulduzlar  toldirganidek,  maktab  ham 

bolalar bilan tola bolib, Layli shu yulduzlar orasi- 

dagi oyga o'xshardi.

O'glini o'qitish orzusida bolgan Qaysning ota­

si  ham  o‘z  qabilasida  maktab  va  ustod  bolma-



gani  tufayli  farzandini ushbu ustozga  topshirdi. 

Qays  g‘ayrat  bilan  talim  olishga  kirishib  ketdi. 

U muallimning barcha topshiriqlarini tola-tolds 

bajo etar, hatto, ba’zi darslami awaldan o'rganib 

olib, do'stlarini hayratda qoldirardi. Ba’zi kunlarda 

besh-o‘n  dars  topshiriqlarini  o'zlashtirib  olardi. 

Shu zaylda g'ayrat bilan o‘qib,  barcha bilimlarda 

yagona bolib oldi.

Qays  maktabga  qatnashni  boshlagan  vaqtda, 

Layli  bir  dardga  chalinib,  isitmadan  azoblanib 

kasal yotgani uchun talim olishga kelolmayotgan 

edi.  Mizoji issiq bolgan Layli asal bilan xurmoni 

yaxshi  ko'rardi.  Buning  ustiga  sahroning  issiq 

havosi ham qo'shilib, uning isitmalashiga sabab 

bolgandi.  Qizni isitma chog'ida titrash ham qat­

tiq bezovta qilardi. Tabiblaming muolajalari ham 

foyda  bermayotgandi.  Ancha  vaqt  o‘tgach,  tabi- 

atning o‘zi madadkor boldi-yu, qizning jismidagi 

dard asta chekina boshladi. Tabiblaming dorulari 

oxiri foyda berib, yuzlari,  lablariga qizil yugurdi, 

parhezlardan  ham  qutulib,  quwati  o‘ziga  keldi. 

Tamomila  sog'aygach,  bir  kuni  dugonalarini  er- 

gashtirib, maktabi tomon y o l oldi.

Olam bezakchisi unga pardoz berib, jahon chiroyi 

bolgan bu husn zebiga yana zeb qo'shdi. Zulfi bilan 

yuzi  «had»  so‘zini  yozgandagi  «dol»  harfiga,  «fam» 

so‘zining nuqtasi esa og'zi ustidagi xolga 

0

‘xshardi. 

Otdan gulistortga gul ochib, u gul bilan jahonga ot 

solgan  edi.  Farqi  oldidagi zulfi  anbarga o'xshagan 

qop-qora bolib, gulrang otiga anbar misol qora tu- 

tun sochib turardi. Yuzi ustidagi naqshli tillaqosh 

bu ot bilan tutunning uchqunlari bolib kotinardi. 

Peshonasi  ham  ot  misoli  bolib,  olovrang  labi  bu




owning cho'g'i edi. Hindularga o'xshash qop-qoraxoli 

labining oti ichiga suv yashirgan  bolib,  bu hayot 

suvi edi. Bu lab otidan jahon kuygudek, yo‘q-yo‘q 

jahongina emas, jon kuygudek ko'rinardi. Otli ikki 

ko‘zi surmalangan bolib,  o‘sha otlarga bu surma- 

dan tutun taralib turar, bu otlar orasida yuzi g‘arq 

bolib, jahonni o'rtaydigan chaqmoq misoli edi.  Bu 

yuz oddiy chaqmoq emas, balki ofat chaqmogl yoki 

latofat yashini edi.

Yuzi  atrofidagi ikki gavhar go У о  oy bilan yul- 

duzdek  yarqirab  turar,  sochi  ustidagi  ro'moli 

noyob iplardan to'qilgan bolib, xuddi visol shomi- 

dagi oydinning o‘zi edi.  Husnda oyogldan boshi- 

gacha go'zal bolib, boshdan oyoglgacha mahbub, 

suyukli edi. Shunday jamoli bilan jahonga, sakkiz 

osmonga  g‘avg‘o  solib,  bir  nechta  teng  qomatli, 

gul yuzli, argtivon yanoqli kanizlari oldiga tushib 

maktabga yetib keldi. Hamdarslarini ко‘rib ko'ngli- 

ni shodlantirish, uni ко‘rib xursand bolgan ustoz 

bolalami ozod qilib yuborsa, qizlar bilan gulshanga 

borib oynab kulish uning muddaosi edi. Maktabga 

kirib kelgan go‘zal Laylini hurmat bilan kutib olgan 

do‘stlari nihoyatda shodlanishdi. Lekin bu hayot- 

baxsh bahor bir niholni xazon qildi. Yo‘q, yo‘q, u 

niholga  boshdan  oyoq  o‘t  tutashdi-улд,  u  o'tga, 

alangaga  aylandi.  Ya’ni  qizning  husni jamolini 

ko'rgan Qaysning chehrasi kahrabodek sarg'ayib 

jismi zaiflashdi-jna, hushidan ketish, yiqilish da- 

rajasiga yetdi.  U yerga qulab tushmaslik uchun 

o‘zini  zo‘rg‘a  tutib  turardi.  Sohibjamol  go'zal  qiz 

ham bu mahzun yigitni ko'rgach, uning kim ekan- 

ligini  fahmladi-yu, joniga  ishq o4i  tushib,  nima 

qilishini bilmay qoldi,  so'ng o‘zini qolga oldi-da,



ikkovlarining  sirlari  oshkor  bolmasligi  uchun: 

«Yuringlar, bog‘ga boramiz», -  dedi-yu tez-tez yu­

rib  ketdi.  Bolalar  uning  bu  so'zlaridarr xursand 

bolib, unga ergashishdi.  Layli: «Kim maktab ahli 

bolsa,  bir  kungina  dashtni  tark  aylab,  bog'da 

gullar bilan gasht qilsin», -  deb taklif qilgan edi, 

maktabdoshlar quvonchi ustiga quvonch qo‘shildi. 

Bolgan voqealami ко‘rib turgan Qays ham ularga 

sheriklik qilishni lozim ko‘rib, bog‘ tomon y o l oldi.

Go‘zal gulshanga yetib kelgan bolalar quvonishib 

rang-barang  gullardan,  maysa-yu  rayhonlardan 

bahra olishib,  bir-birlari  bilan  quvalashib  shodla- 

nishardi.  Olam xuddi toti bolishni orzu etgandek

butun yer yuzini yashil rangga boyagan, sariq gullar 

ustidagi tonggi yomglr misli oltin laganlar ustidagi 

durlardek yaltirar, mevali daraxtlami bezagan oppoq 

gullar kumush tangalar ichiga ko‘milgandek koVinishar- 

di.  Dashtdagi lolaqizg‘aldoqlaming barglari toldlar 

ekan, ular shamol esgan payt xuddi uchib yurgan 

bag'ri  qora qushlardek parvoz  etar,  nargis-u  nas- 

rin,  binafsha-yu  g\inchalar  bog'ga  ajib  bir go‘zal- 

lik  bagishlagandi.  Gulshanni  kezib,  turli  oyinlar 

bilan band bolgan bolalaming quvonchlari behad 

bolib, sho'x ovozlariyangrashdan to‘xtamasdi. Ular 

g'unchalar  orasida zavqlanishar ekan,  Qays  bilan 

Laylining g4inchadek yuraklari bezovta edi. Qalbini 

ishq oti band etgan go'zal qizning xayoli parishon 

bolsa, Qays aql-u hushidan ayrilgandek behol bolib, 

o‘rtoqlarining bergan savollarini tushunmas, anglab 

yetgan chog‘da esa nima deb javob berishga ojizlik 

qilardi. 

0

‘z ishqini yashirish uchun intilar ekan, goh 



ko‘zidan tinmay yosh oqizar, goh beixtiyor oh tortar, 

sevgilisiga boqishni istar ekan, dilidagi o“t kuchliroq




alangalanar,  boqishga  quwati,  boqmaslikka  esa 

toqati yo‘q edi.  Ba’zida ko‘z qiri bilan boqib  qolsa, 

jonidan otli oh chiqardi.

Layli ham gohida Qays yuziga nazora qilar ekan, 

uning yuragiga tushgan o‘tdan ogoh bolib, jisrni- 

dan  o'rin  olgan  iztiroblarini  anglab  ye tar  ekan, 

o‘z  qalbidagi  ishq  olovidan  o'rtanar,  bolalarga 

sezdirmay,  bir fursat topib, yigit ahvolini so'rab, 

unga iltifot qilishni, ayni vaqtda o‘z ko'nglidagi ishq 

dardini izhor etishni juda-juda istardi.

Bolalar oyin-kulgi, gullami tomosha qilish bilan 

band ekan, Layli sayr qilib yurib, bir gul chamani 

oldidan chiqib qoldi.

U chamanzorning toVt tomoni gul butalari bilan 

to'silgan bolib, ichkaridagi odam ko'rinmasdi. Go‘zal 

qiz o‘sha butalar orasiga kirib qolgan edi, bir bulbuli 

zoming tikanlar orasida mahzun otirganini, o‘z ah- 

voliga zor yiglatayotganini, yoriga yetisha olmasligi 

haqida afsus-nadomat chekayotganini koVdi. Layli 

xijolat cheksa ham, Qaysga murojaat etdi:




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish