Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


tarbiya muhim ekanligini hisobga olib ish ko’rish zaruriyati paydo bo’ldi



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

tarbiya muhim ekanligini hisobga olib ish ko’rish zaruriyati paydo bo’ldi. 
Pedagogika  fani  uchun  ham,  amaliyoti  uchun  ham  tarbiyalanuvchi  shaxsi  bosh 
qadriyatga,  uni  imkon  boricha  barkamol  inson  qilib  shakllantirish  bosh  maqsadga 
aylangach,  maktab,  akademik  litsey,  kasb-hunar  kolleji,  oliy  o’quv  yurti  muallimlari  va 
o’qituvchilari,  barcha  didaktik  vositalar  va  o’quv-tarbiya  anjomlari  tarbiyalanuvchilar 
o’quvchi-talabalar  uchun  ekanligini  anglab  etilgach,  pedagogika  ilmi  beradigan 
xulosalarning  xarakteri  ham  tubdan  o’zgarishi,  avvalgilardan  tamomila  boshqacha 
bo’lishi tabiiy hisoblanadi. 
Pedagogika  ilmi  va  amaliyotidagi  mavjud  tajriba  hamda  an’analardagi  asosiy 
yangilik  uning  demokratik  printsiplarga  asoslanganligida,  yoki  insonparvarlashganida 
ekan, pedagogika ilmi ta’lim-tarbiya jarayoniga ham ayni shu jihatdan yondashuvi va shu  
nuqtai  nazardan  xulosalar  chiqarishi  ayondir.  Bu  holat  pedagogika  ilmi  vakillarining 
istaklari  natijasi  bo’lmay,  balki  milliy  tarbiyashunoslik  fani  taraqqiyotining  qonuniy 
talabidir.  O’zgargan  jamiyat  talablariga  mos  barkamol  insonni  shakllantirishi  lozim 
bo’lgan  pedagogika  kechagi  xulosalar bilan bugun  muvaffaqiyat qozona  olmasligi ayon 
Bugun tarkib topayotgan pedagogik qarashlar va fikrlar tizimida davrning ilg’or belgilari 
qanchalik  to’liq  aks  etsa,  bu  qarashlar  va  fikrlar  bergan  tavsiyalarning  ahamiyati 
shunchalik salmoqli bo’ladi. 
Pedagogika  fani  bugungi  kunda  ma’lum  bir  yuksalish  bosqichiga  ko’tarilmoqda. 
Buning  albatta,  ob’ektiv  sabablari  mavjud.  Tarbiya  maqsadining  har  bir  davrda  turlicha 
bo’lishi  ijtimoiy  tuzum,  mafkuraviy  qarashlarning  o’zgarishi  bilan  bog’liq.  Ijtimoiy-
iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  rivojlanish  davomida  tarbiya  maqsadiga  erishish  jarayoniga 
nisbatan  pedagogik  yondashuvlar  ham  turlicha  bo’lgan.  Demak,  ta’lim-tarbiyaning 
maqsadi,  uni  amalga  oshirish  jarayoni  nazariy  va  amaliy  jihatdan  takomillashib  borishi 
bilan  pedagogika  fani  zamonaviy  tus  ola  boshlaydi.  Bizning  milliy  pedagogikamiz 
bugungi kunda aynan shunday holatni boshidan kechirmoqda. 
Milliy mustaqillik qo’lga kiritilishi bilan biz o’z ta’limiy-tarbiyaviy maqsadilarimiz 
va  vazifalarimiz,  uni  amalga  oshirish  dasturlarimizni  belgilab  oldik.  Preziden-timizning 
ma’naviy-mafkuraviy,  barkamol  avlodni  voyaga  etkazish  borasidagi  bir  qator  asarlarida 
ushbu  yo’nalishdagi  davlat  siyosati    ustuvor  masala  ekanligi  bir  necha  bor  ta’kidlab 
o’tiladi.  Shuningdek,  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”da  belgilangan:  “Kadrlar 
tayyorlash  jarayonini  ilmiy-tadqiqot  jihatdan  ta’minlash  infrastrukturasi  vujudga 


162 
 
keltiriladi,  ta’limning  axborot  tarmoqlaridan  foydalanish  maqsadida  bilimning  turli 
sohalari bo’ycha axborot bazasi shakllantiriladi”. 
Mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasi sodir bo’ladi. 
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan maqsadli 
innovatsiya loyihalarni shakllantirish va  amalga oshirish yo’li bilan aloqasini ta’minlash 
chora-tadbirlari ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. . 
Zamonaviy  axborot  va  pedagogik  texnologiyalarni  joriy  etish  uchun  eksperimental 
maydonchalar barpo etish orqali ilmiy tadqiqotlar natijalarni o’quv-tarbiya jarayoniga o’z 
vaqtida 
joriy 
etish 
mexanizmini 
ro’yobga 
chiqarishga 
shart-sharoitlar 
yaratilganligihozirgi kunda o’z samarasini bermoqda. 
Demak,  mamlakat  ilm-fanining  xalqaro  ilmiy  hamjihatiga  integratsiyasini 
faollashtirish  kabi  istiqboli  dolzarb  vazifalar  bevosita  pedagogika  fanining  zimmasiga 
tushadi. 
Zero,  pedagogika  fani  yosh  avlodni  yashashga,  hayotga  tayyorlash,  insonlarni 
tug’ilganidan  umrining  oxirigacha  ta’lim-tarbiyasining  nazariy  va  amaliyotini  ishlab 
chiqishda  etakchi  o’rin  tutadi.  O’zbekistonning  o’ziga  xos  taraqqiyot  yo’li  –  ta’lim-
tarbiya va manaviyatning ustuvorligini metodik ta’minlaydi. 
Ming  yillar  mobaynida  jahonda    mashhur  bo’lgan  buyuk  mutafakkirlarimizning 
insonshunoslik  borasidagi  ilmiy  merosi  ma’naviyatning  ustuvorligini  XXI  asrda  yanada 
ilg’or darajaga  ko’taradigan  milliy pedagogika tarkib topadi. Insonshunoslik fanlarining 
o’zaro  hamkorligi,  insonni  bir  butunlikda  o’rganish  metodikasi  yaratiladi.  Pedagogika 
shaxsni  shakllantirish  jarayonini  ilmiy-amaliy  asosini  ishlab  chiqish,  jamiyat  ma’naviy 
madaniyatini  tarkib  toptirish,  tarbiyalash  qonuniyatlarini  tadqiq  etish  bilan 
insonshunoslikda alohida o’rin tutadi. 
Pedagogika  o’z  yo’nalishi,  metodologiyasini  milliy  mafkura,  rivojlangan 
mamlakatlar  ilg’or  tajribasi  asosida  takomillashtirila  boradi,  zamonaviy  pedagogik 
texnologiyalar  vujudga  keladi.  Ta’lim-tarbiya  tizimini  tubdan  isloh  qilish,  jahon 
andozalari  darajasiga  ko’tarish,  barkamol  insonni  shakllantirishning  nazariy  va  amaliy 
asoslarini yaratadi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish