Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


O’zbekiston  respublikasida mustaqillik yillarida yangilangan milliy pedagogika



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

O’zbekiston  respublikasida mustaqillik yillarida yangilangan milliy pedagogika 
fani va pedagogik fikrlarning mazmuni, uning istiqbolli vazifalari va dolzarb 
muammolari 
 
Jamiyat  taraqqiyotida  har  bir  fanning  o’z  o’rni  bo’lganidek,  pedagogika  fanining 
ham  o’ziga  xos  ustuvor  yo’nalishlari  va  istiqbolli  dolzarb  vazifalari  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Zero,  pedagogika  fanining  qandayligi  davr  va  bu  davrda  etakchi  bo’lgan 
ijtimoiy  tafakkurning  taraqqiyot  darajasiga  bog’liq.  Ayni  vaqtda,  davrning  qandayligi 
o’sha  zamondagi  pedagogik  fikrlarning  mazmuni  xarakteri  va  xususiyatlariga  ham 
bog’liqdir.  Negaki,  davr  tabiati  unda  yashayotgan  shaxs  (inson)lar  tabiatiga  monand 
bo’ladi. Shaxsning ijtimoiy xarakteri munosabatlari va fikri esa, asosan, pedagogika fani 
tomonidan shakllantiriladi. 
Garchi  sobiq  sovet  tuzimi  davrida  «marksizm  –  leninizm»  g’oyalari  uzoq  yillar 
mobaynida  ijtimoiy  munosabatlar  va  tuzum  kishilik  tafakkurining  yo’nalishlarini 
belgilaydi  deb  o’rgatib  kelgan  bo’lsa-da,  aslida  ijtimoiy  munosabatlarning  tabiatini 
muayyan  jamiyatning  ijtimoiy  tafakkur  tarzi,  ma’naviy  sifatlari  majmui  belgilaydi. 
Fikrda,  ma’naviyatda  o’zgarish  bo’lmay  turib  tuzumda,  tizimda  o’zgarish  bo’lishi 
mumkin emas. 
Pedagogika  fani  va  amaliyoti  boshlab  ayrim  etuk  kishilarning  tafakkurida  sodir 
bo’lgan yangilanishlarni, ma’naviyatlarida ro’y bergan tozarishlarni ko’pchilikning odob 
axloqi va xulqi faktoriga aylantiradigan, ya’ni jamiyatning aksariyat a’zolarida ezgulik va 
yaxshilik  kabi  axloqiy  sifatlarni  shakllantirishga  da’vat  etilgan  ijtimoiy  faoliyatdir. 
Xalqimiz  ijtimoiy  tafakkuridagi  yangilanishlar  harakat  faktoriga  aylanib  Milliy 
mustaqillik  qo’lga  kiritilishi  bilan  istiqlol  yo’llarimiz,  milliy  g’oya  va  mafkuramiz  aniq 
qilib belgilab olindi. 
Mustaqil  yurtda,  sog’lom  aqlga  muvofiq  yangi  ijtimoiy  tuzumda  yashaydigan 
yoshlarning  ma’naviyatini  shakllantirishday  zalvarli  yumush  borki,  u  bilan  pedagogika 
fani shug’ullanadi. Shuning uchun ham pedagogik fikrni ilgarilab ketgan davr, yangilanib 
borayotgan zamon talablari darajasiga etkazish ehtiyoji tug’ildi. 
Pedagogik qarashlardagi tub o’zgarishlarni, jiddiy yangilanishlarni umumlashtirish, 
ulardagi  o’tkinchi  hamda  turg’un  jihatlarni  tasnif  etish,  yangilangan  pedagogikaning 


161 
 
asosiy  belgilarini  tizim  holiga  keltirish  vazifalari  bajarilishi  ta’minlandi  va  milliy 
pedagogikada  qaror  topgan  sifat.  Yangilanishlarni  amaliyotda  qo’llashning  yo’llarini 
topishga  alohida  e’tibor  qaratildi.  Negaki,  amaliy  jarayonga  tatbiq  qilinmagan  ilmiy 
g’oya foydalanilmagan imkoniyatdir, xolos. Ana shu imkoniyatlardan to’la foydalanish, 
ular  tufayli  ta’lim-tarbiya  jarayoni  samaradorligini  oshirish  yangilangan  pedagogik 
fikrlarning mazmunini va ustivor yo’nalishini tashkil etadi. 
Yangilangan ijtimoiy ong pedagogik tafakkurning sog’lomlashuviga olib keldi. Bu 
hol milliy pedagogika fanining jahon andozalariga muvofiq rivojlanishini taqozo etdi va 
uning  mazmun-mohiyati  tubdan  o’zgardi.  Tarbiyashunoslik  insoniylashdi,  ya’ni  milliy 
pedagogika  fani  va  amaliyoti  markaziga  tarbilanuvchi  shaxsi  –  inson  chiqarildi
Masalaning  bunday  tus  olishi  pedagogika  amaliyotida  tarbiyaning  ustivor  mavqega  ega 
bo’lishini  taqozo  etadi.  Negaki,  yangilangan  pedagogik  fikrlar  uchun  ta’lim  va  tarbiya 
jarayoniga tortilgan shaxs egallagan bilimlar hajmi emas, balki unda qanday ma’naviy  – 
fazilatlar shakllantirilganligi muhim bo’lib qoldi. 
Shu  tariqa  pedagogika  uchun  ilk  bora  bilim  emas,  ma’naviyat,  ta’lim  emas, 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish