maydonchalar barpo etish orqali ilmiy-tadqiqot natijalarini o’quv-tarbiya
jarayoniga joriy etish mexanizmini ishlab chiqish; ilmiy-pedagogik kadrlar
darajasini baholashga zamonaviy yondashuvni ro’yobga chiqarish” bilan bog’liq
belgilangan vazifalari bajarilib, mamlakatimizda ta’lim mazmunida muhim o’zgarishlar
yuz berdi.
Mustaqillik yillarida ta’lim-tarbiya, uning muammolari va echimlariga
bag’ishlangan bir qancha ilmiy-tadqiqot ishlari, monografiya, o’quv adabiyotlar, metodik
qo’llanmalar va maqolalar e’lon qilindi.
Bu ishlarda pedagogik fikrlarning ilmiy-metodologik asosi, metodlari, maqsad va
vazifalari, yangi yo’nalishlari, ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va metodlari hamda shu
159
kabi muammolarga milliy istiqlol g’oyalari va milliy mafkura asosida yangicha
yondashishga harakat qilindi. Zotan, ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz,
moziyda ham eng muhim masala inson, uni barkamol shaxs etib tarbiyalash
bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Eng qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik paydo
bo’lgan ta’limiy-axloqiy asarlarda ta’lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy masalalari
tahlil etilganki, uning asosida barkamol shaxsni ma’naviy-axloqiy shakllantirish
muammosi markaziy muammo bo’lgan. Masalan, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig”
asaridan boshlab, Kaykovusning “Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning “Hiybat-ul
haqqoyiq”, Sa’diyning “Guliston”, Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub”, Abdulla
Avloniyning “Turkiy Guliston yohud axloq” va boshqa didaktik asarlarning har birini bir
pedagogik asarga qiyos qilish mumkin. Biz ana shu asarlarga tayangan holda tadqiqot
ishlarini olib borgan taqdirdagina pedagogik ilmiy-tadqiqotlarning metodologik asoslarini
kuchaytirgan bo’lamiz.
Shuningdek, XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod qilgan ma’rifatparvarlar,
maktab va maorif, ta’lim-tarbiya sohasida ilg’or fikrlar bilan maydonga chiqqanAvaz
o’tar o’g’li, Ishoqxon Ibrat, Ahmad Donish, Mahmudhoja Behbudiy, Abdulqodir
Shakuriy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Hamza
Hakimzoda Niyoziy va boshqalarning ilmiy-pedagogik merosi ham hozirgi mustaqillik
sharoitida ta’lim-tarbiya muammolarini hal etishda muhim manbalardan sanaladi.
Bu borada ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar taraqqiyotida aqliy tarbiya, ya’ni ilmiy
bilimlarni egallash, zehn va zakovatni tarbiyalash, tafakkurni rivojlantirish, xulq-odob
ma’yorlarini tarkib toptirish, jismonan sog’lom insonni shakllantirish, badiy tasavvur,
e’tiqod va qarashlarni tarkib toptirishga doir fikrlar asos bo’lishi bilan birga, hozirgi
davrning eng ilg’or texnologiyalaridan ham foydalanish samarali natijalar berishi
muqarrar. Zero, hozirgi davrda jamiyat taraqqiyotini ta’lim-tarbiya rivojlanishisiz
tasavvur etish qiyin. Shuning uchun ham hozirgi davrda ta’lim ustivor soha sifatida
qaralar ekan, uni ta’lim-tarbiyaga doir fikrlar rivojlanishi va taraqqiyotsiz amalga oshirib
bo’lmaydi.
Mustaqillik yillarida milliy pedagogikamizning nazariyasi va tarixiga oid ilmiy-
tadqiqotlar ham yaratilgan. Pedagogika tarixining ta’lim-tarbiya taraqqiyotida tutgan
o’rni mustaqillikning dastlabki yillaridayoq pedagog olimlar diqqatini tortdi.
Masalan, “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari” (Safo Ochil),
“Pedagogika” (R.Mavlonova va boshqalar), “Pedago-gika tarixidan xrestomatiya”
(O.Hasanboeva), “Pedagogika tarixi” (O.Hasanboeva va boshqalar), “O’zbek
pedagogikasi antologiyasi” (K.Xashimov va boshqalar), “O’zbek pedagogikasi tarixi”
(A.Zunnunov va boshqalar) “Barkamol avlod orzusi” (Sh.Qurbonov va boshqalar) kabi
pedagogikaga doir darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalari zamonaviy pedagogik
kadrlarni kasbiy shakllantiruvchi ta’lim mazmunidir. Shu ma’noda J.Yo’ldoshev va
S.Hasanovning pedagogik texnologiya tarkibiy qismlarini yoritishga oid bir qator o’quv-
uslubiy qo’llanmalari, K.Zaripov tomonidan pedagogik mahorat cho’qqisiga erishish
bosqichlarini ilmiy pedagogik jihatdan asoslanishi, Sh.Qurbonovning shaxs va milliy
modelning uzviyligi, R.Axliddinov tomonidan DTSning ijtimoiy mohiyatini yoritilishi
zamonaviy pedagogika fani va pedagogik fikrlar mazmunida o’z aksini topishi ilmiy-
nazariy va amaliy ahamiyat kasb etdi.
Pedagogikadan adabiyotlar va ilmiy-tadqiqotlar tahlili shuni ko’rsatadiki,
pedagogika nazariyasi va tarixidan muhim muammolarga doir tadqiqot ishlari olib
borildi. Lekin aynan mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarning rivojlanishi, uning shart-
160
sharoitlari hamda istiqboldagi yo’nalishlari mohiyatiga oid ilmiy – tadqiqot ishlari hali
deyarli yaratilmagan.
Shunga ko’ra navbatdagi ilmiy-tadqiqotlarda quyidagi yo’nalishlarni inobatga
olinishi maqsadga muvofiqdir:
- pedagogik fikrlar taraqqiyotning tarixiy ildizlarini tahlil etish va ularni ta’lim-
tarbiya iste’moliga kiritish yo’llari, shakl va metodlarni tadqiq etish;
- rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tajribalari, ilg’or texnologiyalarni
Respublikamizda ta’lim jarayonidagi yangiliklar bilan qiyosiy tahlili;
- hozirgi davr pedagogik fikrlar taraqqiyoti, innovatsion yo’nalishlar va ularning
istiqboli va h.q.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonning mustaqillik taraqqiyoti strategiyasi,
xalqimizning kelakjakda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish
yo’lidagi orzu-umidlarini, milliy istiqlol mafkurasining asl mohiyatini yosh avlod ongi va
qalbiga singdirish jarayoni kechayotgan bir davrda ta’lim-tarbiyaga doir nazariy va
amaliy g’oyalar muhim ahamiyat kasb etadi va bular asosida ijtimoiy ongni shakllantirish
shart-sharoitlari, mexanizmini ishlab chiqish pedagogika fani oldida turli asosiy
vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |