Platina metalining muomaladagi ko’rinishi
Platina elektromanfiylik qatorida kumushdan keyin turadi, noyob metall
qatoriga kiradi. Ishqor eritmasida, galogenli va organik kislotalarda, fosfat, nitrat
hamda sulfat kislotalarning suyultirilgan eritmasida erimaydi. Qattiq
qizdirilganda nitrat kislota va sulfat kislotaning konsentrlanganida eriydi. Xona
haroratida platina hech qanday kislotalar bilan ta‘sirlashmaydi. U faqat ―shoh
arog‘i‖ va suyuq bromdagina eriydi. Qattiq qizdirilganda o‘zining tashqi
ko‘rinishini o‘zgartirmaydi. Bu bilan platina boshqa metallardan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |