Qo‘ng‘iroq (it. Campane) – 25-38 mm diametrdagi 12-18 tsilindrik metall
trubalar, ular osma holatda bo‘ladi. Qo‘ng‘iroq bolg‘a bilan urib chalinadi. Uning
tovushqatori 1,5 oktavani o‘z ichiga olgan bo‘lib, yozilishiga nisbatan bir oktava
pastda yangraydi. Dempfer, ya’ni ovozni bo‘g‘adigan moslama bilan jihozlangan
bo‘ladi.
Ksilofon (it. Silofono) temperatsiyalangan tovushqatorga asoslanadi. Ovoz
hajmi 1-oktava “do” dan 4-oktava “do”gacha. U transpozitsiyalanuvchi cholg‘u
bo‘lib, yozilishiga ko‘ra, bir oktava yuqorida yangraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |