Mutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini
kamaytirishni tavsiflaydi hamda mavjud resurslardan ratsional foydalanishga oid turli
tashkiliy-texnik chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi.
Misol. Korxona aylanma mablag’larining o’rtacha miqdori 2005 yilda 100 mln
so’mni tashkil qiladi. 2006 yilda ishlab chiqarish hajmini o’zgartirmagan holda 90
mln so’m miqdorida ehtiyoj rejalashtirilmoqda. Bu holda asosiy vositalarning mutlaq
ozod qilinishi 10 mln so’mni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |