8.3. Aylanma mablag’larni normalashtirish
Shakllanish manbaiga ko’ra, aylanma mablag’lar xususiy va qarzga olingan
turlarga bo’linadi.
Xususiy aylanma mablag’lar doimo korxona ixtiyorida bo’lib, xususiy
resurslar, asosan foyda hisobiga shakllanadi. Korxonaning xususiy aylanma
mablag’lari qatoriga ish haqi bo’yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki hamkorlar qarzlari,
buyurtmachilarning tayyorlangan mahsulot uchun to’lagan pullari kabilarni kiritish
mumkin. Bu mablag’lar xususiy mablag’larga tenglashtirilgan mablag’lar yoki
korxonaning barqaror passivlari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |