Takrorlash uchun savollar:
1. Jutning kelib chiqishi?
2. Jutning sistematikasi?
3. Jut tolasining sifati?
4. Jut tolasi nima uchun ishlatiladi?
5. Ekish usuli, muddati va me‟yori qanday bo„ladi?
6. Tola va urug„ hosili qanday bo„ladi?
7. Tola hosili qanday yig„iladi?
8.4. DAG„AL KANOP (KANATNIK)
Ahamiyati
.
Dag„al kanop tolasidan dag„al gazmollar, arqon, qoplar, kanatlar
ishlab chiqariladi. Poyadan 23,3-27,5% o„rtacha 15-17% tola chiqadi. Dag„al
kanopning urug„ida 18% yarim quriydigan texnik moy bo„ladi. Tola ajratib
384
olingandan keyin chiqindilaridan qog„oz va qurilish materiallari ishlab chiqiladi
hamda yoqilg„i sifatida qo„llanadi.
Tarqalishi.
Yovvoyi xolda dag„al kanop: Yevropaning janubiy mintaqasi,
Osiyo, Amerika, Afrika va Avstraliyada keng tarqalgan. MDH davlatlarida dag„al
kanop Qozog„istonda Kavkaz davlatlarida va O„rta Osiyoda uchraydi.
Vatani va madaniy dag„al kanopning markazi deb Shimoliy Xitoy hisoblanadi.
Boshqa davlatlarda ham oz maydonlarda ekiladi. Rossiyada ilk bor dag„al kanop
1910 yili Kubanda ekilgan. Keyinroq bu o„simlik 1930 yildan boshlab Shimoliy
Kavkaz, Qozog„iston, Stavropol va Krasnodar o„lkalarida, Belarussiyada,
Ozarbayjonda ekilgan. Tola hosili 20-40 s, urug„ hosili 8-12 s/ga ni tashkil qilgan.
Sistematikasi
.
Dag„al kanop -
Abulion avicennae
Gaertn
. bir yillik
gulxayrilar (
Malvaceae)
oilasiga mansub. Poyasi tik o„sadi, yuqori qismi
shoxlanadi, poya balandligi 5-7 m gacha bo„ladi, sertukli. Bargi yirik, dumaloq-
yuraksimon, kuchli tuklangan. Uchi o„tkir. Guli sariq rangli, 5 ta gulbarglari
poyaning 10-30 bo„g„inlarida joylashadi. Mevasi - qovurg„ali ko„sak 11-30 ta
meva barglaridan tashkil topgan, tarkibida 30-100 ta urug„ bo„ladi. Urug„i mayda
buyraksimon, kul, qora rangli, 1000 tasining vazni 10-16 g, urug„i kam to„kiladi.
Ildizi o„q ildiz, tuproqqa 40-60 sm ga kirib boradi.
Dag„al kanop qurigan torfli-botqoqlangan tuproqlarda yaxshi o„sadi.
Maysalanish davrida qisqa muddatli haroratni 0 °C gacha pasayishiga bardoshli.;
maysa -2 -3 °C da nobud bo„ladi. Katta yoshdagi o„simlik -4 °C ga bardoshli. Suv
bostirishga va sizot suvlarni yaqin joylashishiga chidamsiz. Dag„al kanop
zamurug„li va boshqa kasalliklarga chidamli. Dag„al kanop o„zidan changlanadi,
ammo xashoratlar yordamida chetdan changlanishi mumkin navlar bilan
bog„langan holatda amal davri 100-130 kun bo„ladi. MDH davlatlarida ekiladigan
eng yaxshi navlar: Azov-Chernomorsk tajriba stansiyaning navi № 091, amal davri
120 kun va Bezenchuk qishloq xo„jaligi tajriba stansiyasida yaratilgan №85,
№452; Ukrainaning seleksiya-genetika institutida yaratilgan №07 (amal davri 120
kun). Bu navlar serhosil. Tola chiqishi 24-26% ni tashkil qiladi.
385
Do'stlaringiz bilan baham: |