23
Bu jadvalda ekinlarda simbioz jarayonining o„tishi uchun tuproq muhitining
ta‟siri ko„rsatilgan. Amalda bundan foydalanish zarur.
Faol simbioz uchun uchinchi shart - maqbul namlik. Tuproq namligi talabga
javob bermasa faol simbioz kuzatilmaydi. Dukkakli ekinlarda faol simbioz tuproq
namligi 100-60% DNS nisbatan bo„lganda kuzatiladi.
Ekin turlariga qarab
tuproqning namlik darajasi har xil bo„ladi.
Suv yetishmasa, ekishdan oldin urug„ga nitragin bilan ishlov berilsa ham
ildizda tuganaklar rivojlanmaydi (ko„k no„xat, vika, qizil sebarga).
Tuganakmeva
rivojlanmagan bo„lsa, ekin hosili keskin kamayadi. O„zbekiston sharoitida
yog„ingarchilik o„suv davrida kam bo„ladi yoki mutlaqo bo„lmaydi. Dukkakli
ekinlarda tuganaklar sug„oriladigan sharoitda yaxshi rivojlanadi.
Simbioz holatning o„tishi uchun tuproqning havo tizimiga ham bog„liq
bo„ladi. 1 ml havo azotini o„zlashtirish uchun 3 ml kislorod sarf bo„ladi.
Odatda
tuganakmevalar tuproqning havo bilan ta‟minlangan 0-10 sm chuqurlikdagi
tuganakmevaning tashqi qismidan markazga kislorod yetkazadi va buning
natijasida havo azoti faol o„zlashtiriladi. Umuman yengil g„ovak
tuproqlarda
tuganaklar ko„p hosil bo„ladi.
Tuganaklarni yaxshi rivojlanishi uchun ma‟lum darajada issiqlik talab
qilinadi. Qisqa kunli ekinlarda faol simbioz 20-30
o
C da, uzun kunli ekinlarda 15-
20
o
C da o„tadi. Tabiatning eng shimoliy mintaqalarida shu sharoitga moslashgan
dukkakli ekinlarda simbioz 0
o
C da ham o„tadi.
Markaziy Osiyoning dasht va yarim dasht mintaqasida harorat 45
o
C
bo„lganda ham tuganak hosil bo„ladi (yantoq). Nam yyerlarda dukkakli ekinlarda
tuganaklar faol rivojlanadi (soya, mosh, no„xat).
Biologik azotni o„zlashtirish ekinni oziqa elementlari bilan ta‟minlanishiga
bog„liq. Havo azotini o„zlashtirish adenozintrifosfat kislota (ATF) ishtirokida
o„tadi. Bu kislotaning asosiy tarkibiy qismi
fosfat kislota hisoblanadi, shuning
uchun ekin, albatta, fosfor bilan ta‟minlanishi lozim.
Fosfor yyetarli bo„lmaganda, bakteriyalar ildiz xujayrasiga kirib boradi,
ammo tuganakmeva hosil bo„lmaydi. Albatta, ekinlarni fosforga bo„lgan talabi bir
24
xil
emas. Ayrim ekinlar tuproqdagi kam eriydigan fosfat tuzlarini o„zlashtiradi, bu
ekinlarga fosforli o„g„itlar kam ishlatiladi (lyupin turlari).
Kaliy ekinlarda ozuqa moddalarning harakatini ta‟minlaydi.
Bu element
ytishmasa, simbioz jarayonining faolligi kamayadi. Simbiozning faol o„tishida
mikroelementlarning ta‟siri ham mavjud. Ulardan, ayniqsa, bor, molibden zarur.
Bir gektarga 1 kg bor va 20-50 g molibden sarflanadi.
Tuganaklarning shakllanishi va rivojlanishi uchun tuproqdagi biologik sharoit
ta‟sir qiladi. Tuproqdagi bakteriofaglar va xasharotlarning qurti tuganakga zarar
keltiradi. Tuganaklarning rivojlanishiga nematodlar katta zarar keltiradi.
Demak, har bir mintaqada simbioz jarayonining faol o„tishiga salbiy ta‟sir
ko„rsatadigan omil mavjud. Biologik azot evaziga dukkakli ekinlardan ancha
yaxshi hosil olinadi: 1 gektar dukkakli - don ekinlardan 3 t urug„, sebargadan 12 t
pichan, bedadan 14-15 t pichan to„planadi. Mineral azot qo„llanganda
esa hosil
oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: