167
Sholini ko„chat usulida yetishtirishning asosiy kamchiligi qo„l mehnatini
ko„p talab qilishidir.
Respublikamizda sholini bu usulda yetishtirish 1993-1995 yillarda ishlab
chiqildi. A.A. Shokirov, G.N. Rahimov, U.X. Tilavov ma‟lumotlariga ko„ra, asosiy
ekin sifatida sholi ekiladigan maydonlar bo„yicha quyidagi agrotexnik tadbirlar
amalga oshirilishi lozim.
Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm, Andijon,
Namangan,
Farg„ona viloyatlarida “Avangard” navi, Qoraqalpog„iston
Respublikasida “Nukus” navi asosiy ekin sifatida ko„chatxonalarga 1-10 mayda
ekiladi. Asosiy maydonga 10-20 iyunda ko„chat ko„chirib ekiladi.
Respublikamiz
bo„yicha barcha xo„jaliklarda hosildorlikni yoppasiga 30-40 foizga bemalol
oshirish uchun ichki intensiv imkoniyatlar mavjud bo„lib, ulardan eng asosiysi
sholini ko„chat usulida mexanizatsiya bilan yetishtirishdir.
Jahon miqyosida sholikorlar ko„chat usulining urug„ni bevosita ekish
usulidan mohiyat e‟tibori bilan bunday farq qilishiga, uning afzalliklari nihoyatda
ko„pligiga ishonch hosil qilib va foydali barcha jihatlarni hisobga olib bu usulning
og„irligini, tashvishlarining bir qismini mexanizatsiya zimmasiga yuklash borasida
har xil moslamalar, ekish mexanizmlari yaratganlar, sinab ko„rganlar, qo„llaganlar
va bu jarayon uzluksiz davom ettirilib kelinmoqda.
Ko„chat usuli urug„ ekish usulidan quyidagi foydali jihatlari bilan farq qiladi:
Ishni 20-30 kun avval boshlash mumkin va
bunda eng kechpishar sholi
navlarini ham kontinental iqlim mintaqalarida ekish va yuqori hosil olish
imkoniyati kafolatlangan.
1.
Bir oy davomida katta maydonni o„g„itlash, sug„orish, o„toq qilish
tashvishlari o„z-o„zidan bartaraf etiladi, ya‟ni sholi ko„chatlari ko„chatxonada
kamida 1 oy o„stirilib, suv va o„g„it bilan ko„chatxonada
kichik maydonchada
to„liq ta‟minlanadi va 25-30% o„g„it iqtisod qilinadi.
2.
An‟anaviy urug„ ekish usulida O„zbekiston bo„yicha tavsiyalarga binoan
bir gektar maydonga 200-220 kg sholi urug„i ekilsa, ko„chat usulida 65-70 kg
urug„ sarflanib, har bir gektaridan 150 kg urug„ iqtisod qilinadi va ko„pgina chet
168
mamlakatlarda 1 gektar yerga 30-35 kg urug„ sarflanadi va keyingi holat
Sholichilik ITI tadqiqotlarida ham isbotlandi.
3.
Bir oy mobayiida sholi o„simligi ko„chatxonada kichik maydonda
parvarishlanishi tufayli beriladigai umumiy suv me‟yorining 30% dan oshig„i
tejaladi.
4.
Ko„chat usulida o„stirilgan sholining hosildorligi urug„dan ekilgan sholiga
nisbatan har doim kamida 25-30% ortiq bo„ladi. Bu ma‟lumotlarni ko„pgina adabiy
manbalar ham to„liq tasdiqlaydi.
5.
Takroriy ekin sifatida kuzgi g„alladan bo„shagan
maydonlarda sholini
ko„chat usulida ekib bemalol hosil olish imkoniyati mavjud bo„lib, sholi to„liq
pishib yetilishi uchun talab yetiladigan ochiq-issiq kunlar soni va zarur foydali
harorat yetarlidir.
6.
Sholi ko„chatlari o„tkazilgan paytda bo„yi 15-25 sm bo„lib, dala esa begona
o„tdan toza bo„ladi va begona o„tga qarshi maxsus kurashishning ayrim xollarida
ehtiyoji bo„lmaydi yoki keskin qisqaradi.
7.
Urug„dan o„stirilgan sholi ayrim xollarda o„g„it ortiqchalik qilsa, g„ovlab
yotib qoladi va tabiiyki o„z-o„zidan hosil yo„qoladi. Ko„chatdan o„stirilgan sholi
esa
hech qachon yotib qolmaydi, chunki poyasi yo„g„on, baquvvat, tuplanish
darajasi yuqori bo„lib, tashqi shamol ta‟sirlariga nihoyatda bardoshlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: