XULOSA
Jarayonda ishlatilayotgan xomashyo – to’yingan uglevodorodlar (parafinlar)
va tayyor mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari, tuzilishi haqida ma’lumotlar
keltirildi. Kurs loyihasida havo tarkibidagi benzin bug`larinI aktivlangan ko`mir
yordamida adsorbsiyalash jarayoni o`rganildi. Avvalo adsorbsiya jarayoni orqali
yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishda atrof – muhitga zarar yetkazmay chiqindi
gazlarsiz ishlash prinsipini o’rgandim. Loyihaning hisob qismida foydalaniladigan
materialning moddiy va issiqlik balansi, adsorberning mexanik xisobi, uning
mexanik o’lchamlari, mustahkamlik shartlari va materiallar tanlab olindi. Hamda
ushbu texnologik jarayonni atrof-muhitga ta’siri, uni oldini olish chora tadbirlari,
ekologik muammolar texnika xavfsizligi qismida keltirilgan. Bundan tashqari kurs
loyihada tayyor mahsulotning foydalanish sohalari, benzin navlari, kimyoviy
tarkibi va uning oktan sonini oshirish haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tilgan.
So’ng texnologik jarayon to’g’risida, unda apparatlarning ishlash printsipi, jarayon
borishi haqida yozilgan. Olingan natijalardan shuni angladimki benzin bug`larini
adsorbsiyalash katta ahamiyatga ega ekan.
Bundan tashqari hozirgi kunda zavodda ishlab chiqarilayotgan neft
mahsulotlari (avtobenzin va dizel yonilg‘isi) sifati Yevro-2 standarti talablariga
mos kelib, uning sifatini jahon standartlariga moslash maqsadida, hozirda
ishlatilayotgan katalizator va seolit almashtirilgani va yevro-4 Yevro-5 yoqilg`ilari
haqida ham bir qancha ma`lumotlarga ega bo`ldim..
Atmosferaga benzin bug`larini ta`sirini kamaytirish, avtotransportlarni
ikkinchi yonish dvigatellaring konstruksiyasini takomillashtirish, avtomobil
tutunlarini neytrallovchi qurilmalami qo'llash, etillangan benzindan voz kechish,
benzin yoqilg‘isini siqilgan gaz, vodorod va elektr energiyasiga almashtirish orqali
amalga oshirish mumkin. Ammo texnika va texnologiyaning hozirgi holati
atmosferaga zararli moddalaming tushishini to‘liq oldini olish imkonini bermaydi.
Shuning uchun ham atmosferani himoya qilishning nisbatan oddiy vositasi bo‘lib,
turli gaz tozalash qurilmalari xizmat qiladi. Adsorberlar yordamida benzin
bug`larine tozalash atmosfera havosini tozaligini ta`minlaydi. Va albatta, sifatli,
ekologik toza bo`lgan kelajak yoqilg`isi ustida biz texnologlar ish olib borishimiz
juda muhim ahamiyat kasb etadi !
Do'stlaringiz bilan baham: |