Faollangan ko‘mirlar,
odatda, tarkibida uglerod bo‘lgan yog‘och, torf,
hayvonlar suyagi, toshko‘mir kabi mahsulotlarni quruq haydash yo‘li bilan olinadi.
Ko‘mir faolligini oshirish uchun unga 900°C dan ortiq haroratda havosiz termik
ishlov beriladi. Bunda material g‘ovaklaridagi smolalar ekstragent yordamida
ekstraksiya qilib olinadi. Faollangan ko‘mirlarning solishtirma yuzasi – 600÷1750
m
2
/g. To`kma zichligi – 250÷450 kg/m
3
, mikrog‘ovaklar hajmi – 0,23...0,7 sm
3
/g.
Bundan tashqari ular tarkibida juda kam miqdorda (<8%) kul bo‘ladi. Yana shuni
ta’kidlash kerakki, havoda 300°C haroratda faollangan ko‘mir yonadi. Faollangan
ko‘mirning mayda kukunlari 200°C ga yaqin haroratda yonadi va konsentratsiyasi
17÷24 g/sm
3
bo‘lganda havo tarkibidagi kislorod bilan portlovchi birikma hosil
qiladi.
Adsorbsiya
jarayonida
tozalashning
samaradorligi
adsorbentning
g‘ovaksimon tuzilishiga bog‘liq bo‘lib, bunda mikrog‘ovak asosiy rol o‘ynaydi.
Faollangan ko‘mirlar adsorbsion bo‘shlig‘ining chegaraviy hajmi 0,3 sm
3
/g ligi
tozalash jarayonida qo‘llash tavsiya etiladi. Ma’lumki, mikrog‘ovaklar o‘lchami
katalitik reaksiyalar tezligini belgilaydi. Mikrog‘ovak o‘lchami 0,8÷1,0 mkm
bo‘lgan faollangan ko‘mirlar optimal deb hisoblanadi.
Silikagellar
– bu kremniy kislota gelining suvsizlantirilgan mahsulotidir.
Ushbu adsorbentlar natriy silikat eritmalariga kislota yoki ular tuzlarining
eritmalarini ta’siri natijasida olinadi. Silikagellarning solishtirma yuzasi 400÷780
m
2
/g, to‘kma zichligi esa 100÷800 kg/m
3
. Silikagel granulalari 7mm gacha bo‘lishi
mumkin. Silikagellar asosan suv bug‘ini yutish, gazlarni quritish va tozalash uchun
qo‘llaniladi. Bu adsorbent boshqa adsorbentlarga qaraganda yonmaydi, mexanik
jihatdan mustahkam bo‘ladi.
Seolitlar
– tabiiy va sun’iy mineral holatida bo‘lib, alyumosilikatning suvli
birikmasi. Ushbu adsorbent suvda va organic eritmalarda erimaydi. Sun’iy seolit
g‘ovaklar o‘lchami adsorbsiyalanayotgan molekula o‘lchamiga yaqin bo‘lgani
uchun g‘ovaklarga kirayotgan molekulalarni adsorbsiya qila oladi. Bu turdagi
seolitlar «molekulyar elaklar» deb nomlanadi.
Seolitlar yuqori yutish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun gazlar va
suyuqliklarni qisman quritish yoki suvsizlantirish uchun ham qo‘llaniladi.
Seolitlar, ko‘pincha 2÷5 mm diametrli granula ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |