Byudjet chetlanishlarining muhimlik darajasi mezonlari
9-jadval
T/r
Chetlanishlarni yo„l qo„yish mumkin bo„lgan darajasi
Chetlanish
darajasi
1. Chetlanishlarni to‗liq yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan darajasi
1
2. Chetlanishlarni eng kam miqdorda yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan
darajasi
2
3. Chetlanishlarni o‗rtacha miqdorda yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan
darajasi
3
4. Chetlanishlarni yuqori miqdorda yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan
darajasi
4
5. Chetlanishlarni yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lmagan darajasi
5
162
Shuni ham e'tirof etish lozimki, chetlanishlarning sabablarini turkumlash
muhim ahamiyatga ega. Chunki turkumlash ularni guruhlash va qarorlar qabul
qilishning axborot bazasi sifatida ishlatish imkoniyatini beradi.
Muhimlilik darajasi va chetlanishlar bo„yicha boshqaruv tadbirlarining
asosiy mezonlari
10 - jadval
T/r Ko„rsatkichlar
Tadbirlarning nomi
1.
Chetlanishlarni
to‗liq yo‗l qo‗yish
mumkin bo‗lgan
darajasi
Bunday holat odatda an'anaviy hol hisoblanadi
2.
Chetlanishlarni
eng kam miqdorda
yo‗l qo‗yish
mumkin bo‗lgan
darajasi
Chetlanishlarni retrospektiv tahlilini o‗tkazish va ularni
sodir bo‗lishini takrorlanishini baholash. Takrorlanish
ko‗rsatkichi yuqori bo‗lganda ularga te-gishli tuzatishlar
kiritish bo‗yicha kerakli qarorlar qabul qilish
3.
Chetlanishlarni
o‗rtacha miqdorda
yo‗l qo‗yish
mumkin bo‗lgan
darajasi
Chetlanishlarni yuzaga kelish sabablarini aniqlash,
ularni bartaraf etish bo‗yicha tegishli tadbirlarni ishlab
chi-qish, jumladan xarajatlarning nafligi, ularni me'yoriy
bazasi, daromad qismini to‗ldirish tartibi, byudjet
verstkasi texnologiyasi, uning bajarilish moni-toringini
o‗tkazish tartibi auditini o‗tkazish va h.k.
4.
Chetlanishlarni
yuqori miqdorda
yo‗l qo‗yish
mumkin bo‗lgan
darajasi
Chetlanishlarni yuzaga kelish sabablarini tezkor
aniqlash, ularni bartaraf etish bo‗yicha tegishli tezkor
tadbirlarni ishlab chiqish, jumladan, xarajat va
tushumlarni
barcha
tashuvchilari
bo‗yicha
inventarizasiya qilish, me'yoriy-ma'lumot beruvchining
ma'lumotlari to‗liqligi va aniqligini tezkor tekshirish,
byudjet verstkasi sifati va uning bajarilish monitoringini
163
audit qilish va h.k.
5.
Chetlanishlarni
yo‗l qo‗yish
mumkin bo‗lmagan
darajasi
Chetlanishlarni yuzaga kelish sabab-larini tezkor
aniqlash, byudjetni to‗ldirish manbalari va ularni
sarflanish yo‗nalishlarini inventarizasiya qilish, xo‗jalik
yurituvchi sub'ektlarni boshqarish sifati va inqirozga
qarshi xarakterdagi choralarni audit qilish.
Bizningcha, chetlanishlar sabablarini nafaqat miqdori va qiymati bo‗yicha,
balki yuzaga kelish ehtimoli mezonlari, muhimligi, ob'ektiv yoki sub'ektivligi
darajasi bo‗yicha ham guruhlarga ajratish lozim.
Shuni ta'kidlash kerakki, turli xo‗jalik yurituvchi sub'ektlardagi barcha
byudjet chetlanishlarining o‗ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan yagona
klassifikatorni ishlab chiqishning imkoni yo‗q.
Chetlanishlarni boshqaruv hisobi schyotlari tizimida hisobga olish uchun
tadqiqotchi N.A. Yermakova
taklif qilgan quyidagi schyotlarni tadqiqot ob'ektida
qo‗llash tavsiya qilinadi:
2090 - «Xarajatlar byudjeti bo‗yicha chetlanishlar» cchyoti, 9490 - «Sotish
byudjeti bo‗yicha chetlanishlar» schyoti.
2090 - «Xarajatlar byudjeti bo‗yicha chetlanishlar» schyotining kreditida
javobgarlik markazlari bo‗yicha rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining umumiy
summasi, debetida esa haqiqiy xarajatlar hisobga olinadi. Ushbu schyotning debet
va kredit aylanmalarining farqi byudjet chetlanishlari summasini ko‗rsatadi. Ushbu
chetlanishlar tegishli balans schyotlariga qo‗shimcha yozuv yoki «qizil storno»
usuli orqali hisobdan chiqariladi.
Ushbu schyotga qo‗shimcha ravishda javobgarlik markazlarining turlari
bo‗yicha analitik schyotlar ochish mumkin. Bunda byudjet xarajatlari xarajat
elementlari yoki moddalar kesimida tizimdan tashqarida hisobga olinadi.
164
Sotish byudjeti bo‗yicha chetlanishlarni hisobga olish uchun 9490-«Sotish
byudjeti bo‗yicha chetlanishlar» schyoti qo‗llaniladi. Ushbu schyotning debetida
byudjet bo‗yicha sotuvdan tushgan tushum, krediti bo‗yicha esa sotuvdan tushgan
haqiqiy tushum soliqlarni hisobga olgan holda aks ettiriladi. Debet va kredit
aylanmalarining farqi byudjet chetlanishlarining summasini bildiradi. Ushbu
chetlanishlar «Sotishlar» schyotiga qo‗shimcha yozuv yoki «qizil storno» usuli
bilan hisobdan chiqariladi.
Ushbu schyotga mahsulotlar nomenklaturasi va assortiment guruhlari
kesimida subschyotlar ochish mumkin.
Chetlanishlar bo‗yicha boshqarish natijalarni taqqoslashga asoslangan
bo‗lib, uni «To‗g‗ri aloqa orqali nazorat qilish» va «Teskari aloqa orqali nazorat
qilish» kabi turlari mavjud.
Teskari aloqa orqali nazorat qilish byudjet va haqiqiy natijalarni
taqqoslashni nazarda tutadi hamda istiqbolga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
Tadqiqotlar hozirgi kun talabi to‗g‗ri aloqa orqali nazorat qilishning
umumqabul qilingan tartibiga qo‗shimcha sifatida uzluksiz vaziyat tahlili
o‗tkazishni taqozo qilayotganligini ko‗rsatmoqda. Vaziyat tahlili deganda xo‗jalik
jarayoni sodir bo‗lgan sharoitda korxona maqsadi va uni asosida hisoblangan
maqsadli byudjet ko‗rsatkichlari haqqoniyligini baholash tushuniladi.
Byudjetlashtirish–biznesni moliyaviy rejalashtirishning juda muhim va
mas'uliyatli tizimi bo‗lganligi sababli unda tegishli teskari aloqa bo‗lishi shart.
Teskari aloqa rolini byudjet bajarilishi nazorati bajarishi lozim.
Amaliyotda byudjet nazoratining ko‗plab turlaridan foydalaniladi (15-ilova).
Ilovani o‗rganish shuni ko‗rsatmoqdaki, byudjet nazorati turlari turlicha
maqsadlar va amalga oshirish shakllariga ega, biroq ular uyg‗unlikda va o‗zaro
hamkorlikda amalga oshiriladi.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, byudjet siklini yakuniy bosqichi bo‗lib,
yig‗ma byudjet bajarilishi tahlilini o‗tkazish hisoblanadi va u ba'zan reja-fakt tahlili
deb ham ataladi hamda quyidagi uchta bosqichda o‗tkaziladi:
165
1-bosqich. Yig‗ma byudjetning reja va haqiqiy «chiqish shakllari» asosida
chetlanishlar o‗rganiladi. Bu hali tahlilga kirmaydi, chetlanishlarni o‗rganish, qayd
etish bo‗lib, asosiy vazifasi jarayonlarga baho berishdan iboratdir.
2-bosqich. Uchta asosiy yig‗ma byudjetlar: operasion, investisiya va
moliyaviy quyi byudjetlarining bajarilishi bo‗yicha chetlanishlar tahlili o‗tkaziladi
va xulosalar tayyorlanadi.
3-bosqich. Mazkur bosqich sintez bosqichidir va unda byudjetostilarni
batafsil omilli tahlili o‗tkaziladi. Undan so‗ng SWOT-tahlili asosida yig‗ma
byudjetlar bajarilishi haqida korxona miqyosida xulosalar chiqarish imkoniyati
paydo bo‗ladi va ushbu tahlil aslida kelgusi davr uchun byudjetlar ishlab chiqish
uchun asos bo‗ladi.
Tahlilning mazkur metodologiyasi ―ikki tomonlamali‖ tahlil hisoblanadi:
masalan, operasion byudjetlar tahlili (ikkinchi bosqich) o‗z navbatida uchta
bosqichga bo‗linadi: dastlab yuzaki o‗rganish amalga oshiriladi (vertikal tahlil),
so‗ngra tadqiq etilayotgan chetlanishlarning asosiy mazmuni o‗rganiladi
(gorizontal tahlil) va oxirida vertikal tahlil (shakllar) va gorizontal tahlil (mazmun)
natijalari sintezi asosida xulosalar tayyorlanadi.
Amaliyotda byudjet bajarilishi tahlilining ko‗plab turlari qo‗llaniladi
(16-ilova).
Korxonalarida byudjet bajarilishi ikkita sababga ko‗ra: birinchidan,
byudjetlashtirish kontrollingini olib borish uchun, ikkinchidan, tahlil jarayoni
yuqorida ta'kidlanganidek byudjetlashtirish siklini uzviy qismi hisoblanganligi
sababli ham chuqur tahlil qilinishi kerak.
Byudjet bajarilishi haqidagi hisobot byudjetlashtirish jarayonining ajralmas
qismi bo‗lib, uni nazorat qilishda muhim rol' o‗ynaydi. Bunda hisobotlar byudjet
ko‗rsatkichlarining haqiqiy ma'lumotlarini rejalashtirilgan (me'yorlashtirilgan)
ko‗rsatkichlar bilan taqqoslagan holda oy, kvartal va yillik muddatlar bo‗yicha
shakllantiriladi.
Mazkur hisobotlar orqali haqiqiy va byudjet ko‗rsatkichlari hamda ular
o‗rtasidagi chetlanishlar (izohlari bilan), mas'uliyat markazi ko‗rsatkichlari,
166
faoliyatning oldingi davrlari va turli bo‗linmalar kesimidagi natijalari, korxona
xodimlarining ishlagan ish vaqtlari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish
darajasi va boshqalar haqida ma'lumotlarga ega bo‗lish mumkin. Ushbu hisobotlar
uchun joriy va kelgusi nazoratning natijalari asos bo‗lib xizmat qiladi.
Ushbu hisobotlardan tashqari amaliyotda zarurat tug‗ilgan vaqtda
rahbariyatning topshirig‗i bilan bir martalik hisobotlar ham tuzilishi mumkin.
Biroq, shuni ham unutmaslik lozimki, byudjet bajarilishi haqidagi hisobotlar
tuzish bo‗yicha universal tavsiyalar mavjud emas. Bunda ko‗plab omillarni doimiy
ravishda o‗rganib borish, tahlil qilish, grafiklar chizish va muhim ma'lumotlarni
ajratib ko‗rsatish va moliyaviy bo‗lmagan ko‗rsatkichlar bilan hisobotlarni
kengaytirishga e'tibor qaratish lozim.
Byudjet bajarilishi haqidagi hisobotlarni tuzish masalasi iqtisodiy
adabiyotlarda batafsil bayon qilingan. Jumladan, tadqiqotchi Ye. Koba tomonidan
byudjetlar ijrosining asosiy ko‗rsatkichlari bo‗yicha nazorat qilish imkoniyatini
beradigan hisobot shakllari tavsiya qilingan.
Mazkur hisobot boshlang‗ich hujjatlar asosida to‗ldiriladi va uning
ko‗rsatkichlari tarkibi rahbar-xodimlar talabi va ehtiyojiga qarab yanada
kengaytirilishi va detallashtirilishi mumkin.
Buning uchun hisobotlar tuzishda
komp'yuter dasturlaridan foydalanish kerak va u hisobot shakli hamda
ko‗rsatkichlarini har qanday zarur boshqaruv kesimida tez, tizimli va o‗zaro
aloqadorlikda shakllantirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |