TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 82
respublikalarida ham bir xil kechdi. Masalan, mazkur islohot natijasida 1927-1928-
yillarda Junaidxon boshchiligida Turkmaniston va Xorazm vohasini keng ko‗lamli
qo‗zg‗olon qamrab oldi. Bundan tashqari, agrar sohadagi o‗zgarishlarga qarshi kurash
Qirg‗izistonni ham cheklab o‗tmadi. Bu yerdagi harakatlar asosan Janubiy
Qirg‗izistonda kuzatiladi. Bu ko‗pincha 1927-yilda Jonibek Qozining faoliyatida
namoyon bo‗ladi. 1929-yilda esa O‗rta Osiyo respublikalarining barchasida qurolli
harakat yana qaytadan kuchaydi. Lekin sovet hokimiyatiga qarshi bu kabi kurashlar
qisqa fursatlarda qizil armiya tomonidan bostirilib, qo‗zg‗olon qatnashchilari esa
qattiq jazolarga mahkum etib borildi.
Bolsheviklarning O‗rta Osiyoda yuritayotgan siyosatini cheklash maqsadida
tashkil etilgan qo‗zg‗olonlarning mag‗lubiyatga uchrashiga quyidagi omillar ta‘sir
ko‗rsatdi: birinchidan, bu davrda xalqning og‗ir ahvolga tushib qolishi natijasida,
qurolli harakat shaklida kurash olib borish uchun guruhlarni moddiy ta‘minlash
imkoniyati, ot va qurol-yarog‗ zaxirasi cheklandi. Ikkinchidan esa, qizil armiyaga asir
tushgan yoki taslim bo‗lgan qurolli harakatning tajribali rahbarlari va ishtirokchilari
sovet hokimiyati tomonidan aksariyati qatl etildi hamda qattiq qamoq jazosiga hukm
qilindi. Shuningdek, mol-mulki musodara qilinib, jazoni o‗tab bo‗lgach esa bir necha
yil mobaynida siyosiy huquqlardan ham mahrum etildi. Qattiq jazo siyosatining
amalga oshirilishi aholini kuchli qo‗rquv holatiga keltirib qo‗ygan edi. Shu kabi
xususiyatlar bilan kurashning oldingi yillaridan biroz farq qildi. Shu davrda garchi
shunday og‗ir va murakkab vaziyat bo‗lishiga qaramasdan qo‗rboshilarning guruhlari
borgan sari ko‗payib borganligi kuzatiladi.
O‗zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissari A.Toshmuhamedovning 1929-
yil 9-dekabrdagi ―O‗zbekiston SSR hududida bosmachilik harakati‖ nomli hisobotida
keltirilishicha, 1929-yil 1-yanvardan to 8-dekabrgacha O‗zbekiston SSR hududida
104 ta guruh va ularning tarkibida 1554 nafar yigitlar harakat olib borgan. 1929-
yilning dekabr oyiga qadar 40 ta guruh va ularning 743 nafar yigitlari tugatildi.
Toshmuhamedovning fikricha, oldingi yillarga qaraganda 1929-yilda qurolli
guruhlarning o‗sishi 85 %ni tashkil qilgan[15].
O‗zbekiston SSRda qishloq xo‗jaligini kollektivlashtirish natijasida
kolxozlarning tuzilishi, dehqonlarning majburiy suratda jamoa xo‗jaliklariga
kiritilishi Farg‗ona vodiysida ozodlik kurashini qaytadan avj oldirib yubordi.
Farg‗ona okrugida 1930-yilda siyosiy ahvol nihoyatda keskinlashib, bu ommaviy
chiqishlarning qurolli qo‗zg‗olonga o‗sib chiqish xavfini tug‗dirdi. Biroq sovet
harbiylari tomonidan bu qo‗zg‗olonlar ham bostirildi[16].
Xullas, O‗zbekiston SSRda yer-suv islohoti ta‘sirida sovet hokimiyatiga
qarshi kurash natijalari quyidagilardan iborat:
1. Mazkur islohot dastlab 1925-1926-yillarda Tojikiston ASSRda amalga
oshirilganligi uchun bu yerda sovet hokimiyatiga qarshi faol kurash olib borayotgan