TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
81
ASSRda, 1927-yildan Zarafshon, 1928-1929-yillarda Qashqadaryo, Surxondaryo va
Xorazm oblastlarida o‗tkazild[9].
Zarafshon oblastida mazkur siyosat katta noroziliklarga sabab bo‗ldi. Doimiy
ravishda reformani bekor qilishni talab qilgan qo‗zg‗olonlar bo‗ldi. 1926-yilning
oktyabr va noyabr oylarida Zarafshon oblastining G‗ijduvon va Vobkent rayonlarida
yer-suv islohotiga tayyorgarlik ishlariga qarshi qurolli guruhlar tuzilib, sovet
hokimiyatiga qarshi kurashdi[10]. Biroq bu namoyish va qo‗zg‗olonlar oblastda keng
ko‗lamda qurolli harakat tusini olmadi. Chunki bu yerda kurashga rahbarlik qiladigan
yetakchi qo‗rboshilarning faoliyati asosan 1926-yilning yozida tugatildi. Shuning
uchun ham bu jarayon O‗zbekiston SSRning boshqa oblastlari singari qurolli
harakatga aylanib ketmadi. Shuningdek, oblast ilgari Buxoro amirligining asosiy
qismi bo‗lganligi uchun ham sovet hokimiyatiga qarshi kuchlar ko‗p bo‗lishi
mumkinligi inobatga olinib, sovet hokimiyatiga qarshi qaratilgan har qanday faoliyat
doimiy ravishda nazoratga olindi. OGPUning 1926-yil 25-oktyabrdagi ma‘lumotida
keltirilishicha, yer islohoti o‗tkazilishidan norozi bo‗lgan turli guruhlar Eski
Buxoroda yig‗ilib 1) targ‗ibotni kuchaytirish orqali yer-suv islohotini amalga
oshirilishiga qarshilik ko‗rsatish; 2) bu tadbirlarning shariatga qarshi ekanligini
aholiga tushuntirish; 3) islohoti hokimiyatda bo‗lgan ruslar va tatarlarning ishi
ekanligini aholiga targ‗ib qilish; 4) aholini ommaviy ravishda islohotdan noroziligini
uyg‗otishga kelishib olingan[11].
Shunday qilib, O‗zbekiston SSRda yer-suv islohotiga qarshi ommaviy
qo‗zg‗olonlar avj oldi. Bunga faqatgina yer-suv islohoti emas balki, shu paytdagi
g‗alla tayyorlash kampaniyasi, non tanqisligi, kuzgi hosilni yig‗ish, paxta terish, soliq
siyosati kabi omillar ham ta‘sir ko‗rsatdi. Masalan, 1928-yilning may oyida Farg‗ona
okrugi Buvayda rayoni aholini yer-suv komissiyasining qaroridan norozilik bildirib,
2000 kishilik qo‗zg‗olonchilar okrug ijroiya komitetining binosini o‗rab olishdi[12].
O‗zbekiston SSRda 1929-yildagi kurashning asosiy markazi Farg‗ona vodiysi edi.
Sovet hokimiyatiga qarshi kurashda Andijon okrugida hatto dehqonlardan tashqari
qishloqlardagi ayrim partiya va komsomollar a‘zolari ham qochib qo‗zg‗olonchilar
safiga qo‗shilganligi qayd etilad[13]. Bu aslida sovet hokimiyatiga xizmat qilgan
kishilarning ham norozilik belgisi edi. Ahvol borgan sari yanada keskinlasha bordi.
Yer-suv islohotining oxirgi yillari va kollektivlashtirishning boshlanishi arafasidagi
vaziyat sovet hokimiyatiga qarshi kurashni yana qaytadan avj olishiga ta‘sir ko‗rsatdi.
Bu jarayon 1929-yil aprelda Tojikiston ASSRda Fuzayl Maxsum, Farg‗ona vodiysida
Yormat Maxsum, Andijon okrugida Mirvali Miryusupovlarning faoliyatida namoyon
bo‗ladi. Aholining bolsheviklar siyosatidan noroziligi ushbu guruhlarning
kengayishini ta‘minladi[14].
Yer-suv islohotining o‗tkazilishi va unga qarshi norozilik harakatlarini yuzaga
kelishi faqatgina O‗zbekiston SSRga xos jihat emas. Bu jarayon boshqa O‗rta Osiyo
Do'stlaringiz bilan baham: |