TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
24
quyidagicha yoritilgan: ―Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun davlat
hokimiyati mahalliy idoralari, vazirliklar va idoralar, korxonalar va muassasalar,
fermerlik va kooperativ xo‗jaliklar, shuningdek, ayrim shaxslar xo‗jalik boshqaruv
hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishi
kerak: …barcha turdagi ta‘lim muassasalarida ekologiya o‗quvining majburiyligi‖ [5.
160-b].
Mamlakatimizda ekologik dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishga
mutasaddi davlat tashkilotlari, ommaviy institutlar, maxsus ekologik harakatlar
faoliyatini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor masalasi sifatida qaralmoqda.
Respublikamizda ekologik vaziyatni sog‗lomlashtirish va shaxs ekologik
dunyoqarashini ilmiy-pedagogik kompleksni shakllantirish masalalari kun tartibiga
qo‗yilgan. ―...Bunday muammolarni faqat ma‘muriy yo‗l bilan hal etib bo‗lmaydi,
bunga yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga dahldorlik hissini
tarbiyalash orqali erishish mumkin‖. Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash
barchamizning burchimiz hisoblanadi, shuningdek ―ekologiya sohasidagi ishlar
ahvolini yaxshilash‖[1; 17-19-b.] bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Shuning uchun yurtimizda shaxs ekologik dunyoqarashi va milliy qadriyatlar
o‗rtasidagi dialektik aloqadorlikni ilmiy tadqiq etish, xalqaro ilmiy-tadqiqot
muassasalari bilan hamkorlikda fundamental ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb
masala qilib belgilangan[2; 570-b.].
Bu borada, ekologik muommolarni hal qilishni, uni yеchimi ishlab chiqish
oldimizda turgan muhim masalardan biri hisoblanib kelinmoqda. Shu o‗rinda,
davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 12-iyulda Oliy Majlis palatalari,
siyosiy partiyalar hamda O‗zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor
yig‗ilishidagi ma‘rurzasida, ―Eng muhim masala – aholining ekologik madaniyatini
oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur‖, deb ta‘kidlagan edi.
Ekologik dunyoqarash shakllanishini o‗rganishning umumfalsafiy masalalari,
sodda bo‗lishiga qaramay: qadimiy afsona, rivoyat, asotir, ertak, masal, qo‗shiq,
dostonlar va boshqa xalq og‗zaki ijodi namunalarida o‗z ifodasini topgan.
Keyinchalik tarixiy yozma manba ―Avesto‖da ular nisbatan sistemalashgan. Shu
o‗rinda ―Avesto‖ da …yangi kanallar qazish, ariq-zovurlarni tozalash, yеrlarni o‗z
vaqtida ekishga tayyorlash mo‗l hosil olishning asosiy garovidir. Shuningdek,
―cho‗lga suv chiqazib, yеrning sho‗rini yuvib, zahini qochirib, yеrga ishlov
berganlar‖ – еng mo‗tabar insonlar hisoblanadi. Hatto podshoh Jamshid Tangri Uzoq
vaqt ishlov bermay va ekin ekilmay qolgan yеr eng baxtsiz zamindir deb keltirib
o‗tilgan. [6. 11-14-b.] Shuningdek, islom dini manbalari ―Qur‘oni Karim‖ va ―Hadisi
sha‘rif‖dagi ilohiy o‗git va aqidalar ekologik dunyoqarash tadqiqotining ma‘naviy
ildizlarini, manbalarini tashkil qiladi. Ekologiya borasida sharq mutafakkirlari ham
o‗z fikrlarini bildirib o‗tishgan. Jumladan, O‗rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq
Do'stlaringiz bilan baham: |