TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
25
allomalaridan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa
qo‗shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi
muvozanat, o‗simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e‘zozlash haqida qimmatli
fikrlar aytganlar.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) asarlarida o‗simlik va hayvonlarning
biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo‗jalikdagi ahamiyati haqida
ma‘lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari, asosan, ―Saydana―,
―Mineralogiya―, ―Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar― kabi asarlarida uchraydi.
Olim ―Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar― asarida Eronning turli tropik
o‗simliklari va hayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulq-atvori yil-
fasllarining almashinuvi bilan bog‗liq ravishda o‗zgarishini misollar bilan
tushuntirgan.
Zahiriddin
Muhammad
Bobur
(1483-1530)ning
eng
yirik
asari
―Boburnoma‖dir. Unda shoirning ko‗rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati,
boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonoti, o‗simliklari va boshqalar tasvirlangan. Har
bir kasb egasi bu kitobdan o‗ziga keragicha ma‘lumot topa oladi. Asar muhim
atamalar va toponimik manbalarga boy. Unda yеr, suv, havo, turli tabiiy hodisalarga
tegishli xalq so‗zlari ko‗plab topiladi. ―Boburnoma―ni o‗qigan va o‗rgangan har bir
kishi uni tabiat va geografiyani yaxshi bilgan o‗lkashunos olim yozgan degan
xulosaga keladi. Bobur o‗lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, ularning qadriga
yеtgan va ular bilan hamisha maslahatlashgan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) ham o‗z asarlarida ekologiya borasida fikrlarini
bildirib o‗tgan. Xususan, ―Tib qonunlari‖ asarida, kishi organizmiga tashqi muhit
ta‘siri muhimligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi
haqida fikr bayon etgan, ya‘ni u kasallikni yuqishi masalasini hal etishga
yaqinlashgan edi. Bular moxov, qo‗tir, chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar
kabi kasalliklardir. Xususan, bular odamlarning turar еrlari tor bo‗lganda, ya‘ni aholi
zich yashagan joylarda shuningdek, shamol va boshqalar orqali tarqaladi, deb aytib
o‗tilgan.
Ekologik ta‘lim respublikamizda oliy ta‘lim muassasalarining o‗quv dasturiga
kiritilgan o‗quv jarayonida ekologik tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish
iqtisodiyoti, atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish va
boshqa ekologik ixtisosliklar bo‗yicha talaba yoshlarga bilim berilmoqda. Bu borada
bir qator ilmiy ishlar bajarilib kelinmoqda.
Yu.Shodimetovning ―Ijtimoiy ekologiyaga kirish‖ darsligi oliy o‗quv yurtlari
talabalari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, unda jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy hamda
tabiiy qarashlarning mohiyati, ijtimoiy ekologiyaning shakllanishi va rivojlanishi,
Do'stlaringiz bilan baham: |