10-rasm. Dunyodagi biznes gʻoyalar
21
Demak, innovatsion gʻoyani shakllantirish bosqichida muammoni hal
qilishning muqobil variantlari aniqlanadi. Innovatsion gʻoya uzoq vaqt
21
www.beboss.ru
Go'sht qovurish
uchun lampa
• Bolani qattiq
uxlashi uchun
gadjet
Itlar uchun
dushli
kabina
• Robot
kalligraf
Mushuklar
uchun
stomatologiya
• Pivoni
sovutish
uchun
krujka
64
davomida, ishlab chiqish orqali shakllanishi yoki kutilmaganda paydo
boʻlishi mumkin.
11-rasm. Oʻzbekistondagi biznes gʻoyalar
22
Innovatsion gʻoyalarning paydo boʻlishi ekspert baholash usullari, shu
jumladan, quyidagi mashhur metodlar yordamida sodir boʻladi
1. fikrlarni aniqlash usullari (intervyu usuli; soʻrovnoma usuli -
tanlanma soʻrovlar; senariy yozish va boshqalar);
2. ijodiy usullar (aqliy hujum, morfologik tahlil; Delfi usuli va
boshqalar).
Innovatsion gʻoyani shakllantirishning asosi loyihaning maqsadli
xususiyatlari hisoblanadi. Kerakli operatsiyalar tarkibini topish jarayonida
biz tizimlashtirishni, ya’ni yakuniy maqsadlarning tarkibiy elementlarini
tanlashni amalga oshiramiz. Koʻpgina mualliflarning ta’kidlashicha,
loyihadagi elementlarni tanlashda ikkita funktsional va muammoli turlarni
ajrata bilish zarur.
Loyiha maqsadlarining funktsional taqsimlanishining boshlanishi, uni
toʻliq va har tomonlama hal qilish uchun zarur boʻlgan operatsion
elementlarning tarkibini aniqlashdir. Ushbu turdagi tuzilish “maqsadlar
daraxti” koʻrinishida amalga oshiriladi, bu bir qator darajalarga ega boʻlgan
ierarxik tizim boʻlib, ular bajarilishini talab qiladigan ketma – ketlikdagi
batafsil maqsadlardir. Shu bilan birga, har bir keyingi darajadagi maqsadlar
yuqori darajadagi maqsadlarning bajarilishini ta’minlashi kerak.
22
elmadad.uz/ideas
Avto qismlarida biznes qilish
Yelimni qayta ishlab chiqarish
Muhr tayyorlash
Uyning tashqi devorlarini isitish
Yarim tayyor mahsulotlarni uy sharoitida tayyorlash
Bolalar markazini ochish
Aerodizayn xizmati
65
“Maqsadlar daraxti”ni tahlil qilib shuni ta’kidlash mumkinki,
tanlangan har qanday element, shu jumladan muqobil elementlar uchun,
ularning ilmiy – texnik darajasini tavsiflovchi va mazmunini ochib beradigan
yuqori darajadagi eng muhim maqsadli koʻrsatkichlarning cheklangan
roʻyxati beriladi.
Bundan tashqari, maqsadli indikatorlarning ehtimoliy qiymatlari
loyihaning alohida davrlari uchun, har bir element rivojlanishining individual
prognozlariga asoslangan harajatlar sarfi va me’yori nisbatlarini hisobga
olgan holda hisoblanadi. Maqsadli koʻrsatkichlar qiymatini belgilashda,
yuqori darajadagi mos keladigan elementning maqsadli xususiyatlarini
majburiy ta’minlash zarurligini hisobga olish kerak. “Maqsadlar daraxti”
elementlariga koʻra, maqsadli xususiyatlarni hisoblash eng yuqori darajadan
quyiga qarab ketma – ketlikda amalga oshiriladi.
Shuningdek, “maqsadlar daraxti”ning har qanday elementi uchun
maqsadli koʻrsatkichlardan tashqari, maqsadlarga erishish uchun maxsus
shart – sharoitlarni belgilovchi cheklovchi xususiyatlarni topish tavsiya
etiladi. Ushbu xususiyatlar va ularning qiymatlari formulasi mutaxassislar
tomonidan loyihaning oʻziga xosligidan kelib chiqib tanlanadi. Cheklovchi
xususiyatlar loyihani amalga oshirish jarayonida bajarilishi kerak boʻlgan
talablarni belgilaydi. Shunday qilib, loyihani cheklovchi xususiyatlarning
tarkibi va ularning sifat qiymatlarini belgilash loyihani amalga oshirishda
texnik – iqtisodiy asoslashning birinchi va tayanch bosqichi, deb hisoblash
mumkin.
Keyingi bosqichda “ishlar daraxti” shakllanib, bu ierarxik tuzilishga
ega boʻlgan “maqsadlar daraxti”ning vazifalari va tizimini oʻzida ifoda etadi.
Bu loyiha tuzilishi muammoli jihatidir. “Ish daraxti” – koʻzlangan
mablagʻlarni olish yoʻllari va usullarini aniqlashi kerak boʻlgan tadbirlar
majmuidan iborat. Tadbirlarni shakllantirishda ishlar, masalalar, vazifalarni
quyi darajadan yuqori darajadagi ketma-ketlikda bajarish tamoyilidan
foydalanish kerak.
Kerakli amaliyotlar roʻyxatini ishlab chiqish quyidagi ketma -ketlikda
amalga oshiriladi:
agar ilmiy asoslar yetarli boʻlmasa, litsenziyalar, uskunalar yoki
hujjatlarni sotib olish asosida xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish
imkoniyati oʻrganiladi va chora -tadbirlar rejalashtiriladi;
66
ilmiy tadqiqot ishlarining yoʻnalishi va aniq mavzulari boʻyicha
takliflar ishlab chiqiladi;
avval yakunlangan ilmiy – tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishda
qoʻllash boʻyicha chora -tadbirlar ishlab chiqiladi;
an’anaviy uskunalar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish orqali
maqsadli xususiyatlarni ta’minlash imkoniyati va maqsadga muvofiqligi
oʻrganiladi.
Loyihani ishlab chiqishning keyingi bosqichlarida “maqsadlar daraxti”
ning eng past darajadagi komponentlari boʻyicha tuzilgan va yuqori
darajadagi tegishli elementlarni yaratish bilan bogʻliq vazifalar va
bosqichlarga birlashtirilgan ishlar soni qoʻllaniladi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, qabul qilingan loyiha variantlari
uchun belgilangan muddatda maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan
operatsiyalar roʻyxati tuziladi.
Innovatsion gʻoyaning shakllanishi doimo marketing tadqiqotlari bilan
birga olib borilishi kerak. Ushbu bosqichning maqsadi innovatsion
loyihaning iqtisodiy tuzilmalarga ta’sirini, shuningdek koʻrib chiqilayotgan
loyihaning maqsad va vazifalari sonini aniqlashdan iborat. Biz har doim ham
ishlab chiqilayotgan loyihaning yakuniy maqsadlarini aniq belgilay
olmaymiz, shuning uchun loyihani ishlab chiqish loyihaning yakuniy
maqsadini miqdoriy aniqlashdan va uni turli xil vaqt oraligʻida amalga
oshirish uchun oraliq vazifalarni belgilashdan boshlanishi kerak.
Ushbu maqsad bilan:
loyiha maqsadli mahsulotining mumkin boʻlgan iste’molchilari
aniqlanadi;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yangi turdagi maqsadli mahsulotlarga
almashtirish imkoniyatlari va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi tahlil qilinadi;
loyihani amlga oshirishni xomashyo, energiya manbalari, butlovchi
qismlar va boshqalar bilan ta’minlaydigan tarmoqlar tuzilmasi oʻrganiladi;
loyihaning yakuniy mahsulotidan foydalanishning yangi sohalari tahlil
qilinadi;
loyihaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari oʻrganiladi.
Mazkur bosqichda odatda innovatsion marketingning umumiy usullari
qoʻllaniladi. Yakuniy bosqich – marketing tadqiqotlari natijalarida
67
loyihaning maqsadli xususiyatlarining miqdoriy qiymatlarini ifodalashdan
iborat boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |