22
2.2. Innovatsion jarayonlar modellarining shakllanishi va rivojlanish
bosqichlari
Oʻtgan asrning 60-yillarini boshida AQSHda, 70-yillar boshida
Tayvanda,
Isroilda,
Janubiy
Koreyada,
80-yillarda
Singapur
va
Finlyandiyada davlat innovatsion rivojlanish dasturlari tashabbuskori sifatida
namoyon boʻlgan. “Jadallashish davri” muddati Singapurda 10 yil, AQSH va
Tayvanda 25 yilni tashkil etdi.
Innovatsion rivojlanishning asosiy gʻoyasi shundaki, iqtisodiyotning
mazkur rivojlanish jarayonida, avvalo, bilimlarni yangilash tezligi keskin
ortib boradi, boshqa tomondan esa, texnologiya va mahsulotlarning
murakkablashuvi koʻplab faoliyat turlari bu jarayonga jalb qilinadi. Bunday
sharoitda shaxs yoki davlatning muvaffaqiyati uchun nafaqat ixtisoslashgan
bilimlardan foydalanish, balki bilimlarni yangilash va tezkor oʻqitish
qobiliyati uchun koʻproq ahamiyatga ega boʻladi.
Jahon tajribasiga koʻra, innovatsion siyosat iqtisodiyotni tartibga
solishga uzviy bogʻliq boʻladi. Shu bilan birga u ilmiy yoki sanoat
siyosatining oddiy davomi hisoblanmay, balki iqtisodiyotning hamma
yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro bogʻliq chora-tadbirlarni aks ettiradi. SHuning
uchun innovatsion siyosatni ishlab chiqish birgina dastur bilan
bogʻlanmasligi yoki bir muassasaning huquqi sifatida xizmat qila olmaydi,
nafaqat vazirliklar, balki iqtisodiyot va jamiyatdagi turli hamkorlar
oʻrtasidagi konsensusni topish va muvofiqlashuvni talab etadi.
Bundan tashqari, fan-texnika rivojini boshqarish davlat institutlari
faoliyatida bir texnologik tartibni boshqasiga almashtirishni sharoitlari va
bahosini kuzatish mumkin. Axborot texnologiyalari inqilobi boshqaruv
tizimini sezilarlicha oʻzgartirdi. Boshqaruv nazariyasi boʻyicha mashhur
amerikalik mutaxassis V.Xetel bilimlarni boshqarish va intellektual
yetakchilikka asoslangan an’anaviy boshqaruvdan boshqaruvdagi yangi
yondashuvga oʻtish modelini tavsiflab berdi.
O.Toffler “Hokimiyat metamorfozalari” kitobida ilk bor hokimiyat
asosi va zamonaviy olamda muvaffaqiyatli faoliyat manbai sifatida aniq
tahriflagan. XXI asrda faqat bilim, intellekt hokimiyat manbai va davlat
uchun raqobat kuchiga aylanadi. Aynan bilimlar – muvaffaqiyat va iqtisodiy
oʻsish kaliti, bu Yaponiya, Tayvan, Koreya Respublikasi salohiyati ortib
borishidagi “iqtisodiy moʻjiza” bilan isbotlangan.
23
Hozirgi kunda turli manbalarda jamiyat rivojidagi “sanoatlashuvdan
keyingi jamiyat”dan “raqamli iqtisodiyot”ga qadar zamonaviy bosqichning
koʻplab ta’riflari beriladi. 1996 yilda OESR ta’rifiga binoan, hozirgi kunda
“bilimlarga asoslangan” iqtisodiyot yoki B.A.Lundval ta’riflaganidek,
“ta’lim iqtisodiyoti”ga sezilarlicha tez sur’atda harakatlanadi.
2015 yil boshiga kelib Janubiy Koreya jahondagi 50 ta eng iqtisodi
innovatsion rivojlangan davlatlar reytingida birinchi oʻrinni egalladi. 2015
yil Samsung kompaniyasida qilingan ITTKI xarajatlarining salmogʻi yuqori
boʻlib, ushbu kompaniya jahonda yetakchilik qilmoqda. Janubiy Koreyani
yutuqlarini tahlil qilsak, dastlab iqtisodiyotni modernizatsiyalash turli
koʻrinishdagi chet el texnologiyalarini oʻzlashtirish hisobiga (shartnomalar,
litsenziyalar, maslahat xizmatlari shular jumlasidandir) tashkil qilinib amalga
oshirildi. Xorij tajribasini oʻrganish orqali, Yaponiya bilan hamkorlikda
qoʻshma venchur firmalari tashkil qilindi. Janubiy Koreyaning innovatsion
rivojlanishida yirik korporatsiyalarni (chebollar) qoʻllab quvvatlanishi
alohida ahamiyatga ega.
Buyuk
Britaniyada
2000
yillar
boshlaridan
innovatsiyalarni
ragʻbatlantirish va rivojlantirishga qaratilgan markazlashtirilgan maqsadli
siyosat olib borildi, 2003 yilda esa savdo va sanoat vazirligi tomonidan
texnologik sohani rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. 2004 yilda esa
texnologik strategiya boʻyicha kengash tuzilib, investitsiyalar yangi
tenologiyalarni vujudga keltirish, qoʻllab quvvatlash va tijoratlashtirishni
amalga oshirish uchun yoʻnaltirildi. Uzoqqa moʻljallangan innovatsion
rivojlanish strategiyasi 2008 yilda nisbatan toʻliq shakllantirildi. Buyuk
Britaniyada ilm-fan va yuqori texnologiyalarni davlat tomonidan qoʻllab
quvvatlashda ilmiy izlanishlar va ishlanmalar bilan shugʻullanuvchi
tashkilotlarga nisbatan qoʻllaniladigan soliq imtiyozlari asosiy mexanizm
boʻlib hisoblanadi.
Germaniyaning innovatsion siyosatining oʻziga xos tomoni boʻlib
ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion faoliyatni moliyaviy qoʻllab quvvatlashga
davlat tomonidan koʻmaklashuvi hisoblanadi. Aynan davlat ilmiy
tadkikotlarni yoʻnaltirishda katta rolgʻ oʻynaydi: oliy ta’lim dargohlaridagi
ilmiy tadqiqotlarni 80 %gacha beshta yirik ilmiy jamiyatlar tomonidan
beriladigan grantlar hisobiga olib boriladi. 1950 yillarda Germaniyada
innovatsion subhektlarni moliyalashtirishning boshlarida ilk venchur fondlari
24
‘aydo boʻla boshladi. Bu fondlar kichik biznes kom’aniyalarini
rivojlantirishga yoʻnaltirildi. Ilmiy-tadqiqot sohasida davlat va xususiy
sektor hamkorligi borasida qabul qilingan dasturlar ijobiy natija berdi. 1970
yili ITTKIga davlat byudjetidan ajratilayotgan xarajatlar 70 foizga qisqargan
boʻlsa, hozirda 30 foizga kamayganini koʻrish mumkin. Germaniya
innovatsion tizimida ixtirolarni roʻyxatga olishni soddalashtirilgan tartibi
alohida ahamiyatga ega boʻlib, 1977 yillarga qaraganda ‘atentlar sonini 20
barobarga koʻpaygani bunga misol boʻla oladi
Finlyandiyani innovatsion rivojlanishida 1980 yillarda tashkil etilgan
Sitra innovatsion fondi venchur moliyalashda muhim oʻrin tutdi, ushbu
fondning maqsadi boʻlib iqtisodni raqobatbardoshligini rivojlantirish,
iqtisodni barqaror rivjlanishini, mamlakatda ishbilarmonlik faoliyatini
kuchaytirish va finlyandiya korxonalarini xalqaro hamkorligini kuchaytirish
xizmat qiladi. Finlyandiya milliy innovatsion tizimining davlat segmentida
ikkita hal qiluvchi vazirliklarni boʻlishi katta ahamiyat kasb etadi. Ta’lim va
madaniyat vazirligi ilm boʻyicha siyosatga javob bersa, Finlyandiya
akademiyasi esa ilmiy tekshirishlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish uchun
asosiy mexanizm hisoblanadi. Bandlik va iqtisodiyot vazirligi texnik va
innovatsion siyosatga mashul boʻlib, moliyalashtirishga yoʻnaltirish uchun
asosiy mexanizm Tekes xizmat qiladi. Tekes agentligi mamlakatni
rivojlantirishda muhim institut sanalib, izlanuvchilar hamjamiyatini sanoat
va servis sektorlarini qoʻllab quvvatlaydi. Tekes har yili Finlyandiyadagi 60
%dan koʻp innovatsion loyihalarni moliyalashtiradi, ularning 80 %i samarali
natijaga ega boʻldi. SHuningdek Finlyandiyada texnopolis yaratishga katta
ahamiyat berilgan, dunyodagi yirik va birinchilardan boʻlgan, dunyoda
oʻzining oʻlchamlari bilan lol qoldirgan “Texnopolis” tarmogʻi yaratilgan.
“Texnopolis” tarmogʻida 18 ta ilmiy va texnologik parklar kiradi va ulardan
2 tasi mamlakat tashqarisida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |