97
3.9- rasmda elektromagnit o‘lchash mexanizmining sxematik tuzilishi
ko‘rsatilgan. Mis simdan o‘ralgan yassi yoki dumaloq g‘altak (1) havo tirqi-
shiga o‘q (2) qa ekssentrik mahkamlangan ferromagnit o‘zak (3) kirish
imkoniyatiga
ega.
O‘zak magnit singdi-ruvchanligi juda yuqori
(aylantiruvchi momentni oshirish uchun) va
koersitiv
kuchi kichik (gisterezis
tufayli yuzaga keladigan xatolikni kamaytirish uchun) bo‘lgan materiallardan
tayyorlanadi. Elektromagnit o‘lchash mexanizmla-rida ko‘pincha havoli yoki
suyuqlikli tinchlantirgichlar qo‘llaniladi.
O‘lchash mexanizmining g‘altagidan tok
o‘tganda, uning atrofida magnit maydoni hosil
bo‘ladi. Bu
maydonning kuch chiziqlari
qo‘zg‘aluvchan ferromagnit o‘zakni kesib
o‘tadi va uni g‘altak ichiga tortadi. Тokli g‘altak
magnit maydonining energiyasi quyidagiga
teng:
𝑊
𝑒𝑚
= 0,5𝐿𝐼
2
, bu yerda:
L
– g‘altak
induktivligi;
I
– g‘altakdagi tok.
Qo‘zg‘aluvchan qism siljiganda g‘altak
induktivligi o‘zgaradi, ya’ni quyidagi ifoda
bilan aniqlanuvchi aylantiruvchi moment hosil
bo‘ladi:
𝑀
𝑎𝑦𝑙
=
𝑑𝑊
𝑒𝑚
𝑑𝛼
= 0,5𝐼
2 𝑑𝐿
𝑑𝛼
.
Asbobning
o‘zgartirish funksiyasi:
𝛼 =
1
2𝑊
𝐼
2 𝑑𝐿
𝑑𝛼
. Elektromagnit asbob shkalasi notekis,
ya’ni o‘lchanayotgan kattalik bilan ko‘rsatkich og‘ish burchagi o‘rtasidagi
bog‘lanish chiziqli emas. Qo‘zg‘aluvchan o‘zak shaklini tanlab, asbob
shkalasini uning yuqori chegara qiymatining 15-20 foizidan boshlab
tekisligini ta’minlash mumkin.
Elektromagnit asbob o‘zgaruvchan tok zanjirlarida qo‘llanilganda,
asbobning metall qismlarida uyurmaviy toklar hosil bo‘ladi
va ularning
maydoni g‘altak magnit maydonini birmuncha kamaytirishi natijasida xatolik
yuzaga keladi.
Elektromagnit
asboblar
sezgirligi
magnitoelektrik
asboblar
sezgirligidan ko‘p marta past, quvvat iste’moli esa juda katta.
Elektromagnit
asboblarda tashqi harorat o‘zgarishining ta’siri ham magnitoelektrik
asboblarga nisbatan juda katta.
Тashqi maydonning ta’siri astatik usul yordamida keskin kamaytirilishi
mumkin. Bu usulga ko‘ra bitta o‘qqa ikkita ferromagnit o‘zak mahkamlangan
3.9- rasm
98
bo‘lib, ularning har biri o‘zining g‘altagiga maydon ta’sirida tortilish
imkoniyatiga ega. G‘altaklar bir xil bo‘lib, o‘zaro ketma-ket va induktiv
jihatdan qarama-qarshi ulangan. Buning natijasida bitta g‘altakda uning
xususiy maydoni bilan tashqi magnit maydon qo‘shilsa, ikkinchi g‘altakda
ular ayriladi. Natijada qo‘zg‘aluvchan o‘qqa ta’sir
etayotgan moment
qiymatiga tashqi maydon ta’sir ko‘rsatmaydi.
Berk magnit o‘tkazgichli elektromagnit asboblarning xususiy magnit
maydoni kuchli bo‘lganligi sababli ularni o‘lchashiga tashqi maydonlarning
ta’siri uncha sezilmaydi.
Elektromagnit asboblarning
afzalliklari:
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok
zanjirlarida ishlatilishi, o‘ta yuklamaga bardoshliligi,
konstruksiyasi-ning
soddaligi, ishlashda ishonchliligi, katta tok (bir necha yuz ampergacha),
yuqori kuchlanishlarni bevosita o‘lchay olishi hamda narxining nisbatan
arzonligi.
Elektromagnit asboblarning
kamchiliklari:
shkalasining notekisligi, tok
chastotasi va haroratni o‘zgarishiga, tashqi maydon ta’siriga
sezgirligi,
quvvat iste’molining kattaligi, sezgirligining nisbatan pastligi (ayniqsa,
o‘lchash diapazonining boshlanish qismida) kiradi.
Elektromagnit asboblar asosan o‘lchash stendlari uchun ampermetrlar va
voltmetrlar sifatida ishlatiladi. Bu asboblar sinusoidal tok zanjirlarida
o‘lchanayotgan kattalikning ta’sir etuvchi qiymatini ko‘rsatadi.
Sanoat, transport
va
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida asosan E365
rusumli ampermetr
va
voltmetrlar qo‘llaniladi. O‘lchash diapazonlari:
ampermetrlarda
0,01...300
A
;
voltmetrlarda
0,5...600
V
,
chastota
diapazoni
50, 60, 200, 500 va 1000
Gs
. Aniqlik klasslari 1,0 va 1,5. Ampermetrlarning
gabarit o‘lchamlari 120
120
116 mm.
Massasi
1 kg.
Do'stlaringiz bilan baham: