P
,
Q
,
S
,
parametrlardan birini yoki bir nechtasini o'lchash funksiyasini quvvatni
o'lchovchi mikrosxema bajaradi. Eng oddiy holatda bu mikrosxema
сhiqishida aktiv quvvatga proporsional bo'lgan impulslar chastotasi hosil
bo'ladi. Bu sxemada mikrokontroller impulslarni sanash, ma'lumotni ekranga
chiqarish va boshqa ayrim funksiya (tarifni o'zgartirish, avariya rejimlari
haqidagi ma'lumotlarni xotirada saqlash, ish faoliyatiga oid ma'lumotni tashqi
qurilmalarga chiqarish yoki tok va kuchlanishlar orasidagi faza siljish
burchagini o'lchash) larni bajaradi.
91
3.3-rasm
Impulslar sonini bilish, ma'lumotni ekranga chiqarish va manba
kuchlanishini avariya natijasida yo'qolib qolishidan himoya qilish
funksiyalarnigina bajarish lozim bo'lganda, tizim 3.4-rasmda keltirilgan
struktura bo'yicha qurilishi mumkin. Tarmoqdagi tok va kuchlanish
to'g'risidagi signallar tok va kuchlanish datchiklaridan mikrosxemaning
"quvvat-chastota" o'zgartkichining kirishiga beriladi. Uning chiqishidan
chastotali signal mikrokontroller kirishiga beriladi. Mikrokontroller unga
kirayotgan impulslarni to'plab, Vt
soat energiyaga proporsional bo'lgan
signalga o'zgartirib beradi. Har bir Vt
soat energiyaga mos impulslar
yig'ilganda, unga mos ma'lumot ekranga chiqariladi va xotira qurilmasiga
uzatiladi. Tarmoqdan elektr energiyasi ta'minoti vaqtincha to'xtaganda ham
energiya hisoblagich xotirasida sarflangan energiya miqdori to'g'risidagi
ma'lumot saqlanib qoladi. Tarmoqda elektr energiyasi ta'minoti qayta
tiklanganda mikrokontrollerdan ma'lumot o'qilib ekranga chiqariladi va
hisoblash shu qiymatdan davom ettiriladi. Bu strukturani amalga
oshirishdamikrokontrollerdan 1 kbayt hajmdagi xotira talab etiladi. Ekran
(displey) sifatida mikrokontroller yordamida boshqariladigan oddiy suyuq
kristalli indikator ishlatiladi.
Ko'p tarifli elektron energiya hisoblagichda tashqi qurilmalar bilan
ketma-ketli interfeys orqali axborot almashinadi. Bundan tashqari, interfeys
elektr tarmog'iga elektr energiyasi hisoblagich guruhini ulash va har biriga
murojaat qilish imkonini beradi.
92
3.4-rasm
Bunday qurilma struktura sxemasi 3.5-rasmda keltirilgan. Energiya
hisoblagichning ishlash algoritmi quyidagicha. Qurilmaxotirasi bir nechta
3.5-rasm.
qismga bo'lingan bo'lib, ularda to'rt xil: imtiyozli, umumiy, pik (yuklama
miqdori maksimal qiymatga ega paytlar) paytdagi va jarima tarifli to'plangan
elektr energiya haqidagi axborotlar saqlanadi. Xotiraning birinchi qismi
(banki) da energiya hisoblagich foydalanishga topshirilgan vaqtdan boshlab
to'plangan axborotlar saqlanadi. Xotiraning keyingi bir nechta bankida
avvalgi 11 va xozirgi oylar mobaynidagi axborotlar saqlanadi. Bu holat
yilning istalgan oyida sarflangan elektr energiya miqdorini aniqlash imkonini
beradi.
93
Elektr energiya tarifini kunning ixtiyoriy vaqtlari bo'yicha o'zgartirish
mumkin: haftaning har bir kuni uchun tarif jadvalini tuzish mumkin
bo'ladi.
Iste'molchining xohishiga qarab bir yilda 16 kungacha dam olish kunlari
tarifi bo'yicha bayram kunlari belgilanishi mumkin.
Elektron energiya hisoblagichda bir oyda iste'mol qilinadigan quvvat va
energiyani cheklash rejimini nazarda tutish mumkin. Bu rejimga ko'ra
energiya hisoblagich bir oyda belgilangan (limit) energiyadan ortig'ini
alohida qayd etadi.
Elektron energiya hisoblagich iste'molchiga elektr tarmog'idan
kelayotgan energiya uzilib qolgan vaqt va uning davomiyligini alohida qayd
etib beradi.
Energiya hisoblagichni dasturlash RS-232 yoki RS-485 interfeys
yordamida qayd qilingan topshiriqlar tizimi asosida amalga oshiriladi. Bu
topshiriqlar bitta hisoblagich bilan o'zaro aloqani amalga oshiruvchi shaxsiy
va interfeysga ulangan hisoblagichlar guruhi uchun umumiy topshiriqlar
tizimiga bo'linadi. Kun, vaqt, vaqtinchalik tariflar, quvvat limitlari, bayram
kunlarini rejalovchi topshiriqlar tizimi mavjud. Bundan tashqari, energiya
hisoblagichni testlovchi va darajalovchi qiluvchi topshiriqlar ko'zda tutilgan.
Bir nechta tarif rejimining mavjudligi hisoblagich displeyiga turli tarifli
iste'mol qilingan elektr energiya miqdori to'g'risidagi ma'lumotlarni chiqara
oladi. Bunday hisoblagich displeyi (3.6-rasm) ga iste'mol qilingan energiya
3.6-rasm
to'g'risidagi ma'lumot 8 quyi razryad ko'rinishida chiqariladi (maksimal
qiymati 99999. 999 kVt
s). Dastlab hozirgi oyda iste'mol qilingan
elektrenergiya ("oy mobaynida" yozuvi ostida), keyin esa hisoblagich
foydalanishga
topshirilgandan
buyongi
iste'mol
qilingan
energiya
("hammasi" yozuvi ostida) chiqariladi.
Bir vaqtning o'zida indikator belgilar maydoni (5x7 nuqtalar)da joriy tarifga
mos keluvchi belgi ("a" - asosiy, "i" - imtiyozli, "p" - pik, "j" - jarima) paydo
94
bo'ladi. Agar iste'molchi bir oy uchun belgilangan energiya miqdoridan
ko'proq iste'mol qilgan bo'lsa, u holda ekranda "energiya limiti" yozuvlari
paydo bo'ladi.
O'tgan 11 oy mobaynidagi energiya iste'moli to'g'risidagi axborotni olish
uchun hisoblagich qutisida maxsus tugma ko'zda tutilgan.
Elektron energiya hisoblagich:
- elektr energiyani yuqori aniqlikda hisoblash imkonini beradi va
konstruksiyasi aylanuvchan qismga ega emasligi tufayli yuqori ishonchlilikka
ega;
- bir vaqtning o'zida energiyaning aktiv va reaktiv tashkil etuvchilarini
aniqlash imkonini yaratadi. Hisoblagichning bu xususiyati ayniqsa uch fazali
zanjirlardagi energiyani hisobga olishda juda qo'l keladi;
- ko'p tarifli energiya hisoblagichlarni yaratish imkonini beradi.
Kundalik tarifni tanlash avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Masalan,
kechasi va bayram kunlari "imtiyozli" tarifga o'tilsa, ish kunlarining soat 13
00
dan 15
00
gacha "maksimal (pikoviy)" tarifga o'tiladi. "Jarima" tarifi esa
energiya iste'moli limitidan ortib ketganda joriy etilishi mumkin. Boshqa
paytlarda hisoblagich "asosiy" tarif rejimida ishlashini nazarda tutish
mumkin;
- tashqi interfeys amalga oshirilishi mumkin. Bunda diagnostika va
boshqaruv amallarini bajarish hamda bir necha energiya hisoblagichlar
markazlashgan axborot tarmog'iga ulanish mumkin;
- statistik hisoblarni amalga oshirish mumkin. Masalan, iste'mol
qilinayotgan o'rtacha quvvat va uning dispersiyasi hisoblanishi mumkin.
Energoresurslar taqsimlanishi istiqbolini belgilash va uni boshqarishda
statistik ma'lumotlardan foydalanish energetik tizim ish samaradorligini
oshiradi;
- elektr energiya iste'moli, uni hisoblash, taqsimlash va to'lovni
avtomatlashtirilgan tizimi talablariga to'liq javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |