264
simi osiladi. Zanjirli K.o.larida ushlar turuvchi tros va yordamchi sim
ko‘pincha tortish tokini uzatishda ishtirok etadi. Bunday hollarda ular
elektr
ulagichlar
yordamida kontakt simiga ulanadi. Kontakt simi ko‘tarilishini
unga qo‘yilgan va vertikal yo‘nalgan kuchga nisbati bilan aniqlanuvchi
elastikligi
K.o.ning asosiy mexanik xarakteristikasi hisoblanadi.Kontakt
tarmog‘idan tok olish sifati elastiklikni tayanchlararo oraliq bo‘ylab o‘zgarish
xarakteriga bog‘liq bo‘ladi: u qancha mutadil bo‘lsa, tok olish shuncha
yaxshi bo‘ladi. Oddiy va yakka zanjirli K.o.larida elastiklik tayanchlararo
oraliq o‘rtasida tayanchlar yaqinidagiga nisbatan yuqoriroq.
Yakka zanjirli
K.o.larida elastiklik qiymatini tayanchlararo oraliq
a
b
c
d
6.17- rasm. Zanjirli Kontakt osmasi:
a
– yakka tartibdagi oddiy torli;
b
– yakka
tartibdagi ressor simli;
c
– ikkilangan;
d
– uchlangan; 1 – kontakt simi; 2 – ushlab
turuvchi tros; 3 – tor; 4 – ressorli tros; 5 – yordamchi sim; 6 – ikkinchi yordamchi sim.
265
bo‘ylab bir xillashtirish uchun 10 – 20 m uzunlikda ressorli troslar
o‘rnatiladi, ularga kontakt simini osish uchun vertikal torlardan foydalaniladi.
Ikkilangan
va
uchlangan
zanjirli
K.o.larida
elastiklik
qiymatlari
tayanchlararo oraliq bo‘ylab ancha bir xillashsa-da, ularni montaj qilish va
foydalanish ancha murakkablashadi. Elastiklikni
yanada mutadillash uchun
maxsus K.o.lari ishlab chiqilgan. Bunga, masalan, richagli K.o. (6.18-rasm)
misol bo‘la oladi. Bu K.o.ni boshqalaridan prinsipial farqi shundaki, ushlab
turuvchi tros nafaqat egilishga, balki buralishga ham ishlaydi. Bunga erishish
uchun har bir tayanchlararo oraliq oxirida kontakt simiga mahkamlangan
uchta tor ushlab turuvchi trosga A, B va C richaglar orqali ulangan,
bunga
richarlar navbati bilan ushlab turuvchi trosning har xil tomoniga montaj
qilingan. Bunday osmalar 200 – 250 km/s tezlikli t.y. uchastkalarida montaj
qilinadi.
6.18-rasm. Richagli kontakt osmasi:
1 - ushlab turuvchi tros; 2 – kontakt simi; 3 –
torlar; 4 – fiksator; A, B, C – richaglar.
Oddiy va zanjirli K.o.lari alohida anker uchastkalaridan tashkil topgan
bo‘ladi. K.o. simlarini anker uchastkalari oxirlari bo‘yicha ankerlash
(mahkamlash) qattiq yoki kompensatsiyalangan ko‘rinishlarida
amalga
oshiriladi (
Simlar tarangligini kompensatsiyalash
ga qarang!). Magistral
t.y.larda kompensatsiyalangan va yarim kompensatsiyalangan K.o.lari keng
qo‘llaniladi.
Kompensatsiyalangan
K.o.larida kompensatorlar kontakt simida
ham ushlab turuvchi trosda ham bo‘ladi. Simlar harorati (ulardan o‘tayotgan
toklar va atrof muhit harorati o‘zgarishi natijasida) o‘zgarganda ushlab
turuvchi tros va unga osilgan kontakt simining osilish strelalari o‘zgarishsiz
saqlanadi. Tok olish sifatini yetarli darajada ta’minlash uchun kontakt
simining osilish strelasi tayanchlararo oraliq uzunligining 0,001
ulushiga
teng bo‘lishi lozim.
Yarim kompensatsiyalangan
K.o.larida kompensatorlar
266
faqat kontakt simida o‘rnatiladi. Bunda kompensator shunday rostlanadiki,
simning osilish strelasi shu hudud uchun atrof muhit yillik o‘rtacha haroratiga
mos bo‘lsin. K.o. osilish nuqtasidagi konstruktiv balandligi - ushlab turuvchi
tros va kontakt simi orasidagi masofani iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq
qiymatgacha oshirishga harakat qilinadi. Bu atrof muhit harorati ekstremal
qiymatga teng bo‘lganda ham torlarning kamroq og‘ishini
va butun anker
uchastka bo‘ylab kontakt simi tarangligi o‘zgarmasligini ta’minlaydi, buning
natijasida esa sifatli tok olishga erishiladi.
Tok qabul qilgich kontakt qo‘yilmasi xizmat qilish muddatini uzaytirish
maqsadida kontakt simi rejada zigzag bilan joylashtiriladi. Ushlab turuvchi
trosni osishning quyidagi turli variantlari mavjud: kontakt simi bilan bitta
vertikal tekislikda (vertikal osma); yo‘l o‘qi bo‘ylab (yarim qiyshiq osma);
kontakt simi zigzagiga qarama-qarshi bo‘lgan zigzag bilan (qiyshiq osma).
Qiyshiq K.o. ning shamolga bardoshliligi vertikal K.o.nikiga nisbatan eng
yuqori bo‘lsa-da, montaj qilish va xizmat ko‘rsatish murakkab. Yo‘lning
to‘g‘i chiziqli uchastkalarida yarim qiyshiq K.o.lari, egri chiziqli
uchastkalarida esa vertikal K.o.lari qo‘llaniladi.
Shamol tezligi juda katta
bo‘lgan hududlardagi t.y. uchastkalarida romb ko‘rinishidagi K.o.laridan
foydalaniladi. Ularda ikkita kontakt simi bitta umumiy ushlab turuvchi
trosga osiladi, kontakt simlari zigzagi bir-biriga qarama-qarshi joylashtiriladi.
tayanchlararo oraliq o‘rtalarida kontakt simlari o‘zaro bir-biriga qattiq planka
yordamida tortilgan. Uzoq chet ellarda asosan yakka zanjirli K.o.lari, asosiy
yo‘llarda
esa
ressor
trosli
K.o.laridan
foydalaniladi.
Ayrim
mamlakatlar(Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya)da yakka zanjirli
K.o.laridan tashqari ikkilangan zanjirli K.o.lari qo‘llaniladi (6.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: