143
kompetsiyalashi hisobiga tortish tarmog‘idagi kuchlanishni oshiradi. B.k.q.
odatda
tortuvchi nimstansiyalarda, ayrim hollarda esa peregonlar va kontakt
tarmog‘i seksiyalash postlarida joylashtiriladi. Katta kapital mablag‘lar talab
etilganligi
hamda
reaktiv
quvvatni
kompensatsiyalash
imkoniyati
chegaralanganligi bois B.k.q. elektr ta’minotining tashqi (110 kV va 220 kV)
qismida o‘rnatilmaydi. Elektr ta’minotining tortish (27,5 kV) qismida B.k.q.
ikki yoki bir fazali variantda ulanadi. Tortuvchi nimstansiyalarda to‘la fazali
bo‘lmaganB.k.q. qo‘llaniladi. Katta kapital mablag‘lar talab etilganligi
sababli B.k.q.ning uch fazali varianti keng joriy etilmadi. Peregonlarda B.k.q.
t.y.ning yondosh tortuvchi nimstansiyalardan uzoqda bo‘gan uzun ko‘tarilish
joylarida o‘rnatiladi.
5.8. Bo‘ylama-ko‘ndalangkompensatsiya – Продольно-поперечная
компенсация - Longitudinal transverse compensation
- tortish tarmog‘i
kuchlanishini
avtomatik
rostlash
va
nosimmetrik
yuklamalarni
ta’minlayotgan uch fazali tarmoqlar tok(kuchlanish)larini simmetriyalash
uchun qo‘llaniladi. Bo‘ylama-ko‘ndalang kompensatsiya qurilmasi(B.-k.k.q.)
kombinatsiyalashgan va birlashtirilgan ko‘rinishlarda yasalishi mumkin.
Kombinatsiyalashgan
qurilma
(5.3-rasm)
bo‘ylama
kompensatsiya
qurilmasi(B.k.q.) va ko‘ndalang kompensatsiya qurilmasi(K.k.q.)dan tashkil
topgan bo‘ladi. Bu qurilma elektr ta’minoti tizimidagi reaktiv energiya
5.3-rasm. Bo‘ylama-ko‘ndalang kompensatsiyaning
kombinatsiyalashgan
qurilmasining ulanish sxemasi:
a - ko‘ndalang kompensatsiya qurilmasi avval
ulangan sxema; b - bo‘ylama kompensatsiya qurilmasi avval ulangan sxema: 1 -
bo‘ylama-ko‘ndalang kompensatsiya qurilmasi; 2 - ko‘ndalang kompensatsiya qurilmasi
kondensatorlari; 3 - ko‘ndalang kompensatsiya qurilmasi reaktori; 4 - bo‘ylama
kompensatsiya qurilmasi kondensatorlari; 5 – kontakt tarmog‘i; 6 – elektrovoz; 7 –
tortish relslari;
𝐼
𝐸
−
elektrovoz toki;
𝐼
𝐾
−
ko‘ndalang kompensatsiya qurilmasi toki.
balansiga va tortish tarmog‘i kuchlanishiga bir vaqtning o‘zida samarali ta’sir
ko‘rsatadi. Respublikamizda B.-k.k.q.lari elektr ta’minoti tizimidagi reaktiv
144
energiyani samarali kompensatsiyalash va tortish tarmog‘i kuchlanishini
oshirish iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan poyezdlar harakait o‘lchamlari
katta o‘zgaruvchan t.y. uchastkalarida qo‘llash tavsiya etiladi. B.-k.k.q. avval
K.k.q. ulangan(5.3-rasm, a) va avval B.k.q. ulangan (5.3-rasm, b) sxemalarga
bo‘linadi. Bu sxemalardan biri texnik-iqtisodiy
hisob-kitoblar asosida
tanlanadi. Birlashtirilgan B.-k.k.q.larda (5.4-rasm) B.k.q. va K.k.q.lardan
tashqari kommutatsion apparatlar ham ishtirok etadi. Poyezdlar
5.4-rasm. Bo‘ylama-
ko‘ndalang kompensat-
siyaning birlashtirilgan
qurilmasining ulanish
sxemasi:
1 - bo‘ylama-
ko‘ndalang kompensatsiya
qurilmasi; 2 – kondensator-lari;
3 - bo‘ylama-ko‘ndalang
kompensatsiya ish rejimi uchun
reaktor; 4, 5, 6 – kommutatsion
appa-ratlar; 7 – kontakt tarmog‘i;
8 – elektrovoz; 9 – tortish relslari.
harakait o‘lchamlari kattabo‘lmagan o‘zgaruvchan t.y. uchastkalarida, ya’ni
tortuvchi nimstansiyalar yuklamalari uncha katta bo‘lmagan holatlarda
qo‘llaniladi. Bunday holatlarda elektr harakat tarkibi tok qabul qilgichidagi
kuchlanish yetarli darajada yuqori va shuning
uchun ham iqtisodiy nuqtai
nazardan tortuvchi yuklamalar iste’mol qilayotgan reaktiv quvvatni
kompensatsiyalovchi faqat K.k.q.ni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
Lekin, poyezdlar harakati rejali va avariya tufayli bir muddat to‘xtatilgandan
keyin harakat qayta davom ettirilganda poyezdlararo vaqt oralig‘i
kamaytiriladi. Bu paytda elektr harakat tarkibi tok qabul qilgichidagi
kuchlanish yetarli darajada bo‘lmaydi va uni oshirish uchun B.k.q.dan
foydalanish
zarurati
tug‘iladi.
Bunday
t.y.
uchastkalarida
kombinatsiyalashgan
B.-k.k.q.lardan
foydalanish
unchalik
maqsadga
muvofiq bo‘lmaydi, chunki ular ko‘p sonli kondensatorlarni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: