140
qo‘llaniladigan va tortuvchi nimstansiyadan tortish tarmog‘iga uzatilayotgan
elektr energiyasi kuchlanishini 50 – 55 kV dan elektr harakat tarkibi uchun
mo‘ljallangan 25 – 29 kV gacha pasaytirib beruvchi tortish elektr ta’minoti
tizimining liniya qurilmasi bo‘lib (5.1 - rasm), u tortish tarmog‘i bo‘ylab
tortuvchi nimstansiyadan va bir-biridan (tortish tarmog‘idan iste’mol
qilinayotgan quvvatni va uni yondosh aloqa liniyalariga ko‘rsatadigan
elektromagnit ta’sirini hisobga olgan holda) har 10 – 20
km masofada
o‘rnatiladi. Texnik xizmat ko‘rsatishda qulay bo‘lishi uchun, odatda, A.p.
bevosita t.y. stansiyasi hududida yoki unga yaqin bo‘lgan joyda o‘rnatiladi.
5.1-rasm. Avtotransformator punkti sxemasi:
KT- kuchlanish transformatori,
AT- avtotransformator, TT- tok transformatori,QT- qisqa tutashtirgich, R - reaktor.
Nimstansion zona o‘rtasida joylashtirilgan A.p. seksiyalash posti bilan
birlashtirilishi mumkin. A.p.da avtotransformator(AT),
kommutatsion
apparatura, o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan transformator, tok va
kuchlanish transformatorlari hamda telemexanika
apparaturalariga ega
bo‘lgan himoya va ikkilamchi kommutatsiya zanjirlarining boshqaruv punkti
joylashtiriladi. AT chulg‘amlari uchta chiqishga ega (5.1-rasmga qarang).
Ulardan bittasi ta’minlovchi sigma, ikkinchisi – kontakt tarmog‘iga,
uchunchi(o‘rtadagi)si esa A.p. yerlash konturiga va drossel-transformator
orqali – rels zanjiriga ulanadi. Odatda, kuchlanishni yuklama ostida
rostlovchi qurilmasi bo‘lgan 10 va 16 MBA quvvatli AT dan foydalaniladi.
Tortish tarmog‘i simlariga AT teleboshqariluvchi uzgich orqali ulanadi. AT
shikastlanganda
releli himoya ishga tushadi, qisqatutashtirgich yuritmasiga
141
manba berilib, ta’minlovchi sim zanjirida sun’iy ravishda qisqa tutashish
hosil qilinadi. Buning natijasida yaqin joylashgan
tortuvchi nimstansiya va
seksiyalash
postidagi
tegishli
uzgichlar
uziladi.
Tortish
tarmog‘i
toksizlantirilgandan keyin uzgich ATni ta’minlovchi sim va kontakt
tarmog‘idan avtomatik ravishda ajratadi. Shundan keyin toksizlangan
kontakt tarmog‘iga avtomatik qayta ulash qurilmasi
yordamida kuchlanish
beriladi. Bitta A.p.ning avariya yoki rejali ravishda manbadan ajratilishi
poezdlar harakatining o‘zgarishiga olib kelmasa-da, tortish tarmog‘ining
yondosh aloqa liniyasiga ta’sirining ortishiga va kontakt tarmog‘i
kuchlanishining biroz kamayishiga sababchi bo‘ladi. Ko‘p yo‘lli t.y.
uchastkalaridagi A.p. da, odatda, har bir yo‘l uchun alohida AT o‘rnatish
ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: