128
power systems of alternating current)
- reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi
qurilma bo‘lib, u qo‘shimcha ravishda elektr harakat tarkibi tokining yuqori
garmonik tashkil etuvchilarini filtlash funksiyasini ham bajaradi.
4.6. Fragment
(kontakt qo‘yilmasi)
- Фрагмент
контактнойвставки
- Fragment
of the contact insert
-
kontakt qo‘yilmasining
sinashga jalb
etiladigan va uning natijalarini kontakt qo‘yilmasining qolgan qismlariga
ham tegishli deb qabul qilish mumkin bo‘lgan qismi.
4.7. Kontakt plastina – Контактная пластина - Contact plate -
Kontakt qo‘yilma
ga qaarang!
4.8. Kontakt qo‘yilma(K.q.)
-
Контактная вставка -Contact insert -
elektrovozni elektr energiyasi bilan ta’minlashda kontakt simi bilan bevosita
ta’sirlashadigan va tok qabul qilgichda mahkamlanadigan hamda vaqti-vaqti
bilan almashtirib turiladigan element. Ishlatilayotgan materialiga qarab K.q.
o‘z-o‘zini moylaydigan
va
moylamaydigan
(ya’ni
tashqi moylashni talab
qiladigan) turlarga bo‘linadi. O‘z-o‘zini moylaydigan K.q.
ko‘mirdan
, ya’ni
tarkibida uglerod kukunlari (koks, grafit) bo‘lgan va smola-plastifikator bilan
bog‘langan hamda shakllangandan keyin
1000
0
ostida qattiq qizdirilib
yasaladi. Smola qattiq qizdirilganda koksga aylanadi va hosil bo‘lgan
material solishtirma qarshiligi kamayadi.
Koks
asosida tayyorlangan (A
rusumdagi) K.q.
grafitli
K.q.ga nisbatan qattiqroq va yeyilishga chidamli,
ammo elektr o‘tkazuvchanligi pastroq bo‘ladi. Ularning
solishtirma elektr
qarshiliklari
mos ravishda 28-30 va 13-15
𝑚𝑘𝑂𝑚 ∙ 𝑚
ni tashkil etadi.
Kontakt simining yeyilishi va ko‘mir K.q.lari
ishlash muddatini keskin
oshirish muammolarini yechishda eng samarali effektga ko‘mir K.q.lari
bilan birga boshqa metaldan yasalgan K.q. larini qo‘llamaslik orqali
erishiladi. Ko‘mir K.q.lari mamlakatimizda va chet ellarda o‘zgaruvchan tok
elektr harakat tarkiblarida va elektropoyezdlarda (shu jumladan yuqori
tezlikli elektropoyezdlarda ham) keng qo‘llaniladi. Ko‘mir K.q.larini metal
K.q.lariga nisbatan asosiy kamchiligi – uning yuklamaga bardosh berish
qobiliyatining kichikligidir.
O‘z-o‘zini moylamaydigan K.q.
lari asosan misdan, ayrim hollarda
po‘lat va alyuminiydan yasaladi. Kamchiliklari: mis K.q. lari – tashqi
moylash vositasi yaxshi ishlamaganda kontakt simining intensiv ravishda
yeyilishi, ko‘pincha bu holat yomg‘ir paytida kuzatiladi; po‘lat K.q. lari –
elektr yoyi ta’sirida toblanishi natijasida ishqalanish
yuzasida juda qattiq
strukturalar paydo bo‘lishi; alyuminiy – intensiv ravishda kontakt simining
129
yeyilishidan tashqari erish haroratining kichikligi sababli elektr yoyi ta’siriga
bardoshligining kichikligi. Metallokeramik K.q. o‘z-o‘zini moylaydigan va
o‘z-o‘zini moylamaydigan K.q. lari oralig‘idagi K.q. bo‘lib, uning tarkibida
ichki moylashni amalga oshiruvchi component(grafit yoki yumshoq yengil
eriydigan metall)lar mavjud. Metallokeramik K.q.lari
mis yoki temir asosli
bo‘ladi. Temir asosli metallokeramik K.q.larining o‘zlari yeyilishga chidamli
bo‘lsa-da, kontakt simini ko‘proq yeyilishiga sababchi bo‘ladi. Temir asosli
metallokeramik K.q.lari
Rossiyada
asosan o‘zgarmas tok elektrovozlarida,
Yaponiyada
esa yuqori tezlikli elektropoyezdalrda ishlatiladi.
Mamlakatimiz
elektrovozlarining tok qabul qilgichlarida asosan
mis
va
grafitaralashmasi
asosida tayyorlangan K.q.lari ishlatiladi.
Qalinligi kengligidan ancha kichik
bo‘lgan K.q. kontakt plastina deb ataladi
. K.q. rusumi tok olish qismining
materialiga ko‘ra: 1)
metalsiz uglerod asosida
(У); 2)
metall bilan uglerod
asosida
(УM); tuzilishiga ko‘ra: a) bitta tok olish qismidan tashkil topgan: 1)
uglerod asosida - ko‘p qatlamli
(1); 2)
uglerod asosida metall oboymada
–
kombinatsiyalashgan (2); b) ikki qismli:
ushlab turuvchi va tok oluvchi –
ikki
komponentli (3); nominal uzunligi bo‘yicha: 240, 300, 400, 600, 1200 mm.
K.q. tok olish qismining materiali quyidagi
jadvalda keltirilgan
talablarga mos bo‘lishi lozim.
4.3-jadval
Tok olish qismining materiali ko‘rsatkichlarining me’yoriy qiymatlari
Tok
olish
qismi-
ning
materi-
ali
Solishtir-ma
elektr
qarshilik,mк
Ω·m,
QattiqlikГОС
Т 23273
bo‘yicha,
HSD
K.q. o‘qi
bo‘ylab
siqilganda
mustahkamlik
chegarasi
,
МPа
Statik
qayrilishda
mustahkamlik
chegarasi
,
МPа
Suv
yutish
,
%
У
≤
30
35-100
≥
35
≥
11
≤
2
УМ
≤
8
40-90
≥
40
≥
14
≤
2
Kombinatsiyalashgan va ikki komponentli K.q. lari qismlari o‘rtasidagi
o‘tish elektr qarshiligi 1 mΩ dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. K.q. 10 ming marta
o‘tganda kontakt simi 40 mkm dan ortiq yeyilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: