ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
Academic Research, Uzbekistan 588 www.ares.uz
o’tkazadi. Estetik ong ijtimoiy ongning maxsus shakli sifatida
estetik faoliyat bilan
uzviy bog’liq bo’lib, estetik faoliyat jarayonida shakllanadi. Estetik ong aslida estetik
faoliyat shaklidir. Estetik ong badiiy ong bilan chambarchas bog’liq, ular bir-biriga
yaqin tushunchalar bo’lsa-da, bir xil ma’noni anglatmaydi. Estetik ong voqyelikni
butun borlig’icha idrok etib, qayta ishlash
jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong
san’atni yaratish va idrok etish jarayonida namoyon bo’ladi. Badiiy asarlar tizimida
ifodalangan estetik ongning aks etish ko’lami ancha keng bo’lib, u odamlarning mehnat
faoliyatida, uning
natijalari
va
moddiy-ma’naviy
ma’naviyatining
barcha
qadriyatlarida o’z ifodasini topadi. Estetik ongning ijtimoiy ong sifatidagi
ko’rinishidan yakka odam estetik ongi ko’rinishi farq qiladi. Yakka odam estetik ongi
bu aniq bir ongdir. Estetik ong bilan yakka odam ongi o’z subyektlariga egalik jihatidan
ham farqlanadilar. Ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar,
guruhlar, millatlar, elatlar, xalqlar
estetik ong subyekti sifatida nomoyon bo’lsa, yakka odam estetik ongining subyekti bu
muayyan bir shaxsdir. Yakka odam estetik ongi o’z mahsuli jihatidan farqlanadi.
Jamiyatda estetik ongning mazmuni yakka odam estetik ongidan ancha keng va boy
bo’lib, o’rnak bo’lishi mumkin. Chunki u mazkur shaxsga xos bo’lgan barcha
ma’naviy bilimlarni o’zida mujassamlashtiradi. Lekin yakka shaxs estetik ongi ijtimoiy
estetik ong tarkibida harakat qiladi. Ya’ni ijtimoiy estetik ong bilan yakka odam estetik
ongi o’rtasida uzviy ichki bog’liqlik mavjud. Ularni bir-biridan
faqat ilmiy-nazariy
tahlil qilish orqali farqlash mumkin.
XULOSA
Badiiy ong badiiy asarlar tizimida ifodalangan jamiyatning estetik ongi
murakkab tizimli harakatchan, o’zaro uzviy aloqadorlikda bo’lgan bir qator qismlardan
iborat bo’ladi. Estetik ongning turg’un va uyg’un qismlari estetik hislar, orzular,
qarashlar va nazariyalardir. Shu bois ularga alohida to’xtalib o’tamiz. estetik his-
tuyg’ular umuman inson ongining ajralmas qismi bo’ladi. Maktab o’quvchilarini ruhiy
hayotining boshqa xususiyatlari singari his-tuyg’ularda ham voqyelik in’ikos etiladi.
Bu in’ikos o’ziga xos bo’lib, unda bilish, kechinmalar, baholashlar o’zaro chirmashib
ketgan bo’ladi. His-tuyg’ular asosan insonning o’z ehtiyojlarini qondirishi
yoki aksi
munosabati bilan bog’liq holda vujudga keladi. Estetik his-tuyg’ular aqliy va axloqiy
tuyg’ular bilan bir qatorda eng oliy ijtimoiy tuyg’u turmushiga mansubdir. Bu yerda
ijtimoiy iborasi estetik his-tuyg’ularning jamiyat bag’rida vujudga kelib, uning
bag’rida rivojlanadi. Estetik his-tuyg’ular necha ming yillar davomida inson
nafosatining tabiiy shart-sharoitlarini o’zlashtirish jarayonida shakllanadi. Estetik his-
tuyg’ular murakkab ijtimoiy
hodisa sifatida nafosat, hamohanglik, ohang shakllari,
uyg’unlik kabi tushunchalar bilan birga shodlanish,
hayratlanish, ajablanish, zavq-