Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq. Abror Hidoyatov



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana08.11.2022
Hajmi0,64 Mb.
#862655
1   2
Bog'liq
14-topshiriq

2-topshiriq

Quyidagi referat tarkibiy qismlarini ketma-ket tartibda 
joylashtiring. 
Kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, titul varag’i, reja,
 
3-topshiriq

Matnni o‘qing va yozma nutqning mohiyatini ochuvchi so‘z, 
atamalarni aniqlab, ma’nolarini izohlang. 
Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda, ya’ni nutq sifatida kishilar 
o‘rtasida aloqa, fikrlashish, so‘zlashishni amalga oshirishda yaqqol ko‘rinadi. Nutq 
faoliyati kishilarning bir-birlariga tushunarli bo‘lgan til vositasida o‘zaro fikr 
almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga 
oshadi: og’zaki tarzda va yozma tarzda. 
Yozma nutq og’zaki nutqdan so‘ng yozuv ta’sirida paydo bo‘lgan bolib, 
adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo‘ysunuvchi 
grafik shakldagi nutqdir. Yozma nutqning mazmuniy bo‘laklari, gaplar, ularning 
qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko‘rsatiladi. Yozma nutq og’zaki nutq 
kabi kishilar o‘rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, balki u boshqa joyda va 
zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilan aloqa bog’lash vositasidir. 
Yozma manbalar orqali biz o‘tmish tariximizni o‘rganamiz va bundan kelajak avlod 
foydalanishini ta’minlaymiz.Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, badiiy nutq, 
shuningdek, hujjatlar, ommaviy axborot vositalari uchun tuzilgan yozma matnlar 
kiradi. Yozma nutq savodxonligi har bir kishidan o‘z fikr-qarashlarini tilning 
Xulosa
Foydalanilgan 
adabiyotlar
Titul varag'i
Asosiy qism
Kirish
Reja


imloviy-grammatik qoidalariga, adabiy til meyorlariga rioya qilgan tarzda 
ifodalashni talab qiladi. 

4-topshiriq. 
Internet va undan foydalanish madaniyati 
 
Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog‘i 
hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya’ni ongimizga mavhum bo‘lgan 
tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma’lumot beruvchi axborot manbaidir. 
Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo‘lgan ehtiyojmandlar soni kundan 
kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. 
Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovoz 
xizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yеngilliklarni yuzaga 
keltirayotgan bo‘lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor virtual 
olamga jalb etib bormoqda.
Ayniqsa, bu ta’sir doirasidan o‘smir yoshlar ham yo‘q emas. Bu borada 
mutaxassislarning so‘zlari quyidagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog’idagi 
ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog’liq muhim aniq dalillarga ega 
bo‘lishida har tomonlama qulay va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib keladi. 
Lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma’lumotlarga 
haddan ziyod berilib ketishlari mumkin. Bu esa izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, 
mushohada, tahlil qilish qobiliyati va xotiraning o‘tkirlik darajasini susaytirishga 
sabab bo‘lmoqda.


Ma’lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo‘lmagan 
va insonning o‘z tafakkuridan kelib chiqqan qonun-qoidalar asosida bo‘lishi 
kerakligi hamda undagi me’yor talablari, ya’ni Internet tarmog’idan axborotlarni 
to‘g‘ri tanlash har jihatdan o‘rinlidir. Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu tarmoq 
vositasining o‘z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko‘p 
ekanligi gohida o‘zimizga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni ajratib olishimizda ham 
qiyinchilik tug’dirmoqda. Barchamizga ma’lumki, Internetda ishlashimiz uchun 
qidiruv tizimining o‘rni beqiyos. Internet tarmog‘ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari 
yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud. Yuqoridagi qidiruv 
dasturlari haqida batafsil va umumiy ta’rif berishda ularni biror bir tizim orqali 
masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog‘i vujudga kelganligi, bundan 
tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib kelayotgan turli-tuman axborot texnologiyalar 
yosh avlodga ijobiy ta’sir kuchini o‘tkazayotganligi bir tomondan quvonarli bo‘lsa-
da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy 
muhitni kuchaytirishga undaydi. 
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Matnni o‘qing va undagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang. 
2. Matnda bayon etilgan fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring. 
3. Ta’lim jarayonida eng ko‘p foydalaniladigan internet saytlari ro‘yxatini
tuzing.
5-topshiriq

T-sxema bo‘yicha internetdan foydalanishning salbiy va ijobiy 
tomonlarini yoriting
.
Internet
 
 
 
 
 
 
 
 
Ijobiy tomonlari
 
Salbiy tomonlari
 



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish