O`zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida
7-oktabr kunida 302 -guruh o`quvchilari va ularning ota-onalari bilan o`tkazilgan yig`ilish
B A Y O N N O M A S I
Yig`ilish karantin qoidalariga to`liq rioya qilgan holda, yuksak uyushqoqlik bilan tartibli tarzda tashkil qilindi.
Qatnashdi: 22 nafar ota-ona va 22 nafar o`quvchi
Qatnasha olmadi:4 nafar o`quvchi(karantinda bo`lgani tufayli):
1. Abdutolipov Umid
2. Abduvaliyev Ulug’bek
3. Tursunov Jasur
4. Norbo’tayev Sardor
K U N T A R T I B I:
1. 2020-2021-o`quv yili yakunlari tahlili
2. Akademik litsey bitiruvchilarining OTMlarga kirish darajasini ko`tarish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
E SH I T I L D I:
1-masala yuzasidan OIBDO` Sh.Burxonov so`zga chiqib,
2020-2021- o`quv yilida litsey o`quvchilari DTS talablarini to`liq bajarib, 100% baholangani, o`qishdan chetlashtirish, kursda qolish holatlari bo`lmaganini aytib o`tdi. 302-guruh o`quvchilari 2020-2021- o`quv yili boshidan buyon masofaviy darslarda o`z vaqtida muntazam qatnashib kelayotganlari, faqat Norbo’tayev Sardorda progullar borligi haqida ma’lumot berdi..
2-masala yuzasidan litsey direktori G`.J. Abdullayev so`z olib, bu yil litseyni bitirgan 144 nafar o`quvchi-yoshlarining OTMga kirish foizi 30%dan salgina oshgani, bu esa akademik litsey sha’niga yarashadigan ko`rsatkich emasligini ta’kidlab, oliy o`quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorgarlikka hozirdan jiddiy kirishish lozimligi haqida gapirdi. Bu yil 302-guruhda o`qiyotgan 26 nafar o`quvchining 4 nafari karantinda bo`lgani sababli qatnasha olmadi, qolgan 22 nafar ota-ona va o`quvchi bilan individual savol-javob qilinib, o`quvchuning qiziqishlari, rejalari, o`qishga kirish uchun qanday tayyorlanayotganligi haqida so`raldi, kerakli maslahatlar berildi. Imtihon bo`ladigan fanlardan chuqur o`zlashtirish, jismoniy tayyorgarlikni muntazam olib borish kelajakdagui yutuqlar garovi ekanligi uqtirib o`tildi.
Ota-onalarning taklif va iltimoslariga ko`ra litseyda darslardan keyin masofaviy tarzda qo`shimcha mashg`ulotlar o`tkazishga, har oy oxirida o`quvchi tanlagan yo`nalish bo`yicha litsey o`qituvchilari tomonidan test bloklari ishlab chiqib, barcha bitiruvchilar o`rtasida test sinovlari o`tkazish yo`lga qo`yish haqida kelishib olindi. Dars mashg`ulotlariga xalaqit bermagan holda repetitorga qatnash masalasi o`quvchi va ota-onaning ixtiyorida ekanligi tushuntirildi.
Q A R O R Q I L I N D I:
1. Akademik litseyning barcha o`quvchilarining kelgusida OTMlarga kirish foizini ko`tarish maqsadida tizimli tayyorlanish rejasi ishlab chiqilsin.
2. Bir hafta ichida guruh rahbari guruh o`quvchilarining qaysi oliy o`quv yurtiga va qaysi fanlardan imtihon topshirishi bo`yicha monitoring o`tkazib,natijalarini o`quv bo`limiga taqdim etsin.
3. Tanlangan yo`nalishlarga mos ravishda tarix, ona tili va adabiyot, ingliz tili, matematika, kimyo, fizika fanlari o`qituvchilari har oy oxirida 25-sanaga qadar oddiydan murakkabga qarab tizimli ravishda test variantlarini tayyorlab, OIBDO`ga taqdim etsinlar.
4. Oy oxirida test sinovlari o`tkazilib, tahlil qilinib, natijalari ota-onalar e’tiboriga havola etilsin.
5. Darslarda o`z vaqtida qatnashmagan o`quvchilar Ruzmetov Amal, Homidov Shahzod, Xalilov Jasur tegishli fan o`qituvchilari bilan bog`lanib, qayta ishlarni qilib, mavzuni o`zlashtirib olishi, aks holda kursda qolish ehtimoli borligi haqida ogohlantirilsin.
302-guruh rahbar A.Sh.Azizov
Do'stlaringiz bilan baham: |