b
-rasmda koʻp yoʻlli
qobiq quvurli issiqlik almashinish
qurilmaining sxemasi
keltirilgan.
a
-rasm. Bir yoʻlli qobiq quvurli issiqlik almashinish
qurilmaining sxemasi 1- qobiq; 2-quvur toʻrlari; 3-quvurlar;
4-qopqoq; 5 va 6-issiqlik yoki sovuqlik tashuvchi agentlar
(I va II) uchun shtutserlar.
b
-rasm. Koʻp yoʻlli qobiq
quvurli issiqlik almashinish qurilmasining sxemasi 1-
qopqoq; 2-toʻsiqlar; I va
II -issiqlik yoki sovuqlik
tashuvchi agentlar shtutser.
Sanoatda 4-6 yoʻlli
qobiq quvurli qurilmalar
ishlatiladi, chunki yoʻllarning soni ortib borishi bilan
qurilmaning
gidravlik qarsxiligi ortib, konstruktsiyasi
murakkablashadi. Qobiq-quvurli qurilmalarda qobiq bilan
quvurlar orasidagi haroratlarning farqiga qarab quvur va
qobiqning uzayishi har xil boʻladi. Shuning uchun qobiq quvurli qurilmalar
konstruktsiyasiga koʻra ikki xil boʻladi:
1)
Qo’zg’almas to’rli;
2)
Kompensatorli.
Qobiq quvirli issiqlik almashinish qurilmalar GOST 9929-82 ga asosan
po’latdan quyidagi tiplar bo’yicha tayyorlanadi:
“SCIENCE AND EDUCATION” SCIENTIFIC JOURNAL/ISSN 2181-0842 MAY 2022/VOLUME2 ISSUE5
WWW.OPENSCIENCE.UZ
N - qo’zg’almas truba to’rlari bilan;
L - temperatura yuqori bo’lganda qobiq va trubalarning turlicha uzayishini
hisobga oluvchi va qobiqda joylashgan kompensator bilan;
P - harakatchan qalpoqchali;
U - simon trubali;
PK - harakatchan qalpoqchali va undagi kompensator bilan.
Sanoatda suyuq va gaz muhitining temperaturasi 60 — 600°C gacha oʻzgargan
sharoitda ishlatiladigan qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmalarining ayrim
parametrlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Haroratlar farqi 50
o
C dan katta boʻlganda quvurlar
va qobiqning har xil
uzayishini kompensatsiyalash maqsadida linzali kompensatorlisuzuvchan kallakli va
U - simon quvurli qobiq quvurli qurilmalar ishlatiladi.
Linzali kompensator qurilmalar quvur va qurilma devori oʻrtasidagi bosim 5 2
6
10 H / м 6∙105 N/m2 gacha boʻlgan muhitlarda ishlatiladi.
U - simon qobiq quvurli qurilmalarda issiqlik ta’sirida quvurlarning
uzayishidagi kompensatsiyani quvur qurilmalarining oʻzi bajaradi.
Rasmda suzuvchan kallakli qobiq quvurli qurilma tasvirlangan boʻlib, unda
quvur toʻrlaridan biri qobiqqa mahkamlanmagan boʻladi.
Shuning uchun harorat
deformatsiyasi natijasida quvurlar toʻplami korpus ichida erkin qoʻzg’ala oladi.
Qurilma quyidagicha ishlaydi. Mahsulot oqimlaridan biri shtutser orqali
taqsimlash kamerasiga beriladi, soʻngra quvurlar boʻshlig’i orqali oʻtib,
harakatlanadigan quvurlar toʻri va uning qopqog’i hosil qiluvchi kameraga oʻtadi.
“SCIENCE AND EDUCATION” SCIENTIFIC JOURNAL/ISSN 2181-0842 MAY 2022/VOLUME2 ISSUE5
WWW.OPENSCIENCE.UZ
Kamerada oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, qolgan quvurlar
orqali yana taqsimlash
kamerasiga qaytadi. Bu kamera tekis toʻsiq yordamida ikki qismga boʻlingan.
Shunday toʻsiqlar yordamida qurilmani quvurlar boʻshlig’i boʻyicha 2, 4 va undan
ortiq zonalarga ajratish mumkin.
Ishlab chiqarishning quvvatini oshirish uchun issiqlik almashinish qurilmalari
samarali
ishlashi, konstruktsiyasi sodda boʻlishi va mahsulot sifatiga ta’sir
koʻrsatmasligi zarur. Bundan tashqari, qurilmada issiqlik almashinuv yuzalarni
koʻpaytirish, issiqlik tashuvchi agentlardan
maksimal foydalanish, jarayonni
jadallashtirish va sarflanadigan energiyani kamaytirish muhimdir. Bu omillar qurilma
ish unumdorligini oshirishga va uning konstruktiv oʻlchamlarini kichiraytirishga
xizmat qiladi. Bu esa oʻz navbatida issiqlik almashinish
qurilmalarini ishlatish va
ta’mirlash uchun ketayotgan sarf-xarajatlarni kamaytiradi.
Qobiq quvurli qurilmalar quyidagi afzalliklarga ega:
o’lchamlariga nisbatan issiqlik almashinish yuzasining yuqoriligi;
tayyorlash jarayonining qulayligi;
ishonchli ishlashi;
yuqori bosimlarda ishlatish mumkinligi.