Huquqni himoya qiluvchi, sud va adliya organlarini moliyalashtirish
19.4-rasm. Boshqaruv xarajatlari tarkibining guruhlanishi
Boshqarish xarajatlarida O‗zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va prokuratura
organlarini saqlash xarajatlari ancha salmoqqa ega bo‗lib, bu xarajatlar Moliya Vazirligi
boshqaruv xarajatlarini moliyalashtirish deportamentida byudjet hisobining 209-bo‗limida
alohida xarajat moddalari bo‗yicha xarajatlar ko‗rsatilgan bo‗lib, shunga asosan
moliyalashtiriladi.
O‗zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va prokuratura, huquqni himoya qilish
organlarini saqlash xarajatlari, mazkur sohadagi quyidagi tarmoq tarkibiy tuzilishlari
bo‗yicha amalga oshiriladi:
−
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Xo‗jalik Sudi;
−
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy Sudi;
292
−
viloyat, tuman va shahar sudlari;
−
davlat notarial idoralari;
−
respublika prokuratura organlari.
Mazkur soha boshqaruvi organlari xarajatlari to‗lig‗icha respublika byudjeti
tomonidan moliyalashtiriladi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi organlari, Respub-
lika Prezidenti Apparati va O‗zbekiston Respublikasi KonstitutsiyaviySudi boshqaruvi
organlarini saqlash xarajatlari asosiy respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi,
qisman qismi mahalliy byudjetlar tomonidan moliyalashtiriladi va respublika byudjeti
xarajat qismida alohida bobdaaks ettirilib boriladi.
Boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari uchunchi tarkibiy qismda Respublikamiz
boshqaruv organlari asosiy qismi o‗z aksini topadi. Bunda Respublika Vazirlar
Mahkamasi barcha Vazirliklar, Davlat qo‗mitalari, Respublika Saylov uchastkasi,
Respublika Vazirlar Mahkamasi avtoxo‗jaligi, Respublika Prezidenti Devoni, Oliy Majlis,
Vazirlar Mahkamasi ma‘muriy binolaridan foydalanish boshqaruvi xarajatlari,
shuningdek, Respublika byudjetdan moliyalashtiriladigan Qo‗mita va Markazlar hamda
boshqa shu kabi davlat boshqaruvi organlarini saqlash xarajatlari tashkil qiladi, bu
xarajatlar Respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.
Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta‘minoti
respublika byudjeti mablag‗lari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat notarial idoralari vazifasi jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini notariuslar tomonidan qonunlarda nazarda tutilgan notarial
harakatlarni amalga oshirish yo‗li bilan himoya qilishni ta‘minlashdan iboratdir.Davlat
notarial idoralari O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan mablag‗ bilan
ta‘minlanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug‗ullanuvchi notariusning notarial harakatlarni amalga
oshirganlik hamda huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‗rsatganlik uchun olgan pul
mablag‗lari, O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‗lmagan boshqa
moliyaviy tushumlari uning faoliyatini mablag‗ bilan ta‘minlash manbai hisoblanadi.
Notarial idoralar o‗zlarining byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalariga ham
ega. Notarial harakatlar sodir etilganligi uchun notarial idoralar tomonidan undiriladigan
davlat bojining 15 % i miqdoridagi ajratma to‗g‗ridan - to‗g‗ri byudjetdan mablag‗ bilan
ta‘minlash o‗rniga davlat notarial idoralari faoliyatini mablag‗ bilan ta‘minlash manbai
etib belgilangan. Bunda undiriladigan davlat bojlari:70 % i – mahalliy byudjetlarga;15 % i
– Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‗armasini shakllantirishga; 15 % i –
mablag‗larni Qoraqalpog‗iston Respublikasi Adliya Vazirligi viloyatlar va Toshkent
shahar adliya boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga to‗plash yo‗li bilan davlat
notarial idoralari faoliyatini mablag‗ bilan ta‘minlashga taqsimlanadi.
Sudlar va adliya organlarining moddiy-texnika ta‘minotini yaxshilash, ular faoliyati
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadidaO‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 18 - martdagiSudlar va adliya organlarini rivojlantirish
jamg‗armasini tashkil etish to‗g‗risidagi qaroriga muvofiq yagona Sudlar va adliya
organlarini rivojlantirish jamg‗armasi tashkil etildi.
Jamg‗arma daromadlari:
293
- davlat byudjetiga umumiy yurisdiktsiya sudlari tomonidan ko‗rib chiqiladigan
ishlar bo‗yicha jarimalar va davlat bojlari to‗lashdan tushayotgan summalarning 20 % i;
- davlat byudjetiga xo‗jalik sudlari tomonidan ko‗rib chiqiladigan ishlar bo‗yicha
davlat bojlari va jarima sanktsiyalarini to‗lashdan tushayotgan summalarning 15 % i;
adliya organlari, shu jumladan (Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo)
organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 20 %, davlat notariuslari
tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 15 % ;
- adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlar, advokatlik byurolari,
firmalar, hay‘atlar, xususiy notarial idoralarni ro‗yxatdan o‗tkazganlik, notarial va
advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik, yuridik kadrlarni malaka attestatsiyasidan
o‗tkazganlik uchun undiriladigan mablag‗lar, shuningdek, adliya organlari tomonidan o‗z
vakolatlari doirasida undiriladigan jarimalar;
- ijro ishi bo‗yicha byudjetga undirilgan summadan 30 % miqdoridagi ajratmalar,
soliqlar hamda byudjetga va byudjetdan tashqari jamg‗armalarga majburiy to‗lovlar
bo‗yicha muddatida to‗lanmagan qarzlar undirilishi bunga kiritilmaydi;
- davlat daromadiga o‗tkazilgan mol - mulkni sotishdan tushadigan mablag‗larning
10 % i va boshqa daromadlar.
Jamg‗armaning mablag‗lari birinchi galda umumiy yurisdiktsiya sudlari binolarini
qurish va ta‘mirlash, ularni zarur anjomlar, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy -
texnika vositalari bilan ta‘minlashga yo‗naltiriladi. Shuningdek, qo‗shimcha:
1) xo‗jalik sudlari va adliya organlari, shu jumladan notariat, FHDYo va sud
ijrochilarini moddiy-texnik ta‘minlashga;
2) sudlar va adliya organlari xodimlariga malaka klasslari, darajalari va muayyan
vaqt davomida ishlaganligi uchun ustama va qo‗shimcha haq to‗lash, ularning malakasini
oshirish, kadrlarni o‗qitishga;
3) sudlar va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga;
4) sudlar va adliya organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarga
yo‗naltiriladi.
Ichki ishlar vazirligi va uning quyi organlari, bo‗linmalari, muassasalari va
tashkilotlari respublika va mahalliy byudjetlar mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi.
O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‗l harakati xavfsizligi
xizmati organlari tomonidan avtomototransport vositalarini qayta ro‗yxatdan o‗tkazganlik
uchun undiriladigan summaning 85 foizi mahalliy byudjetlarga, qolgan 15 foizi
O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‗l harakati xavfsizligi
xizmatining hisob raqamiga o‗tkaziladi. O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi-
ning markaziy apparati va ichki ishlar organlarini saqlashga ajratiladigan mablag‗lar
miqdori O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik markaziy apparatining tarkibi, shtatlari, xodimlarining moddiy - texnik va
ijtimoiy - maishiy ta‘minoti, shuningdek, ichki ishlar organlarining tarkibi va shtatlari
O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan ularning soni va ularni saqlashga
ajratilgan mablag‗lar doirasida belgilanadi.
Adliya organlari va muassasalarini moddiy - texnik ta‘minlash, shuningdek, adliya
tizimining xodimlari mehnatiga haq to‗lash Vazirlikka ajratiladigan mablag‗ doirasida
294
davlat byudjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‗armasi mablag‗lari
hisobidan amalga oshiriladi.
Sudyalarning ish haqi lavozim maoshidan, malaka darajasi, ko‗p yillik xizmati
uchun to‗lanadigan ustama haqlardan iborat.Sudyalarning hayoti va sog‗lig‗i davlatning
maxsus muhofazasida bo‗ladi hamda respublika byudjeti mablag‗lari hisobidan davlat
tomonidan majburiy tartibda sug‗urta qilinadi.
Quyidagi ko‗rilgan zararni qoplash bo‗yicha to‗lovlar respublika byudjeti
mablag‗lari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ular aybdor shaxslardan qonunda
belgilangan tartibda undirib olinadi:
- sudya o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir
faoliyat bilan shug‗ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‗lib qolsa,
yoki uning sog‗lig‗iga boshqacha shikast yetkazilganidasudyaning yigirma besh oylik ish
haqi miqdorida;
- sudya o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbga doir faoliyat bilan
shug‗ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy
yo‗qolishiga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sog‗lig‗iga boshqacha shikast
yetkazilganidasudyaning besh oylik ish haqi miqdorida;
sudya o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir
faoliyat bilan shug‗ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‗lib qolganida
yoki uning sog‗lig‗iga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sug‗urtasi
bo‗yicha olingan to‗lovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya
o‗rtasidagi farq har oyda to‗lab boriladi;
sudya o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki
uning sog‗lig‗iga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok bo‗lsa (vafot etsa), uning
qaramog‗ida bo‗lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a‘zolariga sudya ish haqining ularning
hissasiga to‗g‗ri keladigan qismi va boquvchisini yo‗qotganligi munosabati bilan ularga
tayinlangan pensiya o‗rtasidagi farq har oyda, majburiy davlat sug‗urtasi bo‗yicha olingan
to‗lovlarni hisobga olmagan holda to‗lanadi;
sudyaning o‗z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga tegishli mol -
mulkni yo‗q qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar sudyaga yoki uning oila
a‘zolariga to‗laligicha qoplanadi.
Sudlarni moliyalash, ularning moddiy - texnika va o‗zga xil ta‘minoti, binolarini
qo‗riqlash va saqlab turish respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‗lar hisobidan
amalga oshiriladi. Ajratilgan mablag‗lar: Qoraqalpog‗iston Respublikasi oliy sudlari,
viloyat sudlari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari
uchunO‗zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ tomo-
nidan, harbiy sudlar uchunO‗zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan;
O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‗jalik sudi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi
xo‗jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‗jalik sudlari uchuntegishincha O‗zbekiston
Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‗jalik sudi tomonidan taqsimlanadi.
Xo‗jalik sudlari faoliyati O‗zbekiston Respublikasi Oliy xo‗jalik sudi tomonidan
tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan ta‘minlanadi.
Konstitutsiyaviy sudning ishi respublika byudjeti mablag‗lari hisobiga
moliyalashtiriladi.
295
Konstitutsiyaviy sud sudyasining ish haqi lavozim maoshidan, malaka darajasi,
ko‗p yillik xizmati uchun to‗lanadigan ustama haqlardan iborat bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |